Darslik bilan ishlash. Bunda o`qituvchi darslikda berilgan bo`g`inlar, so`zlar va matnni o`quvchilarga o`qib beradi, bolalar birgalikda ovoz chiqarib takrorlaydilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash. Buning uchun o`quvchilar bilan quyidagicha savol-javob o`tkaziladi:
Bugun biz qaysi tovush bilan tanishdik?
Rasmda nimalar tasvirlanibdi?
Bolalarning ismlari nima ekan?
Kitobdan qanday foydalanish kerak?
Kichik yoshdagi maktab o‟quvchilarining nutqini o`stirishda didaktik o`yinlar, turli xil musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan mavzuni mustahkamlashga oid quyidagicha qatorlar aro musobaqa uyushtirish mumkin:
1-qator: “K” harfi bilan boshlanadigan so`zlardan ayting. 2-qator: O`rtasida “k” harfi qatnashgan so`zlardan ayting. 3-qator: Oxirida “k” harfi ishtirok etgan so`zlardan ayting.
2-Bob. Umumiy xulosasi
Alifbe” darsligidagi “ tovush –harf” lar ta‟lim tamoyillariga rioya qilingan xolda soddadan murakkabga tomon berilgan. Dastlab unlilar (o,a), sonor undosh tovushlar (n,m), tarzida ilmiylik, izchillik, ko`rgazmalilik, tushunarlilik, mustahkamlilik kabi ta‟lim prinsiplariga rioya qilingan holda, barcha bosqichga mos nazariy ma‟lumot va amaliy ko`nikma hosil qiladigan topshiriqlar berilgan.
O`qish darslarini o`rgatishda analiz-sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o`qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko`proq o`qish malakasini shakllantiradi.
“ Alifbe” darsligi orqali o`quvchilarga ona tilining fonetika, orfografiya, leksikologiya, orfoepiya kabi bo`limlariga doir ilk tushunchalar o`rgatiladi.Darslik asosida bolalarda tarbiyaning barcha turlari: ma‟naviy-axloqiy, estetik, ekologik va iqtisodiy kabilar rivojlantiriladi.
”Alifbe“ darsligidagi rasmlar va matnlar o`quvchilarning so`z boyligini oshiradi, nutq odobi kabi fazilatlarni shakllantiradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |