strcat( ) funksiyasi sintaksisi quyidagi ko‘rinishga ega:
char* strcat(char* str1, const char* str2)
Funksiya ishlashi natiajasida str2 ko‘rsatayotgan satr, funksiya qaytaruvchi satr - str1 ko‘rsatayotgan satr oxiriga ulanadi. Funksiyani chaqirishdan oldin str1 satr uzunligi, unga str2 satr ulanishi uchun yetarli bo‘lishi hisobga olingan bo‘lishi kerak.
Quyida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilishi natijasida satr satriga qo‘shimcha satr ostilari ulanishi ko‘rsatilgan:
char satr[80];
strcpy(satr,”Bu satrga “);
strcat(satr,”satr osti ulandi.”);
Amallar ketma-ketligini bajarilishi natiajasida satr satri “Bu satrga satr osti ulandi.” qiymatiga ega bo‘ladi.
strncat( ) funksiyasi strcat( ) funksiyadan farqli ravishda str1 satrga str2 satrning ko‘rsatilgan uzunligidagi satr ostini ulaydi. Ulanadigan satr osti uzunligi funksiyaning uchinchi parametri sifatida beriladi. Funksiya sintaksisi
Do'stlaringiz bilan baham: |