mavzu: Seminar topshirig`i javoblari Tadbirkorlik


Download 51.43 Kb.
bet6/6
Sana08.01.2022
Hajmi51.43 Kb.
#242171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-topshiriq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

8) Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to’ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim:

  • aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini uyg’otish;

  • qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bi­lan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash;

  • mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashti-rish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • respublika aholisining ortib borayotgan talab va extiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish;

  • ko’rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash;

  • korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish;

  • joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini tovar bilan to’ldirib, eks­port uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish.
    Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.
    Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim:
    - bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash;

- kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash;



-islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga yetkazish.
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha shu sohadagi cheklovlar kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. So’rov o’tkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini takomillashtirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni yaxshilash lozimligi to’g’risida fikr bildirganlar. Shuning uchun islohotlarning hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to’siq bo’layotgan omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga egadir.

9) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994- yil 21- yanvardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish to'g'risida"gi Farmoni bilan xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlikning shakllanishi iqti­sodiy islohotlarning eng asosiy vazifalaridan biri sifatida e'tirof etildi. Bu vazifani bajarish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish siyosati va qo'llab-quvvatlash tizimi yaratildi. U O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asoslanadi.
1994-yili O'zbekistonning barcha viloyatlari. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri bo'yicha tadbirkorlikni rivojlantirish mintaqaviy dasturlari ishlab chiqildi. 1995- yil 28- avgustda "O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash" "Davlat dasturi" qabul qilindi. Bu dasturlarga har yili tegishli aniqliklar kiritilib, ular uzluksiz amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash siyosatini samarali amalga oshirishni ta'minlashga yo'naltirilgan qator qonunlar, farmonlar, qarorlar qabul qilinib kelmoqda. Ularni ro'yobga chiqarishni tashkil etish va ta'minlash uchun maxsus davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzildi: O'zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi (u 2005-yilda qayta tashkil etilib, tadbirkorlikni rivoj­lantirish va qo'llab-quvvatlash vazifalari Davlat mulk qo'mitasidan unga o'tkazildi), tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (2004 yilda uning negizida O'zbekiston savdo-sanoat palatasi tuzil­di), kichik va xususiy tadbirkorlikni rivolantiirishni rag'batlantirish Respublika muvofiqiashtirish kengashi, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi Tadbirkorbank 2006 yilda Mikrokreditbankka aylantirildi, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlar, prokuratura va Adliya vazirligi tizimlarida tashkil etilgan fermer va dehqon xo'jaliklari, tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi va bo'limlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Download 51.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling