Mavzu: Shaxsiy kompyuter nosozliklarini bartaraf etish


Download 78.5 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi78.5 Kb.
#1149053
1   2   3   4
Bog'liq
17 - SHахsiy Kompyuter nosozliklаrni bаrtаrаf etish xxx

Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko’pincha bir yoki bir necha qurilmalar ishida nosozliklar bo’lganida hamda dasturiy ta’minotda muammolar bo’lganida paydo bo’ladi. Kompyuter qotib qolishidan BSOD’ning farqi ShK ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko’rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba’zida ekranda umuman o’qib bo’lmaydigan «yozuvsimon shakllarni» ko’rish mumkin. Agar o’chib qolish sabablari to’g’risidagi axborotni o’qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko’ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi temirlar to’g’risidagi saytlar forumiga yordam bilan murojaat eting.
Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test sinovidan o’tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar moviy ekran paydo bo’lib, tezda yo’q bo’lsa va ShK qayta yuklana boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda tekshirib ko’rish mumkin. Ba’zida kontaktlarni oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi.
O’z-o’zidan qayta yuklanish. Agar ShK o’z-o’zidan qayta yuklanadigan bo’lsa (ayniqsa, ishga tushirilganida yoki murakkab qo’shimchalar ishlash jarayonida), unda birinchi bo’lib, quvvat blokini tekshirib ko’rish zarur bo’ladi. Buni oddiy tajriba usuli bilan — quvvat bloki test sinovi rejimida S&M dasturi ishga tushiriladi. O’z-o’zidan qayta yuklanishning yaxshi ma’lum bo’lgan va jonga tekkan ta’minot blokidagi boshqa sabablardan biri biror-bir joyida kontaktlari yomonligi bo’lishi mumkin. Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing. Agar kompyuter oldindan hozir qayta yuklanish sodir bo’lishi to’g’risida ogohlantirsa, bundan oldin hech qanday dasturni o’rnatmagan bo’lsangiz va qayta yuklanishni to’xtata olmasangiz, unda bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko’plab sharhlaridan biri sababchi bo’lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni takror ishga solish kerak.
ShKning o’z-o’zidan o’chib qolishi. Kompyuterning o’z-o’zidan o’chib qolishida markaziy protsessorning yoki quvvat blokining qizib ketishi eng birinchi sabablardan hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar protsessor ma’lum darajada qizib ketganida quvvat manbaidan o’chiradi. O’chirilishi kerak bo’lgan ko’rsatkichlar BIOS’da o’rnatiladi. Shunday muammoga duch kelganingizda birinchi navbatda, albatta protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba’zi platalarda dasturiy monitoring, ko’rsatkichlarni ba’zan juda oshirib yuborib, ba’zan juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda protsessor kuleri radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko’rib (ehtiyot bo’ling — kuyib qolish mumkin!) haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo’lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo’lmasa, kulerning yaxshi o’rnatilganligini tekshirib ko’rishga to’g’ri keladi. Agar kuler to’g’ri o’rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan bo’lsa (buni ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun mo’ljallanganligini topib aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o’rnatish haqida o’ylashga to’g’ri keladi. Ko’pincha sistema bloki ichiga chang to’planishi (bu holat yerda turadigan sistema bloklarida ko’p uchraydi), ventilyatori to’xtab qolishi yoki juda issiq yoz kunlari sababli qizib ketish muammosi paydo bo’ladi.
Quvvat manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi navbatda, ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko’rish zarur. Agar ishlayotgan bo’lsa, haydalayotgan havo harorati qanday? Iliq «shabada» xavf tug’dirmaydi. Issiq havo esa ta’minot bloki ortiqcha yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi. Zamonaviy bloklarning ko’pi qizib ketishdan himoyalanish tizimi bilan ta’minlangan. Quvvat elementlari harorati 100oC darajaga yetganida avtomatik tarzda o’chiriladi. Agar shunday muammoga duch kelgan bo’lsangiz, quvvat blokini almashtirishga to’g’ri keladi.
ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M eng oddiy dastur hisoblanadi. Xalq orasida unga «sado maza» deb nom berdilar. S&M yordamida protsessorni kuchli ishlatish va maksimal qizdirish mumkin bo’ladi. Agar test sinovlari jarayonida protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish masalasida muammolar yo’q. Qiziqarli tomoni faqat bitta yadrosi qizishini tanlash mumkin. Protsessor yuklamasini 100 foizdan kamga qo’yilganida ish rejimi siklik davriy pulsatsiyaga aylanadi — protsessor va ta’minot bloki quvvat tizimini tekshirish uchun haqiqiy «sado»ga aylanadi. «Quvvat bloki» qismi ham juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur faqat xotira bilan protsessorni emas, balki videokartani ham yuklaydi. Ventilyatorlar harorati, quvvati va aylanish tezligining shaxsiy monitoringini birlashtirish ham juda foydali bo’ladi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling