Mavzu: san'at turlari reja Me’morchilik va tasviriy san’at


Download 1 Mb.
bet2/4
Sana11.11.2020
Hajmi1 Mb.
#143915
1   2   3   4
Bog'liq
Sanat-turlari


GANCHKORLIK SAN'ATI

Halq hunarmandchiligida ganchkorlik san'ati ham o'zining estetik zavq beruvchi, nafosatga boy va serqirra asarlari bilan muhim o'rin tutadi. Qadimdan bu san'at me'morchilik bilan uzviy holda rivojlanib kelgan. O'rta Osiyo va Sharq xalqlarining estetik didi naqadar yuksak darajada rivojlanganligidan guvohlik beruvchi Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Farg'onavaboshqashahar-lardagi ganchdan ishlangan san'at asari namunalarini ko'rib ajdodlarimizning iste'dodlariga tasannolar aytamiz.

Ganch o'z xususiyatiga ko'ra issiq va sovuqni kam o'tkazuvchi bo'lib, tabiiy holda tog' jinsidan olinadi. Tabiiy va mustahkamlik quwati yo'qolganda qayta ishlanishi bilan sun'iy ganch hosil qilinadi, chunki u namlikka chidamsiz. Xonaki usulda ishlov berish bilan ganchdan binolarning ichki va tashqi bezaklarida keng foydalaniladi.

Har bir usta o'z maktabi, o'z uslubiga ega bo'lib, me'moriy va badiiy jihatdan sermazmun, betakror naqshlar yordamida yaratgan asarlari kishilarga ma'naviy oziq va estetik zavq bag'ishlaydi. Ganch qorishmasi yangiligida oson kesiladi, undan xohlagancha shakllarni o'yish, yasash mumkin. Lekin u qotgach, qattiq toshga o'xshab qoladi. Ustalarimiz uning bu xususiyatidan foydalanib, ta-rixiy an'ana sifatida rivojlantirib kelmoqdalar. Ganch mahalliy qu-rilish materiali bo'lib, uning rangi ko'kish, sarg'ish va oq bo'ladi. Ganch 2 xil: tabiiy va sun'iy. Ganch tayyorlaydigan ustalarni ganchkorlar deb yuritishgan. Eng mayin, donachali ganchlar gul-gang deb yuritilgan. Ganch o'yma-korligi bilan shug'ullangan ustalar ganchkorlar deb ataladi.
Musiqa SAN'ATI
Yana bir qadimiy san'at turi — musiqadir. U san'atning bir tun sifatida qadimiy tarixga ega. Bu san'at turi barcha davr daholari e'tiborini o'ziga jalb qilib keldi. Arastu: «Musiqa ko'ngilga axloqan muayyan ta'sir ko'rsatuvchi quwatga ega. Musiqa shunday hislatga ega ekan, u yoshlarni tarbiyalash vositalari qatoriga qo'shilmog'i lozim», — deb ta'kidlaydi. Darhaqiqat, insonni estetik tarbiya-lashda, uning estetik didini o'stirishda musiqa tengsiz ahamiyat kasb etadi.

Musiqa san'ati Sharqning buyuk allomalari Beruniy, Forobiy, Ibn Sinolarni ham qiziqtirib kelgan. Bu haqda ular maxsus asarlar ham bitganlar. Masalan, Ibn Sinoning «Al-muddohil ila san'atal musiqiy» asari fikrimizning dalilidir. U mazkur asarda shunday yozadi: «Musiqa hayotbaxsh, olijanob, axloqiy xususiyatlarni rivojlantiradi, u insonga xizmat qiladi. Uning ruhiy va axloqiy qiyofasini shakllantiradi». Olimning musiqaning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi qarashlari Arastu fikrlari bilan hamohangdir.

Bundan tashqari, Ibn Sino o'zining tibbiyotga oid «Kitoban-Najot», «Kitob ash-Shifo», «Donishnoma» kabi asarlarida ham musiqa nazariyasi va amaliyoti xususida nodir fikrlarni bayon etib qoldirgan.

O'rta Osiyo olimlari Forobiy, Ibn Sino, Najmiddin Kavkabiy, Darveshali Changiy kabi allomalarning musiqa haqidagi kitoblari dunyoning turli tiUariga tarjima qilingan va musiqa ilmi rivoji uchun hozir ham xizmat qilib kelmoqda.

Shuni ham aytish lozimki, Sharq mutafakkirlari musiqa, ashula va maqomlarning yaratilish tarixi, shuningdek, kuylarni tinglash va ijro etishda vaqt va makorming roli xususida ham ibratli fikrlarni bayon etadilar.



Masalan, Mirzo Ulug'bek «Bulujiy», «Shodiyona», «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon» va «Usuli otlig'» kuylarini, Alisher Navoiy «Isfaxoniy» kuyini ijod qiladilar. Jomiy va Binoiylar musiqaga oid asarlar yozadilar. Musiqa san'ati ahllarining ijodiy faoliyati bilan IX—XII asrlarda vujudga kelgan duvozda (12) maqom kuyi bu davrda yangi taraqqiyot pog'onasiga ko'tariladi, takomillashadi va yangi kuylar bilan boyiydi.

Demak, musiqa san'ati ham san'atning boshqa turlari va she'riyat bilan uzviy aloqada rivojlandi, mohir san'atkor mashshoqlar, bastakor va hofizlar yetishib chiqdi. Nodir va bebaho musiqiy asarlar yaratildi.

Sharq va G'arb tillaridagi ko'pgina manbalarda Forobiyning musiqa nazariyasiga bag'ishlangan qomusiy xarakterdagi «Kitob al musiqiy al kabir» («Buyuk musiqa kitobi») yaratganligi va bu kitob so'nggi davrlargacha O'rta va Yaqin Sharqda musiqa nazariyasi va san'atning rivojlanishida muhim qo'llanma bo'lib xizmat qilganligi aytiladi.

Shunday qilib, musiqa deb atalmish ilohiy bu mo'jizada shunday bir sehr mujassamki, uni tushunish ta'sirini sezish uchun hech qanday tarjimonning keragi yo'q.


MAQOM SAN'ATI

Maqom san'ati o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Maqom kuylarining ibtidoiy shakllari eramizdan awalgi uzoq davrlar musiqa madaniyatiga borib taqaladi. Bunda xalq musiqasining kuy, ohang va ritm usuli bobida erishgan natijalari murakkab maqom san'atining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi. Sharq olamida mashur, bo'lgan o'n ikki maqom tizimining saroy musiqasidan munosib o'rin olishida Amir Temurning xizmatlari katta bo'lgan. Sohib-qironning harakati bilan bu murakkab san'at ilmining bilimdon ustozlari turli mamlakatlardan bizning diyorimizga keltirilgan edi. Alisher Navoiy aytadi:



Ey Navoiy, sen dog'i qilsang tama' sayri Hijoz

Qil Iroq ohangi, tark aylab Xuroson men kibi,

Bu g'azalda Iroq, Hijoz nomlari bilan ulug' Haj safariga ishora qilingan.

Maqom asli arabcha so'z bo'lib, o'rin, joy, daraja, martaba, manzilgoh kabi tushunchalarni ifodalaydi. Maqom mukammal pardalar uyushmasi doira usullari mushtarakligida ijod etilgan cholg'u kuy va ashulalar majmuasi mazmunini ham ifodalaydi. Hozir O'zbekistonda maqomlarning uch turi mavjud:

  1. Olti maqom (Shashmaqom yoki Buxoro maqomlari).

  2. Xorazm maqomlari.

  3. Farg'ona Toshkent maqomlari.

Shu kunga qadar xalqning sevimli kuylari bo'lib kelayotgan Shashmaqom (olti maqom) duvozdah maqom zaminida shakl-lanib bordi. Shashmaqom olti turkumdagi maqomlarni o'z ichiga oladi. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq.

Bu maqomlardan har biri uch butoqdan tashkil topadi:



  1. Mushkilot — faqat cholg'u asboblari bilangina ijro etiladi.

  2. N
    XIVXV asrlarda ajoyib musiqiy san'atkorlarsozandalar, bastakorlar, hofizlar, raqqoslar faoliyat ko'rsatdilar. Abduqodir Noyi, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G'ij-jakiy, Mavlono Qosim Rabboniy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Hoja Yusuf Andijoniy, Ustod Shodiy, Mavlono Najmiddin Kavkabiy o'sha davrning mashhur san'atkorlari edilar. Ulugbek, Jomiy, Navoiy, Binoiy kabi allomalar ham musiqa ijrochiligi, musiqa nazariyasi bilan shug'ullandilar.

    asr — cholg'u va ashula bilan ijro etiladi.

  3. 3. Ufor — cholgu, ashula va o'yin bilan ijro etiladi.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling