Mavzu: Sanoat tarmoqlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar


Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta’sir etuvchi omillar


Download 109.89 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi109.89 Kb.
#1492802
1   2   3   4   5
Bog'liq
SHEROBOD 3 4

1.2. Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta’sir etuvchi omillar.

Sanoat tarmoqlari rivojlanishi asosan tarmoqning taraqqiyoti uchun omillar mavjud bo’lgan hududlarda joylashtirilishi bilan bog’liqdir.
Joylashtirish sanoat ob’ektlarining aniq xom ashyo, yoqilg’i, energiya, mehnat resurslari va tayyor mahsulot iste’molchilar to’plangan hududlarga bog’liqligi tushuniladi. Bundan ko’rinib turibdiki, joylashtirish tushunchasi ishlab chiqarishni xududiy tashkil etish jarayonining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi.
Sanoat hududiy tashkil etishning samaradorligini aniqlashda ikki xil qonuniyatlar xisobga olinadi:
  1. Tarmoqlarning hududiy ajralishiga ta’sir ko’rsatadigan qonunlar.


  2. O’zaro aloqador tarmoqlarning muayyan hududda uyg’unlashuviga sabab bo’luvchi qonuniyatlar.




Agarda biror bir hududda transport tarmoqlaridan xom ashyo, yoqilg’i energetika kabi omillardan unumli foydalanadigan korxonalar mavjud bo’lsa va bu korxonalar bir-biri bilan ishlab chiqaradigan mahsuloti asosida birlashsa, katta samaraga erishish mumkin. Bu asosda o’sha hudud o’ziga xos mahsulot turi ishlab chiqaradi va hududiy geografik mehnat taqsimotida ishtirok etadi. SHu asosda ushbu hudud uchun ma’lum tarmoqqa ixtisoslashuvi yuz beradi.
Yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar sanoatni hududiy tashkil etishda har bir davrda o’ziga xos namoyon bo’lgan geografik mehnat taqsimoti, yoki turli tarmoqlardagi o’zaro aloqadorlik natijasi bo’lgan ishlab chiqarishni hududiy integratsiyasi kabi jarayonlar hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida yangi ko’rinishga ega bo’lmoqda. Mavjud cheklangan resurslardan iloji boricha samarali foydalnish zarur bo’lgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida tobora takomillashgan ishlab chiqarish manbalarini tashkil etish shu kunning dolzarb talabi bo’lib bormoqda. Sanoatni hududiy tashkil etish, o’sha hududda mavjud bo’lgan tabiiy, moddiy va mehnat resurslar bilan qay darajada ta’minlanganligiga, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarining rivojlanish darajasiga sanoat, shaxarlar va aloqa yullarining tarixan tarkib topgan joylashuviga hududning iqtisodiy jihatdan o’zlashtirilganlik darajasi kabi omillarga bog’liq. SHunday omillar borki, ular sanoat korxonalarining joylashishiga tug’ridan –tug’ri ta’sir ko’rsatadi. Bular xom ashyo, yoqilg’i- energetika, suv, ishchi kuchi, transport va iste’mol omillaridir. Bu iqtisodiy georafiq moxiyatiga ko’ra, bir-biridan farq qilishiga qaramay, bular bir-biri bilan chambarchas bogliq. Agar xom ashyo, yoqilgi-energetika, suv omillarini ko’rib chiqsak, uning ko’lami hudduda mavjud omillarning zaxiralariga qarab fikr yuritilsa, ishchi kuchi va iste’molchi omillari aholining ushbu qismi egallagan hududning katta-kichikligiga qarab aniqlanadi. Transport omili esa yuqorida qursatilgan omillar orasida o’zaro aloqalar uchun xizmat qiladi. Bundan qelib chiqib, shartli ravishda xom ashyo, yoqilgi-energetika, suv, ishchi kuchi va iste’molchi omillarini joylashtirish, transport omilini esa masofa omili deb atash mumkin. Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ishtirok etadigan omillarni tasniflashda olimlar o’ziga xos turli variantlarni taqlif etishgan. A.T.Xrushchev tasniflashning uch xil ko’rinishini taklif etadi. Bular:

  1. Iqtisodiy texnik kursatkichlarga ko’ra;


  2. Xom ashyo, yoqilg’i-energetika, mehnat iste’molchi omillarining sanoatni joylashishiga ta’siriga ko’ra;


  3. Joylashtirish va masofa omillarining tarmoqlariga ta’siri:


  1. Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar.


  2. Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar.


  1. Mexnat resurslarini ko’p talab qiladigan tarmoqlar.




Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar xom ashyo va maxsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan asosiy materiallarni ko’p sarflashi bilan ajralib turadi. Ko’pgina tarmoqlarda xom ashyo salmog’i tayyor maxsulotga qaraganda ortiqroq bo’ladi. Bularga metallurgiya majmui, mashinasozlik, o’rmon va yog’ochsozlik sanoati kabilar kiradi.
Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishda elektr, yoqilg’i, issiqlik ko’p iste’mol qilishi bilan ajralib turadi. Bularga rangli metallurgiyaning alyuminiy va titan ishlab chiqarish sanoatlari, ximiya sanoatining kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk ishlab chiqarish kabi tarmoqlar kiradi.
Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).
Mexnat resurslariga ishlab chiqarish mahsulot birligiga to’g’ri keladigan ishchi kuchi sarfiga ko’ra aniqlanadi. Ishchi kuchi to’plangan hududlarda joylashtirish zarur bo’lgan tarmoqlarga mashinasozlik, yengil sanoat, kimyo sanoatiinng ba’zi tarmoqlari bu guruhga misol bo’la oladi.
Hozirgi davrda O’zbekistonda, shu jumladan, o’rganayotgan ob’ektimiz bo’lgan Surxondaryo viloyatida prezidentimiz I.A.Karimov «Qulay iqlim sharoiti, ulkan mineral xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishloq xo’jaligi xom ashyosining qatta zaxiralari xaqli su’ratda O’zbekiston mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi…» deb ta’kidlashlariga qaramay, mavjud omillardan samarali foydalanish darajasi unchalik yuqori emas.
Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.
Iqlim, xom ashyo, yoqilg’i-energetika, mehnat resurslari, iste’molchi omillariga ega bo’lgan Surxondaryo viloyatida asosan yengil sanoat ba’zi tarmoqlari rivojlanganligi bunga yaqqol misol bo’ladi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar yordamida viloyatda rangli metallurgiya, , yokilgi- energetika sanoatalrini barpo etish, mashinasozlik, yengil va ozik-ovkat sanoatlarini yanada rivojlantirish uchun viloyat imkoniyatlariga mos tushadigan regional sanoatsiyosatini utkazish maksadga muvofik buladi.



Download 109.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling