Mavzu: Shahrisabiz tarixi va yangi davri Shahrisabiz kelib chiqishi
Download 38.35 Kb.
|
Nuraliyev Alqorbek
Mavzu:Shahrisabiz tarixi va yangi davri 1.Shahrisabiz kelib chiqishi. 2.Shahrisabiz yangi davri. 3.Shahrisabiz mustaqillikdan keyingi davri. Kesh (arab, manbalarida Kashsh, Kass, Kise) — tarixiy shahar va viloyat. Hozirgi Qashqadaryo viloyatining shimoliy-sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh hozirgi Kitob oʻrnida boʻlgan, keyin 9—10-asrlarda Shahrisabz hududiga koʻchgan. Kesh nomining xitoycha transkripsiyasi 1-marta 7-asrga oid xitoy yozma manbalarida Syuysha shaklida uchraydi. Uning sugʻd tilidagi nomi esa 7-asr oxiri — 8-asr boshlarida hukmdorlik qilgan Kesh hokimi Axurpat tangalarida hamda 8-asr oʻrtalarida Keshni idora qilgan hokim Ixshidning dastlabki arabcha fale (tanga)larida ilk bor zikr etilgan. "Kesh" atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 1351-yilda zarb etilgan kumush tangalarda „Shahrisabz“ nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar toʻgʻrisida: Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabz ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarinint yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va Dorussaodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qalʼa devori bilanoʻrabolingan. Ispaniya elchisi Klavixo oʻz qundaligida shahrida koʻplab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini taʼkidlaydi. Keyinroq ham koʻplab meʼmoriy obidalar (Dor uttilovat majmuasi, Koʻk gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi. „Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar“ deb yozgan.Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilgor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan.Shahrisabz oʻsha davrda „Qubbatul ilm val adab“ nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo Gʻolib kabi allomalarning otabobolari shahrida tugʻilgan. Hofizi Abru shaharda koʻhna devor (bandi qadim) boʻlganligi, biroq u 15-asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. Oʻsha paytda Shahrisabz shahrining 4 darvozasi: Ark (shim.), Kunchiqar (sharqiy), Kushxona (gʻarbiy), Termiz (jan.) darvozalari boʻlgan. 1556-yilda shaharni Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Shahar Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida boʻlib kelgan. 16-asr oʻrtalarida ham Shahar mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan edi. Mahmud ibn Vali (17-asr) oʻzining „Bahr alasror“ („Sirlar dengizi“ — „Geografiya“) asarida shahrini quyidagicha taʼriflagan: „Kesh — Movarounnahr shaharlaridan biri, yamyashil bogʻlari va koʻzga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz nomi bilan shuhrat topgan. SHahar hokimi Bobobek, Kitob begi Joʻrabek, amir Muzaffarning katta oʻgʻli Abdulmalik (Katta toʻra) boshchiligida katta qoʻshin bilan 1868-yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur boʻlganlar. 1870-yil avgustda Turkiston gubernatori K.P. Kaufmannit buyrugʻi bilan general Abramov qoʻmondonligidagi maxsus qoʻshin Sh. va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qoʻshini qoʻmondonligi Sh. va Kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Shahar 1920-yilgacha Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan. SHahar aholisining asosiy qismi savdosotiq va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 18— 19-asrlarda shahrida 6 darvoza, 7 karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida Namozgoh masjidi bor edi. Mustaqillik yillarida Sh. qiyofasi tubdan oʻzgardi. Shahar markazi qayta qurildi. 1996-yilda shahar maydoni 2460 gektarga kengaygan. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, „Hujum“ badiiy buyumlar fabrikasi, „Sado“ trikotaj fabrikasi, „Konserva“ va „Sharob“ aksiyadorlik jamiyatlari, toʻqimachilik, pillachilik fabrikalari va boshqalar), 8 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya „Mevalar kamalagi“; Oʻzbekiston—AQSH „Shahinterneshnl“; Oʻzbekiston—Rossiya „Kompasqoqsuv“; Oʻzbekiston—Turkiya „Shahri Kesh“; Oʻzbekiston—Turkiya— Yaponiya „Oqsaroy toʻqimachi LTD“ va boshqalar), kichik, oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud. Markaziy kasalxona (1050 oʻrin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻli vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi. "Kesh'' va „Shahrisabz“ mehmonxonalari bor. shahrida Amir Temurning ulugʻvor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, meʼmor Botir Usmonov) oʻrnatilgan (1996). SHahar zaminida bir qancha olim va ulamolar, shoirlar voyaga yetgan, jumladan, Abu Muhammad Keshiy (964 yilv.e.), Abu Jaʼfar Keshiy (951 yilv. e.), Abul Fazoil Keshiy (12-asr), Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri) va boshqalar shahrida 20 ga yaqin tarixiy meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va shahrida keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Sh. Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi. Shahrisabz — ming yillar merosi, T., 2002; Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan oʻrni, T., 2002; Qadimiy Kesh— Shahrisabz tarixidan lavhalar, T., 1998; Yaqubov B., Shahrisabz va Kitob tarixidan, Qarshi, 1996; Nosir Muhammad, Nasaf va Kesh allomalari, T., 2001. Foydalanilgan adabiyotlar Download 38.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling