Mavzu; "Sevgim-sevgilim" qissasiga taqriz
Download 102.14 Kb.
|
“Sevgim-sevgilim” qissasiga taqriz
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MAVZU; “Sevgim-sevgilim” qissasiga taqriz Bajardi: Usmanaliyev Rustam TOSHKENT 2023 O’lmas Umarbekov “Sevgim-sevgilim” qissasiga taqriz “Odamlar! Sevgi ishonchsiz bo’lmaydi. Bir-biringizga ishoning. Dunyoda bundan katta baxt yo’q!” Shunday asarlar borki, bir o’tirishda o’qib chiqiladi. O’zbekiston xalq yozuvchisi qalamiga mansub “Sevgim-sevgilim” qissasi ham ana shunday asarlar qatoriga kiradi. Kitobxon qo’liga kitobni olar ekan, uni bir nafasda qanday o’qib chiqqanligini ham sezmay qoladi. Bundan tashqari, asar tili ham sodda bo’lib, o’quvchini zeriktirmay, o’z dunyosiga olib ketadi. U dunyoda esa insonning muhabbati birgina qaltis ishonchsizligi oqibatida o’z sevgilisining qurbon bo’lishiga sababchi bo’ladi. Asar O’ktam yigitli yosh agranomning oliygohni tugatib, otasining qistovi bilan shahardan uzoq bo’lgan Yakkachinor kolxoziga yuborilishi bilan boshlanadi. Avval boshida bu yerga kelganligidan biroz o’zini begonadek, o’zga olamga tushib qolgandek sezadi. Ammo oradan biroz vaqt o’tgach, bu qaroridan o’zida yo’q xursand bo’ladi. Chunki O’ktam bu yerda o’z sevgisini -Oypopukdek sof qalbli qizni uchratib, unga ko’ngil qo’yadi. Orada qizning ham O‘ktamga bo’lgan munosabati xuddi shunday ekanligini payqaydi. Ikki yoshning qalbida ungan muhabbat urug’i esa ularni ulkan orzular mamlakatiga olib ketadi va u yerda bo’lajak hayotlari haqida o’ylay boshlaydilar. Ammo dunyo yaralibdiki, sevgi, muhabbat bilan birgalikda xiyonat, ishonchsizlik kabi illatlar ham yonma-yon keladi. Asar so’ngida esa bu ishonchsizlik asar qahramonlarining fojeasi bilan tugaydi. Shu o’rinda kitobxonni qiziqtirgan jihatlar ham talaygina. Nega endi hech qanday aybi bo’lmasa-da, Oypopukning otasi - Usmon aka qamalib qoldi, nega qizining o’limidan so’ng otaning ichki kechinmalari to’liq yoritilmagan? Bu savollarning barchasi yozuvchi tomonidan mavhumligicha qoldirilgan. Ammo asarning bir jihati insonni mushohada qilishga undaydi. Ya’ni Usmon akaning nega urushdan so’ng uylanmay, qizi Oypopukni bolalar mehribonlik uyidan asrab olishi va qizning otasi Usmon akaning oldida uzib bo’lmas qarzi borligi kitobxonni chuqur o’yga toldiradi. Badiiy iqtiboslar: “Dunyoda odamdek baquvvat maxluq yo’q ekan. Odam hamma narsaga chidar ekan, hamma narsaga ko’nikar ekan!” “Hayot! U naqadar murakkab va naqadar ulug’! U insonni go’zal va oliyjanob sehrgar kabi o’ziga chorlaydi, erkalaydi. U inson uchun nimalar qilmagan, yana nimalar qilishi mumkin emas!” “Hayot juda qiziq. Unda hamma narsani mukammal bilgan, hamma orzulariga erishgan odam bo’lmasa kerak. Mana, men o’n sakkizga qadam qo’ydim. Balki, hayotimning yarmi o’tib ketgandir, kim biladi. Ammo hali hech narsa qilolganim yo’q. Qiladigan ishlarim esa juda ko’p. Mening qarzim bor, juda katta qarzim bor. Shuni uzishim kerak.” “Ishonch! Inson ishonch bilan tirik. Unga ishonish kerak. Agar insonga ishonilmasa, falokat yuz beradi. Afsuski, men buni keyin tushundim.” Download 102.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling