Mavzu: shaxs haqida nazariyalar reja: Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha Shaxs, individ, individuallik. Shaxs haqida olimlarning fikrlari
Download 110,24 Kb.
|
SHAXS HAQIDA NAZARIYALAR
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas. SHaxslar ko‘lami, E.A. Ilenkovning odilona fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.
B.G. Ananev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif beradi. A.N. Leontev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. SHaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». SHaxs taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy psixologiyada ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va amodal boshlang‘ich modda tushuniladi.
Download 110,24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling