Mavzu: Sharqda qo‘llanilgan oy kalendarlari Reja
Xitoy kalendarida12 hayvon nom bilan bog`liq muchal ham mavjud: sichqon, sigir, yo`lbars, quyon, ajdaho, ilon, ot, qo`y, maymun, tovuq, it, to`ng`iz
Download 54.16 Kb.
|
MAVZU Sarqda qo`llanilgan oy qalendari
Xitoy kalendarida12 hayvon nom bilan bog`liq muchal ham mavjud: sichqon, sigir, yo`lbars, quyon, ajdaho, ilon, ot, qo`y, maymun, tovuq, it, to`ng`iz.
O`n yillik tabiat unsurlari va 12 yillik muchal asosida 60 yillik sikl kelib chiqadi: Daraxt-sichqon. Daraxt-sigir. Olov-yo`lbars. Olov-quyon. Temir-ajdarho. Temir-ilon. Temir-ot. Temir-qo`y. Suv-maymun. Suv-tovuq. Daraxt-it. Daraxt-to`ng`iz. Olov-sichqon. Olov-sigir. Yer-yo`lbars. Yer-quyon. Temir-ajdaho. Temir-ilon. Suv-ot. Suv-qo`y. Daraxt-maymun. Daraxt-tovuq. Olov-it. Olov-to`ng`iz. Yer-sichqon. Yer-sigir. Temir-yo`lbars. Temir-quyon. Suv-ajdaho. Suv-ilon. Daraxt-ot. Daraxt-qo`y. Olov-maymun. Olov-tovuq. Yer-it. Yer-to`ng`iz. Temir-sichqon. Temir-sigir. Suv-yo`lbars. Suv-quyon. Daraxt-ajdaho. Daraxt-ilon. Olov-ot. Olov-qo`y. Yer-Maymun. Yer-tovuq. Temir-it. Temir-to`ng`iz. Suv-sichqon. Suv-sigir. Daraxt-yo`lbars. Daraxt-quyon. Olov-ajdarho. Olov-ilon. Yer-ot. Yer-qo`y. Temir-maymun. Temir-tovuq. Suv-it. Suv-to`ng`iz. Ushbu kalendarning tuzilishi Mil.avvalgi 2696-2697 yilda imperator Xuan Di tomonidan tashkil etilgan deyiladi. Xitoy munajjimlari, faylasuflari ko`p yillik kuzatishlar natijasida, yillarning qanday kelishi, shu yillarda tabiatning insonga ta`siri yoki qaysi yilda tug`ilgan inson xarakteri qanday bo`lishini aniqlaganlar. Qadimgi Xitoyda ham qamariy kalendardan foydalanilgan. Dastlab Xitoy dehqonlari baxor kirib kelishini Gidra yulduzining chiqishhi bilan boshlangan va xo‘jalik yili 4 mavsumga bo‘lingan: baxor, yoz, kuz, qish. Keyinchalik 3 ming yillikda vaqtni hisoblashda oy fazasidan foydalanilgan, 1 yil 12 qamariy oydan iborat bo‘lgan. Xitoy kalendarida, shuningdek, 13-oy kiritilgan. Har 19 yil davomida 7 yili 13 oydan bo‘lgan. Xitoy astronomlari birinchi bor eramizdan avvalgi VI asrda yangi oy, yozgi Quyosh turishi bilan har 8 yilda emas, balki har 19 yilda yoki 235 qamar oyig’a muvofiq kelishini aniqlaganlar. Shunday qilib, qadimgi xitoyliklarning qamariy-shamsiy kalendari bo‘lgan. Keyinchalik taxminan eramizdan avvalgi III asrda Xitoy qishloq aholisining o‘z xo‘jalik yili bo‘lib, 24 mavsumga bo‘lingan.1 Bundan tashqari har bir yil xayvonlar nomi bilan atalib, hisob 60 yillik sikl bo‘yicha olib borilgan. Mavsumiy qishloq xo‘jaligi kalendari dehqonlarga ekin yig’ish, qishloq xo‘jalik ishlarida vaqtni belgilashlarini osonlashtirgan. Bizning davrimizda ham qishloq joylarida axyon-axyonda mavsumiy kalendar ko‘llaniladi. Kalendar yillarini iklim mavsumiga qarab bo‘linishi Xitoy kalendarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chjan Go zamonida (eramizdan avvalgi IV-III asrlarda) kalendar tizimi aniqlangan, hamda takomillashgan. Kalendarning keyingi rivojlantirish goyalari Lo Sya–Xun, Den Pin, Sima Syan Kxi, Tszi Chun-chji, Go Shou-Tszin nomlari bilan bog’liq. Eramizdan avvalgi 104 yilda Xitoyda kalendar islohoti o‘tkazilib va “Taychu-li” kalendari joriy etilgan. Uni yaratishda taniqli olimlar Lo Sya Xun, Den Pin va Sima Syanlar ishtiroq etgan. Qamar oyining o‘rtacha davomiyligini 29.43/81 sutkaga tengligi qabul qilindi. U Hozirgi ahamiyatdan atigi 24 soniya farq qiladi. Yilning davomiyligi 365,25 sutka o‘zgarishsiz qoldi. Bu kalendar ba’zi bir o‘zgarishlar bilan 200 yil amal qildi. Xitoy xronologiyasini aniqlash uchun tayanch nuqta bor. Yilnomalarda quyosh kuyganligi tilga olingan. Hozirgi zamon astronomlarining hisobi bo‘yicha, bu voqea eramizdan avvalgi 776 yilda yuz bergan. Sima Syaning “Tarixiy yozishmalari” bizgacha saqlanib qolgan. Xitoy tarixi bo‘yicha adabiyotlar o‘rganilganda voqealarni yozib borishning o‘ziga xosligiga duch kelinadi. Xitoyda qadimgi davrlarda eramizning boshlariga qadar yagona vaqt hisobi yuritilmagan, ularda aloxida era ham yo‘k edi. Tarixiy voqealarni yozib borish yil sikllari va imperatorlar xukmronligi davri va sulolalar bo‘yicha olib borilgan. Xitoyda yil hisobi an’anasi – afsonaviy imperator Yaoning taxtga o‘tirgan yili, eramizdan avvalgi 2357 yildan boshlangan. Quyida Xitoy tarixi fanida qabul qilingan qisqacha xronologik jadvalni xavola qilamiz. Download 54.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling