Mavzu: Sertifikatlangan sifat tizimini mahsulotning hayotiy sikliga taʼsiri reja kirish
-BOB. Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish
Download 0.78 Mb.
|
kurs ish2
2-BOB. Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yilgan talablar. Sifat menejmenti tizimlari va ishlab chiqarishlami sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar sifatida “O'zstandart” agentligining hududiy idoralari, SMSITI, bir turdagi mahsulotlami sertifikatlashtirish bo'yicha idoralar va boshqa ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga tobe bo‘lmagan va belgilangan talablarga javob beradigan boshqa tashkilotlar O‘z DSt ISO/IEC 17021:2009 standard talablariga muvofiq akkreditlanishi mumkin. Menejment tizimlarini (MT) sertifikatlashtirish idoralariga, shuningdek, sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish idoralari 0 ‘z DSt ISO/IEC 17021:2009 (ISO/IEC 17021:2006) va ISO/IEC 62 talablariga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralar sertifikatlashtirishni amalga oshiradi. Har bir akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari, akkreditlashtirish idorasi tomonidan tasdiqlagan faoliyati bo‘yicha sertifikatlashtirish ro‘yxati, ushbu idora uchun ruxsat etilgan akkreditatsiya sohasi bo‘lishi shart. Sertifikatlashtirish faoliyatlari sohasining umumiy ro‘yxati, ya’ni Xalqaro akkreditlashtirish bo‘yicha forum IAF GD 2:2005 “ISO/IEC 62:1996 qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” aniqlangan bo‘lib, u 12.1-jadvalda keltirilgan. Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari 0 ‘z DSt ISO/IEC 17021:2009 standard talablariga muvofiq bo‘lishi va ularda sifat tizimi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. MT sohasida sertifikatlashtirish prosedurasi bo‘yicha qaror qabul qiluvchi auditorlar malakasi 0 ‘z DSt ISO 19011 yoki 0 ‘z RH 51-014 ga muvofiq tasdiqlangan bo‘lishlari lozim va ular 0 ‘z RH 51-21 bo‘yicha davlat reestrida ro‘yxatga olingan bo‘lishlari shart. MT sertifikatlashtirish “0 ‘zstandart” agentligi tasdiqlagan menejment tizimlarini sertifikatlashtirish qoidalari va 0 ‘z DSt ISO 19011 hisobga olib menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari ishlab chiqqan prosedura hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Audit uchun zaruriy qo‘shimcha talablar 0 ‘z DSt ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 va boshqa standartlarda belgilangan. S ertifikatlashtirish idorasi va uning auditorlari hamda barcha mutaxassisilari, shuningdek, auditorlik guruhi ishida qatnashishga jalb qilingan subpudratchilar arizachi-tashkilotning auditi jarayonida olingan barcha ma’lumotlarni maxfiyligiga rioya etishi va mustaqil, layoqatli bo‘lishi shart. Menejment tizimini sertifikatlashtirish idoralari sertifikatlashtirish auditi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish lozim: - tekshirilayotgan tashkilot bilan boshlang‘ich bog‘lanishni o‘matish; - sertifikatlashtirishga arizani berish va ко‘rib chiqish; - ariza bo‘yicha qaror qabul qilish; - tashkilot hujjatlarini tahlil qilish; - dastlabki audit (audit o‘tkazish joyiga dastlabki kelib ko‘rish); - sertifikatlashtirishni o‘tkazishga tayyorlash (joyida audit); - sertifikatlashtirish auditi (joyida audit); - kuzatishda olinganlami tahlil qilish va audit natijalari bo‘yicha xulosa tayyorlash, ro‘yxatga olish va muvofiqlik sertifikatini berish; - sertifikatlashtirilgan MT muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati davomida inspeksion nazorati. Sertifikatlashtirish idorasi bog'lanishni o'matishda arizachiga o‘zining akkreditatsiya sohasi, sertifikatlashtirish prosedurasi, ariza shakli va yuridik manzillari haqida to‘liq maTumotlami taqdim qiladi. Bunda kelgusida sertifikatlashtirish proseduralari uchun zururiy bog‘lanuvchi shaxs, tashkilot manzili, telefon, menejment tizimining qo‘llanish sohasi, tashkilotning boshqa ma’lumotlari aniqlanib, belgilanadi. MT sertifikatlashtirishga talabgor tashkilot, milliy tizimda akkreditlangan MT sertifikatlashtirish bo‘yicha idoraga ariza jo‘natadi. Ariza bo‘yicha ijobiy qaror bo‘lsa, arizachi-tashkilot sertifikatlashtirish bo‘yicha idoraga sifat qo‘llanmasi, majburiy hujjatlashtirilgan proseduralar, asosiy jarayonlar bo‘yicha hujjatlar va sertifikatlashtirish bo‘yicha idora so‘rovi yoki arizachi-tashkilot qiziqishi bo‘yicha boshqa hujjatlami taqdim qilishi lozim. Sertifikatlashtirish bo‘yicha idoraga taqdim qilingan arizada MT qo‘llanish sohasini, va sertifikatlashtirish sohalari o‘zining akkreditlash sohasi bilan muvofiqligini aniqlab aniq va ravshan tasdiqlashi lozim. Tekshirilayotgan tashkilot hujjatlami tahlil qilishni audit mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkazadi. Tahlil qilishda tashkilotning faoliyati turlari, o‘lchami va murakkabligini hamda audit o‘tkazish sohasi va maqsadlarini hisobga olinishi lozim. Buyurtmachining talabi bo‘yicha, maxfiylikka rioya qilish maqsadida, hujjatlar tahlili buyurtmachi auditi o‘tkazilgungacha joyida o‘tkazilishi mumkin. Alohida holatlarda, agarda audit o‘tkazish natijalariga zarar keltirmasa hujjatlar tahlili audit o‘tkazish davomida joyida o'tkazilishi mumkin. Hujjatlar tahlilini, SI MT sertifikatlashtirish bo‘yicha idora rahbari yoki auditorlar guruhi rahbari tayinlagan xodimlar amalga oshirishadi. Dastlabki audit buyurtmachi tashilotda zaruriyat tug‘ilganda masalan, auditni rejalashtirishda zaruriy maTumotlami olish uchun yoki agarda hujjatlar tahlili natijalari jiddiy nomuvofiqliklar mavjudligini ko‘rsatsa, sertifikatlashtirish auditini o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin emas. Dastlabki audit korxonani sertifikatlashtirish auditga tayyorligini tekshirish uchun buyurtmachining hohishi bo'yicha ham o‘tkazilishi mumkin. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling