Mavzu: Seleksiya yutuqlari va ularning muhofaza hujjatlari


Download 78.63 Kb.
bet1/23
Sana17.11.2023
Hajmi78.63 Kb.
#1782460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Mavzu Seleksiya yutuqlari va ularning muhofaza hujjatlari-fayllar.org


Mavzu: Seleksiya yutuqlari va ularning muhofaza hujjatlari

Mavzu: Seleksiya yutuqlari va ularning muhofaza hujjatlari
Reja:

1. Seleksiya haqida


2. Seleksiya yutuqlari to’g’risida qonun
3. Seleksiya yutuqlari

Seleksiya haqida

Seleksiya (lot. selectio — tanlash, saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar navlari va duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti. Seleksiyasining ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar Seleksiyasi botanika, sitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, oʻsimlikshunoslik va mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy Seleksiya koʻrinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan boshlangan. Bunday Seleksiya astasekin muayyan maqsadli yoʻnalishlarda olib borilgan.


Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-asrlarda afrikaosiyo gʻoʻzasining qattiq quruq iqlimga moslashgan ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda donining sifati bilan mashqurdir.
Oʻzbekistonda ilmiy Seleksiyaning boshlanishi 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom ashyosiga boʻlgan katta ehtiyojlari taʼsirida dastlab gʻoʻza Seleksiyasi bilan shugʻullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1899 yilda Andijon tajriba dalasi. 1900 yilda Mirzachoʻl tajriba dalasi, 1913 yilda Namangan shahri yaqinidagi Paxtalikoʻlda gʻoʻza boʻyicha maxsus Fargʻona seleksiya stanciyasi tashkil etildi. M.M. Bushuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy kabi olimlar gʻoʻza, gʻalla ekinlari, qoramolchilik boʻyicha seleksiya ishlarini faol olib borishdi va gʻoʻzaning yangi mahalliy 169 (Dehqon), 182 (Oq joʻra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan "Navrotskiy", Triumf navidan "Navrotskiy zafari" navlari, Bushuyev koramol zoti yaratildi.
20-asrning 20 - yillaridan boshlab Oʻzbekistonda oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, yilqichilik, qorakoʻlchilik, pillachilik va boshqa yoʻnalishlarida tajriba va seleksiya stanciyalari, ilimiy tadqiqot muassasalari tashkil etila boshladi. 1922 yilda Turkiston seleksiya stanciyasi (1965 yildan Butunittifoq gʻoʻza seleksiya va urugʻchiligi ilimiy tadqiqot instituti), 1924 yilda Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba stanciyasi, 1925 yilda Milyutin (hozirgi Gʻallaorol gʻalla ekinlari) tajriba stanciyasi, 1927 yilda Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, 1929 yilda Butunittifoq paxtachilik instituti (SoyuzNIXI), 1932 yilda Oʻzbekiston sholichilik tajriba stanciyasi, 1934 yilda Oʻzbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba stanciyasi, 1935 yilda Butunittifoq qorakoʻlchilik instituti, 1940 yilda Oʻzbekiston chorvachilik instituti va ularning respublikaning turli zonalarida joylashgan keng tarmokli stanciyalari ish boshladi.


Download 78.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling