Mavzu: Said Ahmadning hayoti va ijodi. Uning «Qoplon» hikoyasini o`rganish Maqsad


Download 32.27 Kb.
bet4/5
Sana09.11.2021
Hajmi32.27 Kb.
#172245
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf-Said-Ahmadning-hayoti-va-ijodi.uning-Qoplon-hikoyasi

3-guruh (,,Mehr‘‘): Shoikromning o`g`rilar uchun qo`ygan tuzog`i orqali Umri xola qurbon bo’ldi. Bu yerda sizningcha kim qotil?

4-guruh (,,Vatan‘‘): Shoikromni qotillikka undagan ko’rinmas o’g’ridan o`ch olishga majbur qilgan, oqibatda o’z onasining o’limiga sabab bo’lgan narsa nima?
(Har bir guruh oq qog`ozga o`z javoblarini yozib, doskada taqdimot o`tkazadilar.)
O`quvchilarning fikrlari umumlashtirilib, o`qituvchi tomonidan mavzuga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
III. Yangi dars bayoni: Said Ahmadning hayoti va ijodi. Uning ,,Qoplon‘‘ hikoyasini o’rganish

O’tgan darsda O’tkir Hoshimovning ,,Urushning so’ngi qurboni‘‘ asari timsollarini tahlil qilish bilan birga Said Ahmadning hayoti va ijodi, uning ,,Qoplon‘‘ hikoyasini o’qib kelish vazifa qilib berilgan edi. Shuning uchun o’qituvchi dastlab Said Ahmadning hayoti va ijodi yuzasidan o’quvchilarning fikrlari bilan tanishadi, so’ng videoproyektor orqali Said Ahmadning hayoti va ijodi haqida ma`lumot , o`quvchilarga kerakli sanalarni daftarlariga yozib borishlari topshiriladi.

1920-yilning 10-iyunida Said Ahmad tavallud topgan.

XX asrning 50-yillari boshlarida Said Ahmad ko’plab ziyolilar qatorida qatag`onga uchrab, “Xalq dushmani‘‘ degan tuxmatlar bilan qamaladi. Bu siyosat qoralangandan so’ng yozuvchi nohaq jazodan ozod etilib, o’z oilasiga qaytadi.

1940-yilda ,,Tortiq‘‘ nomli birinchi kitobi, hikoyalar to’plami nashr etildi.

1942-yilda ,,Er yurak ‘‘ to’plami

1948-yilda ,,Farg’ona hikoyalari ‘‘ to’plami

1949-yilda ,,Muhabbat ‘‘ to’plami ,

,,Qadrdon dalalar ‘‘ qissasi. e`lon qilindi.
1958-yilda ,,Hukm‘‘ qissasi e’lon qilindi.

1960-yil ,,Ufq ‘‘ romanining dastlabki 2- kitobi chop etildi.

Keyinroq 3-kitobi ham e`lon qilinib, trilogiya

sifatida adabiyotimiz xazinasini boyitdi.

1988-yilda adibning ,,Jimjitlik‘‘ romani nashrdan chiqdi.

1970-1980-yillarda Said Ahmad o’z hikoyalari asosida

,,Kelinlar qo’zg`aloni‘‘, ,,Kuyov‘‘ nomli pyesalar yozdi.

1994-yilda ,,Xandon pista‘‘

1995-yilda ,,Bir o’pichning bahosi‘‘ to’plamlari xalqimizning

ma`naviy mulkiga aylangan.

2008-yilda yozuvchi vafot etdi.

Shundan so`ng o`quvchilar bosh qotirmani yechadilar

1.Baliq tutish anjomi. (qarmoq)

2.Eng ulug` ne`mat. (non)

3.Milliy boyligimiz. (paxta)

4.Onalar qo’shig’i. (alla)

5.Eng ulug` zot. (ona)

6.Kichkina dekcha, ichi to’la mixcha. (anor)






Q



















O










P
















L













O










N






Qoplon - tabiatan yovvoyi holda yashovchi go`shtxo’r hayvon. U o’rmonlarda yashaydi. Xalqimizda qora rangli itlarga ,,Qoplon‘‘ deb nom qo`yishadi.

-Hozir har bir guruhdan bir nafardan o`quvchini taklif qilamiz, bu o`quvchilarimiz o`z guruhlariga ball olib berish uchun hikoyni DTS talab- me`yorlari asosida obrazli qilib o`qib beradilar.

O`quvchilar hikoya bilan tanishib chiqishgach;

1-guruhga: hikoyadagi Tillayevga klaster tuzish;

2-guruhga: Qurbonboyga klaster tuzish;

3-guruhga: matnda uchragan tushunishi qiyin so’zlarni, lug`atlarni aniqlash;

4-guruhga: FSMU (fikr, sabab, misol, umumlashtiruvchi)

Asarga nima uchun ,,Qoplon‘‘ deb sarlavha qo’yilgan?
1-guruh:

Rahmdil

Rahbar




Tillayev







Ishonuvchan,

Bot kasaliga chalingan

2-guruh:
2-guruh:
Makkor, yolg`onchi



Laganbardor





qurbonboy


Oriyatsiz




Surbet

3-guruh: lug`atlar tuzishadi

Zambilg`altak-zambilga o`xshatib yasalgan va yuk

tashishda foydalanadigan bir g’ildirakli qo’l arava

Zavgar- garaj mudiri (ombor mudiri)

Promkombinat -sanoat kombinati

Raypo-tuman savdo idorasi

Minstrlik –vazirlik

Pensiya –nafaqa
4-guruh: FSMU asosida o`z fikrlarini aytishadi.


Download 32.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling