Mavzu: san'at turlari


Download 264.42 Kb.
bet9/13
Sana31.01.2024
Hajmi264.42 Kb.
#1817628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sanat-turlari

MAQOM SAN'ATI
Maqom san'ati o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Maqom kuylarining ibtidoiy shakllari eramizdan awalgi uzoq davrlar musiqa madaniyatiga borib taqaladi. Bunda xalq musiqasining kuy, ohang va ritm usuli bobida erishgan natijalari murakkab maqom san'atining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi. Sharq olamida mashur, bo'lgan o'n ikki maqom tizimining saroy musiqasidan munosib o'rin olishida Amir Temurning xizmatlari katta bo'lgan. Sohib-qironning harakati bilan bu murakkab san'at ilmining bilimdon ustozlari turli mamlakatlardan bizning diyorimizga keltirilgan edi. Alisher Navoiy aytadi:
Ey Navoiy, sen dog'i qilsang tama' sayri Hijoz
Qil Iroq ohangi, tark aylab Xuroson men kibi,
Bu g'azalda Iroq, Hijoz nomlari bilan ulug' Haj safariga ishora qilingan.
Maqom asli arabcha so'z bo'lib, o'rin, joy, daraja, martaba, manzilgoh kabi tushunchalarni ifodalaydi. Maqom mukammal pardalar uyushmasi doira usullari mushtarakligida ijod etilgan cholg'u kuy va ashulalar majmuasi mazmunini ham ifodalaydi. Hozir O'zbekistonda maqomlarning uch turi mavjud:

  1. Olti maqom (Shashmaqom yoki Buxoro maqomlari).

  2. Xorazm maqomlari.

  3. Farg'ona — Toshkent maqomlari.

Shu kunga qadar xalqning sevimli kuylari bo'lib kelayotgan Shashmaqom (olti maqom) duvozdah maqom zaminida shakl-lanib bordi. Shashmaqom olti turkumdagi maqomlarni o'z ichiga oladi. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq.
Bu maqomlardan har biri uch butoqdan tashkil topadi:

  1. Mushkilot — faqat cholg'u asboblari bilangina ijro etiladi.

  2. N
    XIV—XV asrlarda ajoyib musiqiy san'atkorlar — sozandalar, bastakorlar, hofizlar, raqqoslar faoliyat ko'rsatdilar. Abduqodir Noyi, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G'ij-jakiy, Mavlono Qosim Rabboniy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Hoja Yusuf Andijoniy, Ustod Shodiy, Mavlono Najmiddin Kavkabiy o'sha davrning mashhur san'atkorlari edilar. Ulugbek, Jomiy, Navoiy, Binoiy kabi allomalar ham musiqa ijrochiligi, musiqa nazariyasi bilan shug'ullandilar.


    asr — cholg'u va ashula bilan ijro etiladi.

  3. 3. Ufor — cholgu, ashula va o'yin bilan ijro etiladi.






Download 264.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling