Mavzu: san'at turlari


Download 264.42 Kb.
bet10/13
Sana31.01.2024
Hajmi264.42 Kb.
#1817628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sanat-turlari

Maqomchilar ansambli.




Tanbur, chang, qonun, ud, barbat, rubob, qo'buz, ro'd, g'ijjak, shamoma (musiqor), chag'ona, kungura, arg'unun (ho-zirgi organ cholg'u asbobi shundan olingan) va boshqalar asosiy cholg'u asboblari bo'lgan.
Bu cholg'u asboblari malakali ustalar tomonidan yasalgan, ustalar ko'pinchatutyog'ochiniishlatganlar, torni ipakdan yasa-ganlar, cholg'u asboblarini qimmatbaho tosh va boshqa bezaklar bilan chiroyli qilib bezatganlar.
Dunyoda musiqani sevmaydigan, undan ta'sirlanmaydigan inson bo'lmasa kerak. Go'zal kuy-qo'shiq kishi kayfiyatini ko'taradi. Musiqani tushunish uchun tarjimonning keragi yo'q. Shu sababli ham Shopen, Betxoven, Motsart, Bax, Chaykovskiy, Shosta­kovich kabi buyuk insonlar yaratgan asarlar hamma millatlarning faxri hisoblanadi. Chunki bu nodir musiqa asarlari inso-niyatning bebaho boyligidir.

Musiqa asboblari




Qadimda har bir o'zbek xo-nadonida biron-bir cholg'u asbobi osig'liq turgan. Shu xonadon sohiblari bu musiqa asbobini chalishni yaxshi o'z-lashtirganlar.
Xorazmda bir qator uslub-lar mavjud bo'lib, ular sozan-dachilik, dostonchilik, yalla-chilik, xalfachilik kabi yo'na-lishlarda ko'rinadi. Xorazm suvoralarini tinglash har bir insonga estetik zavq bag'ishlaydi.
Ko'nglima bir gul g'amidin sanchilibdur xorlar,
Oh kim, har xordin jonimdadur ozorlar.
Aylamish ko 'nglimni jilvayi laylivashi,
Kim asm g'amzasidirlar pan ruxsorlar...
... Muniso, ag'yor gar hamsuhbat o'lsa у or ila,
Bo 'Ima mahzun hamdami gul bo 'Igusidir xorlar.


QO'SHIQCHILIK VA RAQS SAN'ATI
)'shiqchilik va raqs san'ati O'rta Osiyo hududida yashagan xalqlarda turmush sharoiti, marosimlar, bayramlar bilan bog'liq holda qadim zamonlardan beri rivoj topgan. Qoltoshlardan topilgan rasmlar, arxeologik materiallar buni tasdiqlaydi.
Zamonaviy xoreografiya janr, tur va uslublarga boy. O'zbek raqslari gavdaning nafis harakatidan iborat, klassik raqslarda baxt va baxtsizlik, quvonch va xafagarchilik, hayot va o'lim qayg'usi bilan ifodalanadi.
Klassik raqsning Farg'ona, Xorazm, Buxoro uslublari mash-hurdir. Tarixiy sharoit taqozosi bilan Farg'onacha uslub keng rivoj topgan. 1923-yilda atoqli o'zbek ashulachisi M. Qoriyoqubov mashhur musiqachi va yosh raqs ustalaridan iborat konsert truppasi tuzdi. Truppa qatnashchilaridan Tamaraxonim va M. Qoriyoqubov Parijda o'tkazilgan I jahon bezak san'ati ko'rgazmasida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonganlar. O'tgan asr 20-yillarida o'zbek davlat konsert etnografik ansamblining faoliyati qo'shiqchilik va raqs san'ati rivojida muhim rol o'ynadi. Dastlabki o'zbek ommaviy raqsi usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Yusufjon qiziqlar boshchiligida yaratildi.
1928-yildabirinchi eksperimental musiqa teatri tashkil topdi. 1956-yilda «Shodlik» ashula va raqs ansambli tashkil etildi va bu ansambl o'zbek klassik va xalq raqs san'atining eng yaxshi an'analarini rivojlantirdi. 1957-yilda «Bahor», 1958-yilda «Lazgi» xorazmcha ashula va raqs ansambli tashkil etildi. O'zbek raqslari orasida «Munojot», «Tanovor», «Dikiroj», «Lazgi», «Dildor», «Uchrashuv», «Tong navosi», «Andijon polkasi», «Go'zal» kabi raqslar keng tarqalgan.
Hozirgi kunda ham ko'plab qo'shiqchilik va raqs dastalari kishilarga estetik zavq bag'ishlab kelmoqda. Balet san'ati 1928-yilda etnografiya truppa qoshidagi studiyada Tamaraxonim tashabbusi bilan yigit va qizlar Yevropa klassik baleti elementlarini o'rgana boshladilar. Keyinchalik o'zbek musiqali teatrida balet-meysterlar balet san'atini o'rgatishdi.
1939-yilda o'zbek Davlat muzika teatri o'zbek Davlat opera va balet teatriga aylantirilib, milliy balet spektakllari yaratildi. Hozirgi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri jahon balet san'atining mashhur asarlarini muvaffaqiyat bilan sahnalashtirmoqda.



Download 264.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling