Mavzu: sezgi va diqqat


Download 6.5 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi6.5 Kb.
#1832958
Bog'liq
1407131.pptx


MAVZU: SEZGI VA DIQQAT
Reja:
1. Sezgi haqida tushuncha
2. Sezgi turlari
3. Diqqat haqida tushuncha.
4. Diqqat turlari.
Talaba . Xaydarova Oygul

Ma’lumki, odam organizmi hamma vaqt tashqi dunyo bilan munosabatda bo‘ladi. Tashqi qo‘zg‘atuvchilarning sezgi organlarimizga (ko‘z, quloq, burun, teri va h.k.) uzluksiz ta’sir ko‘rsatishi tufayli sezgi vujudga keladi. Chunonchi, yorug‘lik nurlari tufayli ko‘rish sezgisi, havo to‘lqinlarining quloqqa ta’siri natijasida eshitish sezgisi, nafas olish orqali burun bo‘shlig‘iga havo zarrachalarining ta’siri tufayli hid sezgisi, biror narsaning qo‘l kafti yoki teriga ta’siri natijasida teri (taktil) sezgilari hosil bo‘ladi.

  • Ma’lumki, odam organizmi hamma vaqt tashqi dunyo bilan munosabatda bo‘ladi. Tashqi qo‘zg‘atuvchilarning sezgi organlarimizga (ko‘z, quloq, burun, teri va h.k.) uzluksiz ta’sir ko‘rsatishi tufayli sezgi vujudga keladi. Chunonchi, yorug‘lik nurlari tufayli ko‘rish sezgisi, havo to‘lqinlarining quloqqa ta’siri natijasida eshitish sezgisi, nafas olish orqali burun bo‘shlig‘iga havo zarrachalarining ta’siri tufayli hid sezgisi, biror narsaning qo‘l kafti yoki teriga ta’siri natijasida teri (taktil) sezgilari hosil bo‘ladi.

Psixologiya fanida sezgilarning yuzaga kelishi, ularning nerv mexanizmlari haqidagi ilmiy ta’limotni mashhur rus psixologi akademik I.P.Pavlov kashf etdi. Bu haqdagi ilmiy g‘oyalar mashhur olimning analizatorlar haqidagi ta’limotida o‘z ifodasini topgan.

  • Psixologiya fanida sezgilarning yuzaga kelishi, ularning nerv mexanizmlari haqidagi ilmiy ta’limotni mashhur rus psixologi akademik I.P.Pavlov kashf etdi. Bu haqdagi ilmiy g‘oyalar mashhur olimning analizatorlar haqidagi ta’limotida o‘z ifodasini topgan.

Eshitish sezgilaridan biri quloq bo‘lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Eshitish sezgilarining ahamiyati shundaki, bu sezgilar yordamida odam boshqalar nutqini eshitadi, o‘zgalar bilan fikr olishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

  • Eshitish sezgilaridan biri quloq bo‘lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Eshitish sezgilarining ahamiyati shundaki, bu sezgilar yordamida odam boshqalar nutqini eshitadi, o‘zgalar bilan fikr olishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  • Eshitish organi bo‘lgan quloq tashqi quloq, o‘rta quloq, ichki quloq kabi uch qismdan iborat. Ichki quloqda endolimfa deb ataluvchi suyuqlik modda bor. Bu modda orqali eshitish markazlari bosh miya bilan tutashadi.

Ta’m yoki maza til va og‘iz bo‘shlig‘i orqali seziladi. Bu sezgilarning qo‘zg‘ovchilari og‘izga olingan moddalarning zarrachalaridir. Bu zarrachalarning til yuzasida joylashgan nerv uchlariga ta’siri ufayli maza sezgisi paydo bo‘ladi.

  • Ta’m yoki maza til va og‘iz bo‘shlig‘i orqali seziladi. Bu sezgilarning qo‘zg‘ovchilari og‘izga olingan moddalarning zarrachalaridir. Bu zarrachalarning til yuzasida joylashgan nerv uchlariga ta’siri ufayli maza sezgisi paydo bo‘ladi.
  • Ta’mlar asosan quyidagi to‘rt sifatga ega;
  • 1. Shirin maza.
  • 2. Nordon maza.
  • 3. Sho‘r maza.
  • 4. Achchiq maza.

Sezgi organlarining organizmdagi o‘rni va qo‘zg‘alishiga muvofiq sezgi turlari quyidagi uch gruppaga ajratiladi;

  • Sezgi organlarining organizmdagi o‘rni va qo‘zg‘alishiga muvofiq sezgi turlari quyidagi uch gruppaga ajratiladi;
  • Eksteroreseptorlar - bu gruppaga ko‘rish, eshitish, hid bilish, maza va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi.
  • Proprioreseptorlar - bu gruppaga muskul-harakat, pay va boylamlarda bo‘ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu gruppaga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham yuritiladi.
  • Interoreseptorlar - bu gruppaga gavda ichidagi organlar - me’da, ichak, jigar, o‘pka, qon aylanish organlari, umuman organik sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki organlarning holatini aks ettiradi.

Diqqatning ta’rifi quyidagichadir: "Kishi ongining bir markazga yoki muayyan bir nuqtaga ma’lum muddat mobaynida to‘planishidan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon diqqat deb aytiladi".

  • Diqqatning ta’rifi quyidagichadir: "Kishi ongining bir markazga yoki muayyan bir nuqtaga ma’lum muddat mobaynida to‘planishidan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon diqqat deb aytiladi".
  • Diqqat odam ruhiy faoliyatining ma’lum predmetga yo‘naltirilishi va to‘planishiga ko‘ra quyidagicha turlarga bo‘linadi :
  • 1. Diqqatning faolligiga qarab :
  • a) ixtiyoriy diqqat;
  • b) ixtiyorsiz diqqat;
  • v) ixtiyoriydan so‘nggi diqqat.
  • 2. Diqqatning obyektiga qarab :
  • a) tashqi diqqat,
  • b) ichki diqqat.
  • 3. Diqqatning faoliyat turlariga qarab:
  • a) indvidual diqqat;
  • b) gurux diqqati;
  • v) jamoaviy diqqat;

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 6.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling