Mavzu: Sabzavot va Mevalar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Meva va sabzavotlar tarixi


Download 0.65 Mb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1413421
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Meva va sabzavotlar (2)

1.Meva va sabzavotlar tarixi
Meva meva beradigan daraxtli va yarim daraxtli daraxtlarni etishtirishni o'rganadigan fan. Bunga fiziologik va biologik tushunchalarga asoslangan, meva faoliyatini optimallashtirishga va iqtisodiy yutuqlarga erishishga intiladigan texnologiyalarni qo'llash orqali erishiladi.
Meva yetishtirish, shuningdek, uzum, apelsin, nok yoki olxo'ri kabi odamlar uchun qutulish mumkin bo'lgan mevalarni olishga imkon beradigan bilim va texnikalar to'plami deb ham ataladi. Bundan tashqari, meva etishtirish agronomiyaning bir bo'lagi deb hisoblanadi, bu erni etishtirish bilan bog'liq barcha bilimlarni o'z ichiga olgan bilimdir.

Sabzavotlar tarixi


Biz har kuni turli xil sabzavot iste’mol qilamiz. Foydali vitamin va ozuqa manbai bo‘lgan sabzavotning ham kelib chiqish tarixi borligini ko‘p ham fikr qilavermaymiz. Sabzavotlarning ayrimlarini ajdodlarimiz juda qadim zamonlarda madaniylashtirgan bo‘lsa, yana ayrimlari bilan odamlar yaqin uch-to‘rt asr muqaddam tanishgan xolos. Quyida bizga yaxshi tanish bo‘lgan va ozuqa manbai sifatida taomlarimizga qo‘shadigan sabzavotlarimiz tarixi haqida qisqacha hikoya qilmoqchimiz.
Tarixchilar odamlar sabzavotlarni ekish va o‘stirishni odamzot hali tosh asridayoq o‘zlashtirgan deyishadi. Avvaliga ibtidoiy odamlar shunchaki yovvoyi holda o‘sib turgan meva va sabzavotlarni iste’mol qilgan. Keyinchalik ularning urug‘ va danaklarini saqlab, ekib ko‘paytirish orqali asta-sekin dehqonchilikka o‘rganishgan. Vaqt o‘tishi bilan esa ekilayotgan narsalarning eng yaxshilari, hosildor, shirin va dorivorlari saralanib, seleksiya jarayoni amalga oshib borgan. Shu tariqa uzoq asrlar davomida odamlar sabzavotlarni biz bilgan bugungi ko‘rinishga keltirdi.

Bugun aksar taomlarni kartoshkasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biroq kartoshka biz taraflarga yaqin ikki asr muqaddam kirib kelgan xolos. Uni avvaliga noma’lum zamonlarda Janubiy Amerika hindulari madaniylashtirgan. Yevropaga esa birinchi marta 1565-yilda ispan dengizchilari keltirgan. Avvaliga yevropaliklar bu o‘simlikni ozuqa manbai sifatida emas, balki dekorativ o‘simlik sifatida o‘stirgan. 1800-yilda ham hali Yevropada kartoshka noyob narsa sanalgan va odamlar bayramlarda uni bir-biriga sovg‘a qilgan. 1830–1840-yillarda esa Yevropaning ayrim mamlakatlarida dehqonlar kartoshka ekishga majburlangani uchun g‘alayonlar ham bo‘lib o‘tgan. Uni yomon ko‘rib qolgan fermerlar “jinni olma” deb ham atagan. Hozirda esa bu eng ko‘p ekiladigan ekinlardan biridir.

Pomidor ham Janubiy Amerikadan keltirilgan. Hozirda ham yovvoyi pomidor o‘simligini Peru changalzorlarida uchratish mumkin. Pomidorni ham XV asrda ispan kemalari Yevropaga keltirgan bo‘lib, bu ham avvaliga dekorativ o‘simlik sifatida tuvaklarda o‘stirilgan. XIX asr boshlarida ham pomidorni zaharli deb o‘ylashar edi. AQSh prezidenti Jorj Vashingtonning dushmanlari uni zaharlab o‘ldirish maqsadida pomidor yedirgani ma’lum. Hozirda har bir xonadonda tuzlama va shakarobdan muqim o‘rin egallagan pomidor faqat XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin ozuqa sifatida ommalasha boshlagan.
Sabzi
Sabzi eng qadimdan ma’lum ildizmeva sabzavotlardan biridir. Uni odamlar bundan 4 ming yil avval ham iste’mol qilgan. O‘rta asrlarda sabzining bir necha navi yaratilgan. Xususan, XVII asrda sabzining eng yaxshi navlaridan biri – karotel olingan edi. U deyarli hamma taomlardan o‘rin oladigan muhim ozuqa manbai bo‘lgan. Frank imperatori Buyuk Karlning eng yaxshi ko‘rgan narsasi sabzi bo‘lgani manbalarda yozilgan.

Qizig‘i, sabzini avvaliga ildizmevasini emas, barglari va urug‘ini ziravor sifatida iste’mol qilishgan. Uning vatani sifatida hozirgi Afg‘oniston hududi e’tirof etiladi. Sabzi yetishtirish bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda yetakchi mamlakatlar qatorida turadi. Xususan, 2016-yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekiston sabzi yetishtirish borasida Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan.

Sarimsoq ham eng qadimdan iste’mol qilinadigan sabzavotlar qatoriga kiradi. Uni qadimgi Misrda va Xitoyda yaxshi bilishgan. Xususan, Xeops ehromida sarimsoq tasviri mavjud. Uni albatta noxush hidi tufayli ko‘pchilik xush ko‘rmaydi. Qadimda sarimsoqni dorivor xususiyatlari uchun ham alohida ekib, ko‘paytirishgan. Rimliklarda esa sarimsoq harbiy yoki siyosiy mavqega ega bo‘lmagan, oddiy fuqaroning taomi sifatida qaralgan. Zodagonlar esa sarimsoq iste’mol qilishgan tiyilgan. Sarimsoqning vatani O‘rta Osiyo deb qabul qilingan.
Piyoz

Piyoz ham juda qadimdan ma’lum ozuqadir. Uni qadimgi Misr aholisi juda ardoqlagan. Yunonlar esa piyozni ilohiy o‘simlik deb bilgan. Uning qavat-qavat ichki tuzilishini Koinot tuzilishiga, ya’ni osmon qavatlariga qiyoslashgan. Yunonlarning dala va o‘rmonlar ma’budi Pan ham piyozboshi ko‘rinishida tasvirlangan. Shunga qaramay, zodagon rimliklar singari, zodagon yunonlar ham piyoz iste’mol qilishni o‘ziga ep ko‘rmagan. Uning o‘tkir hidi og‘izdan noxushlik keltirib chiqargani bunga sabab bo‘lgan. Aksincha, rimliklarda esa kishining ijtimoiy darajasidan qat’i nazar, deyarli hamma piyozni ko‘p iste’mol qilgan. Piyozning vatani hozirgacha aniq belgilanmagan.

Bodring
Bodringning vatani Hindiston deb aytiladi. Haqiqatan ham, Hindiston changalzorlarida hozirda ham bodringning yovvoyi turlari o‘sadi. Bundan 3 ming yil avval yozilgan hind manbalarida bodring iste’moli haqida qaydlar mavjud. Shuningdek, misrliklar ham bodringni yaxshi bilgani turli yodgorliklardagi bodring tasviri orqali ma’lum bo‘ladi. Yunonistonda esa butun boshli shahar Sikion, ya’ni “bodring shahri” deb atalgan. Bu shahar mamlakatni bodring bilan ta’minlagan bo‘lsa kerak.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling