Asosiy atama va ta’riflarni ko’rib o’tamiz:
Standart – ko’pchilik manfaatdor tamonlar kelishuvi asosida eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan va faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror ko’plash uchun umumiy qonun – qoidalar, tavsiyalar, talablar hamda uslublar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlashtirish – mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan va ko’p marta tadbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan ilmiy – texnikaviy faoliyat. Bu faoliyat standartlar va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tadbiq qilishda namoyon bo’ladi.
Me’yoriy hujjat – standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek, uslubiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va qoidalar tushunchasini o’z ichiga oladi. Standartlar fan texnika tajribalarining umumlashtirilgan natijalariga asoslanishi va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi standarti (O’zRST) Standartlashtirish bo’yicha davlat idorasi yoki tegishli huquqga ega bo’lgan respublika idorasi tomonidan tasdiqlangan standart.Texnikaviy shartlar (O’zTsh) buyurtmachi bilan kelishilgan holda ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi va ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda yoki buyurtmachi tasdiqlangan aniq mahsulotga bo’lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjat. Korxona standarti (O’zKST). Mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabusi bilan ishlab chiqilgan va uning tomonidan tasdiqlangan standart.
Xalqarostandart – standartlashtirish bilan shu iste’molchilarning keng doirasiga qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan standart.
Mintaqaviy standart – standartlashtirish bilan shug’ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar keng doirasiga yaroqli bo’lgan standart. Xuddi shuningdek milliy standart ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |