Mavzu: Savol va javob mulohazalarning hosil qilish
Download 275.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqSavol va javob mulohazalarning hosil qilish
hajmiga
ko’ra turlari. Tushunchalar o’zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmuni unda fikr qilinayotgan predmet va hodisalarning muhim belgilari yig’indisini tashkil etadi. Masalan: “jinoyat” tushunchasining mazmunini ijtimoiy xavfli, qonunga zid bo’lgan hatti-harakatlar tashkil etadi, hajmiga esa o’g’irlik, jonga qasd qilish, ta'magirlik va hakozalar kiradi. O’z hajmiga ko’ra ikki yoki undan ortiq predmetlardan tashkil topgan tushunchalar mantiqiy sinf deyiladi. Sinflar uni hajmini tashkil etgan kichik sinflardan va yakka predmetlarni ifodalovchi sinf elementlaridan tashkil topadi. Masalan: o’simlik – sinf, daraxt – kichik sinf, archa daraxti – sinf elementi hisoblanadi. Mantiqda tushunchalar hajmiga ko’ra universal sinf (Osiyo mamlakatlari), yakka sinf (O’zbekiston Respublikasi) va bo’sh sinflar (aylana kvadrat)ga ajratiladi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi Unga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha.Tushunchalar mazmuni va hajmiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. Hajmiga ko’ra tushunchalar yakka va umumiy, chegaralangan va chegaralanmagan, ayiruvchi va to’plovchi turlarga bo’linadi. Masalan: “Zarafshon daryosi” – yakka tushuncha, “shahar” – umumiy tushuncha, “O’zbekiston Respublikasi shaharlari” – chegaralangan, “atom” – chegaralanmagan, O’zbekiston fuqarolari siyosiy huquqlarga ega – ayiruvchi tushuncha, O’zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdori – to’plovchi tushuncha. Tushunchalar mazmuniga ko’ra konkret va abstrakt, nisbatli va nibatsiz, ijobiy va salbiy turlarga bo’linadi. Masalan: “avtomobil” – konkret tushuncha , “do’stlik” – abstrakt tushuncha, “institut” – nisbatsiz tushuncha, “sabab” va “oqibat” – nisbatli tushunchalar, “bilimli” – ijobiy tushuncha, “bilimsiz” – salbiy tushuncha hisoblanadi. Birinchi savolni yoritishda talabalar e’tiborini hukm – tafakkurning mantiqiy shakli sifatida predmetga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli ekanligiga qaratish lozim. Insonning olamni in’ikos etish jarayoni faqat olam voqea-hodisalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rnatib, olam haqida yangi bilim olishga intiladi. Tushunchalarda ifoda etilgan bilimlar, binobarin, buyumlar yanada yangi jihatlari bilan tafakkurda ishtirok etib, uning imkoniyatlarini chuqurlashtiradi. Masalan, «O‘zbekiston» va «Respublika» degan muhokamani tahlil etsak, bunda ikkita «O‘zbekiston» va «Respublika» tushunchalari mavjudligini uchratamiz. Mazkur tushunchalar oddiy gramatik qurilmada gap o‘rnida kelsa-da, ammo tafakkurda ularning biri ikkinchisi bilan muayyan belgilarni izohlash orqali bog‘langan. Tushunchalar orasidagi munosabatlar ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelishi yoki kelmasligi mumkin. Masalan, «N. jinoyat sodir etdi» hukmining ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelish - kelmasligini tekshirib ko‘rish yoxud chinligiga ishonish mumkin. Ammo «NUJ larning parvozi kuzatildi» deyilsa, biz mazkur tushunchani shakliy tomondan tahlil qilib, uning mantiqiy to‘g‘ri ifodalanganligini qayd etamiz. Lekin, rasmana mantiqda mavjudlikka muvofiq kelish hukmlar tarkibidagi tushuchalarning asosiy vazifasi emas. Unda hukmlardagi tushunchalar asosan mazmunan emas , balki shaklan tafakkur qoidalariga ko‘ra muvofiq bo‘lishi mohiyatlidir. Hukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy hukm, deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Xulosa Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun asoslar chin mulohazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiq an bog‘lanishi kerak. Deduktiv xulosa chiqarish Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiq an zaruriy xarakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiq iy usullari mavjud Foydalanilgan adabiyotlar Xayrullayev mantiq Mantiq, Haqberdiyev mantiq, Logika, Toshkent, 1984. Sharipov mantiq, Fayzixoʻjayeva D., Mantiq (maʼruzalar matni), Toshkent, 2001. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000. Download 275.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling