Mavzu: Sanoat mahsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi


Download 8.95 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi8.95 Kb.
#1553087
1   2
Bog'liq
Sanoat iqt 084516

3

  • Har qanday ishlab chiqarishni rivojlantirish va yuksak darajaga ko’tarish uchun uni boshqarish kerak bo’ladi.
  • Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
  • - mahsulot sifati darajasini belgilash;
  • - mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi buyum va uni ishlab chiqarish jarayonining faoliyati to’g’risidagi axborotlarni yig’ish va o’rganish;
  • - mahsulot sifatini boshqarish to’g’risida qaror qabul qilish va obyektga ta’sir ko’rsatishga tayyorlanish;
  • - boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish;
  • - boshqarish natijasida mahsulot sifatining o’zgarishi haqidagi axborotlarni yig’ish va tahlil qilish.
  • Mahsulot sifatini boshqarishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
  • mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash;
  • mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish;
  • mahsulot sifatini attestatsiya qilish;
  • mahsulot loyihasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish;
  • mahsulot sifatini moddiy-texnika tomondan ta’minlash;
  • ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
  • mahsulot sifatini o’lchashni tashkil etish;
  • mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o’qitish va tarbiyalash;
  • sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;
  • ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish;
  • mahsulot sifatini oshirishni rag’batlantirish;
  • mahsulot sifatini nazorat qilish;
  • standartlarga, o’lchash vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish;
  • mahsulot sifatini boshqarish huquqini ta’minlash.

4

  • Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir.
  • Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo’llash jarayoni. U normal ijodiy faoliyat bo’lib, sifatning optimal ko’rsatkichlarini, mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy belgilashni o’z ichiga oladi.
  • Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi:
  • tarmoqlanish - bir xil umumiy xususiyatga ega bo’lgan narsalar, jarayonlar, munosabatlar, tatbiq etish mumkin bo’lgan obyektlar doirasini aniqlaydi;
  • variantlilik - oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish - standartlashgan obyektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari minimumini ta’minlaydi;
  • tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida qaraydi;
  • o’zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig’ish yoki almashtirishni nazarda tutadi.
  • Standart inglizcha «standard» so’zidan olingan bo’lib, norma, namuna, o’lcham ma’nosini bildiradi.
  • Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga oid faoliyat uchun tegishli hujjat beriladi. Uni «sertifikat» deb ataydilar.
  • Sertifikat lotincha «certificatis» so’zidan olingan bo’lib, tasdiqlangan degan ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat (masalan, malaka oshirilganligi to’g’risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va aksiyalarning nomi; uchinchidan, sug’urta shartnomasida uning shartlari yoziladigan hujjat; to’rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidan, qishloq xo’jaligida urug’lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikat bo’lmagan taqdirda urug’lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi.
  • Respublikada sertifikatlash ishlarini yaxshilash maqsadida 1993 yilning 28 dekabrida Oliy Majlis tomonidan «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek, majburiyatlar va javobgarliklarni belgilab beradi. Ushbu qonun 4 ta bob va 23 moddadan iborat bo’lib, ularda Umumiy qoidalar, sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar, mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish, nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan.
  • Standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi «O’zdavstandart», Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Download 8.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling