Mаvzu: Shamolning geologik ishi


Download 352.25 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi352.25 Kb.
#1149881
1   2
Bog'liq
21 ma\'ruza Shamolning geologik ishi

deflyatsiya (shamol esish) oblastlari deb atash mumkin.
S hamol qancha kuchli bo'lsa, shuncha katta zarrachalar tuproqdan ajraladi va ular shuncha uzoqqa olib ketiladi. Havo oqimlari faqat Yer yuzasi bo'ylab gorizontal yo'nalishda bo'lmay, balki tik yo'nalishda ham esadi, shuning uchun tuproqdan ajralgan zarrachalar Yuqoriga ko'tariladi. Mayda qum kuchli shamolda bir necha un metr balandlikka, bir oz yiroqroq qum va mayda tosh esa 8-10m balandlikka ko'tarila­di, Saxrolarda qattiq shamolning kuchini tekshirgan sayohatchilar dia­metri 3-4 sm kattalikdagi toshlar shamolda 2-3 m gacha balandlikka ko'tarilganini, ba'zan esa bunday toshlar otda kelayotgan kishini sa­valaganini qayd qiladilar. Bu xildagi shamollar ayniqsa Sharqiy Po­mirda tez-tez esib turadi.

Rasm 53. Otyaylov tog’idagi ko'chki.


Ko'chirilgan zarrachalar havoda ba'zan boshqa joyga ko'chish jarayonida uzlari tegib turgan yuzalarni silliqlaydi. Bu yuza saxrodagi birorta uchastka yoki cho'kkayib turgan toshlar, qoyalar, goxo inson tomonidan qurilgan birorta inshootlar bo'lishi mumkin. Zarralarning bunday ishi korroziya deb ataladi. O'rta Osiyoning ayrim joylarida saqlangan eski inshootlarda shamolga qaragan tomonlarning doimo pastki qismlarida, ayniqsa 0,5-1,5 m balandlikdagi qismda kuchli korroziya yuz bergan.
Shamolda uchirilgan material yirikligiga hamda shamolning kuchi­ga qarab ma'lum bir masofaga olib kelinadi va eol qatlami ko'rini­shida qoldiriladi. Eng mayda zarrachalar uchirilgan joydan ko'pincha bir necha yuz kilometrgacha olib ketiladi. Masalan: O'rta Osiyodagi qoraqum va qizilqum saxrolaridan uchirilgan chang sharqqa tomon uzoqlarga olib boriladi va O'rta Osiyo tog’ etaklarida qoldiriladi. Ba'zi olimlar tog’ etaklari oblastlaridagi ustki qatlamlarning paydo bo'lishida shamol olib kelgan jinslar juda muhim rol uynaydi deb xissoblaydilar. Boltiq buyi qirg’oqlarida Yaxshi qumli plyajlar bor va g’arbdan esuvchi shamollar ko'p bo'ladi, shuning uchun bu Yerdagi qumlar shamolda sharqiy yo'nalishda uchiriladi. Bu Yerdagi shamolda kel­tirilgan qum massalarining balandligi ko'pincha bir necha metrga bo­radi. Qumlar qirg’oqdan sharqqa tomon asta sekin siljib, o'z yo'nalishidagi urmonlarni, ekinzor erlarni, bog’larni polizlarni va turar joylarni ko'mib yuboradi.
Bu qum teppalari dyunalar deyiladi. Saxrolarda notug’ri shaklda hosil bo'ladigan qum teppalari ham dyunalar deyiladi.
Shamol kelayotgan tomoni salgina qiya tepalikka uxshaydigan, sha­molga qarshi tomoni esa yarim oy ko'rinishidagi do'nglar barxanlar deb ataladi. Shunday qilib, g’arb yoki janubiy-g’arbiy shamollar ko'p bo'lgan mavsumda hamma barxanlarning yarim oyga o'xshash tomoni sharqqa qaraydi. Sharqiy yoki shimoliy-sharqiy shamollar ko'p bo'lgan vaqtlarda esa barxanning yarim oyga o'xshash tomoni g’arbga yoki janubiy-g’arbga qarab qoladi. Ayrim barxanlarning atrofidagi joylardan balandligi ko'pincha 20-30m-ga goxida 50m-ga boradi.
Agarda shamolda uchiriladigan qum massasi yo'lida alohida tur­gan katta tosh yoki sahro o'simliklarining bo'tasi singari to'siq uch­rasa u vaqtda bu predmet atrofida qum to'plana boradi. Olib keli­nayotgan qumning balandligi bu to'siq darajasiga etganda, qum sha­molga qarshi tomonga to'kila boshlaydi. Paydo bo'lgan to'siqning yon tomonlaridan esa shamol qum massalarini oldinga tomon xaydaydi va yarim oyning turtib chiqib turgan shoxlari ana shunday hosil bo'ladi.


Rasm 54. Barxan.


Agar harakat davomida qum o'z yo'lida hamma joyi bir xil mus­taxkamlikda bo'lgan bironta tik yuzaga duch kelsa, u xolda bu yuzada unga doimo yog’ilib kelayotgan qum donachalari ta'sirida juda ham ki­chik chuqurchalar yuniladi. Bunday ayrim-ayrim chuqurchalar hosil bo'lgandan keyin har bir qum donachasi ularga urilib, oldin bir necha marta aylanma harakat qiladi va orqaga qaytadi. Natijada chuqur­chalar usib boradi, kengligi va chuqurligi bir necha un santimetrga boradi va butun yuza ilma-teshik bo'lib qoladi.


Ba'zan o'ziga xos bo'lgan bu chuqurchalarga xatto shamol kirgan mayda tosh yoki qum donachalari tiqilib qoladi. Ular usib borib, bir-biriga qo'shilib ketadi, ularni ajratib turgan devorlar buzila­di va muayan shaklga ega bo'lgan qor - kamar hosil bo'ladi.
Download 352.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling