Mavzu: Savdo sharoitida ulgurji savdo uning zaruriyati va ahamiyati, ulgurji tovar aylanishining mazmuni va turlari


Ulgurji tovar aylanishining mazmuni va turlari


Download 257.98 Kb.
bet7/7
Sana23.11.2023
Hajmi257.98 Kb.
#1795755
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish behruz

Ulgurji tovar aylanishining mazmuni va turlari.

Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir:
• chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;
• katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
• yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o‘rganadi;
• tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;
• ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.
Ulgurjisiga faoliyat ko‘rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‘lim yoki firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Ulgurji savdogarlarning turlari quyidagi rasmda berilgan

Ulgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor xo‘jaligiga va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga etkazib berish jarayonini tashkil etadi. Ulgurji savdoni tashkil etishda tovarlar bazalari orqali yoki ularning topshirig‘i bilan ishlab chiqarishdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri iste’molchi firmaga (tranzit usuli) etkazib berilishi mumkin. Ammo ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va sotilishini tashkil qilishdagi ahamiyati beqiyosdir. Ularning faoliyat ko‘rsatishlari uchun ob’ektiv zaruriyatlari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanish qonuniyati maxsuslashtirilishi tufayli tovarlar ko‘p korxonalarda tor assortimentli bo‘ladi. Chakana savdo uchun esa aholiga mo‘l-ko‘l, universal assortimentli tovarlar Ulgurji savdogar savdo-xarid tashkilotlari xizmat ko'rsatishning to'liq sikli bilan xizmat koo'rsatishning cheklangan sikli bilan savdo vositachilari agentlar brokerlar korxonalarning savdo-xarid bo'linmalari 190 taklif etish zamonaviy marketing talabidir. Ulgurji savdo bazalari ana shu tor ishlab chiqarish assortimentidan keng universal savdo assortimentini shakllantiradi. Tovar birjalarini ulgurji savdo faoliyatining bazalaridan farqi, ular tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladilar. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradilar, ammo moddiy javobgarlikni bo‘yinlariga olmaydilar. Agentlar ishlab chiqarish firmalarida va ulgurji savdo bazalarida ishlashadi. Brokerlar tovar birjalarida asosiy o‘rinni egallaydilar. Brokerlar joyi birjada tanlov asosida sotiladi, ular bir tomondan birjadan, ikkinchi tomondan, o‘z faoliyatlari uchun xaq oladilar.


  1. Xulosa

Men bu mustaqil ishini tayyorlash davomida ko`plab yangi ma’limotlar oldim. Hususan, mamlakatlar va xalqlarning ijtimoiy va siyosiy hayotiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan butun dunyoga oid eng murakkab savdo munosabatlar tarmog'i. Savdoning bir nechta turlari mavjud bo`lib bular, ichki va tashqi savdolar hisoblanadi. Tashqi savdo – xaridor va sotuvchi turli mamlakatlarda bo'lganda, ya'ni savdo operatsiyalari, ya'ni. Tovarlar sotib olish va sotish natijasida davlat chegaralaridan o'tkazilganda ular tashqi savdo deb ataladi . Savdoning ushbu turi import, eksport va tranzit shakliga ega. Ikki mamlakat o'rtasidagi tovar bitimlari (chegarani ikki mamlakat o'rtasida chegaradan o'tish mumkin bo'lganida) import-eksport operatsiyalari deb ataladi. Import qilinadigan tovarlar import qilinadigan davlat hisoblanadi va sotuvchi mamlakat uning importi hisoblanadi va sotilgan tovar eksport qilinishi.
Ulgurjisiga faoliyat ko‘rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‘lim yoki firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishi mumkinligini.
Ulgurji savdo bilan shug`illanishning qonuniy masalalari va ulgurji savdo bilan shug`illanish uchun litsenziya olishning tartib qoidalari bilan tanishib chiqdim.


  1. Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Шаховская Л.С., Аракелова И.В. маркетинг лояльности: теория, методология, практика: монография. – Волгоград: Волг.ГТУ, 2015.-222 с

  2. Ergashxodjaeva Sh.J. Innovatsion marketing. Darslik. -T.: Cho’lpon, 2014.

  3. Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. Darslik. -T.: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2014.

  4. Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. T.:Iqtisodiyot, 2018.

  5. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. – Marketing asoslari: Toshkent “Iqtisodiyot”. 2019y.

  6. Wikipediya.org

  7. Ziyonet.uz

  8. Arxiv.uz

  9. Lex.uz

  10. Fayllar.org

Download 257.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling