K u n t a r t i b i:
1. Guruh kasaba uyushmasi byurosi raisining 2016-2017-o‘quv yilida guruhda amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisoboti, byuroning yangi o‘quv yili uchun ish rejasini tasdiqlash hamda byuroning yangi tarkibini saylash.. Ma’ruzachi – Dorf T.V.
2. Guruh a’zolarining tartib-intizomi haqida. Ma’ruzachi - guruh “Kamolot” YIH yetakchisi Urcheva L.A.
3. Har xil masalalar.
Eshitildi: guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha hisobot berdi. U guruh kasaba uyushmasi byurosi tomonidan o‘tgan o‘quv yilida guruhda amalgam oshirilgan ishlarga batafsl to‘xtaldi(byuro raisi T.V.Dorfning yozma hisoboti majlis bayoniga ilova qilinadi). U so‘zining oxirida yig‘ilish ishtirokchilarini guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejasi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilari guruh kasaba uyushmasi byurosining o‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan byuro raisi T.V.Dorfning hisobotini hamda byuroning yangi o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejsini muhokama qilishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |