Mavzu: shaxsiy sug’urtaning zarurligi, ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari


Fuqorolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashda sug‘urta mukofotlari va qoplamalarining qiyosiy tahlili (“Kafolat” DASK AJ misolida)


Download 427.37 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi427.37 Kb.
#1476592
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu shaxsiy sug’urtaning zarurligi, ahamiyati va o’ziga xos x

Fuqorolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashda sug‘urta mukofotlari va qoplamalarining qiyosiy tahlili (“Kafolat” DASK AJ misolida)


O‘tgan davr mobaynida «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniya barqaror rivojlandi va mamlakatda yig‘ilayotgan sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanib, universal sug‘urtalovchi degan maqomga sazovor bo‘ldi. Sug‘urta xizmatlari bozorida ishonchli, barqaror sug‘urtalovchi hamda mijozlariga hamkor ekanligini isbotlay oldi. Masalan fuqorolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotini o‘sish dinamikasini kuzatishimiz mumkin:
140,00

120,00

100,00

80,00

60,00

40,00

20,00

-
2016 2017 2018 2019


«Kafolat» DASK AJ va Toshkent shahar filiali 2016-2019 yillar davomida,


«Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash» bo‘yicha sug‘urta mukofotining o‘sish dinamikasi (foizda)
Ushbu grafikda «Kafolat» DASK AJ va Toshkent shahar filiali 2016-2019 yillar davomida, «Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash» bo‘yicha sug‘urta mukofotining o‘sish dinamikasi keltirlgan. Ushbu rasmda «Kafolat» DASK AJ tomonidan
2016 yilda «Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash» bo‘yicha sug‘urta mukofoti 127,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa 2017 yilda 129,6 foizga yoki 1,7 foizga o‘sgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 101,1 foizga yoki 2017 yilga nisbatan 28,5 foizga pasaygan. SHu bilan bir qatorda 2019 yilda 87,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilga nisbatan 14,1 foizga pasayganligidan dalolat bermoqda. SHu bilan bir qatorda
«Kafolat» DASK AJ va Toshkent shahar filiali tomonidan 2016-2019 yillar oralig’ida shaxsiy sug’urta xizmati bo’yicha sug’urta xizmatlari ko’rsatilgan.


2019 yil yakuni bo’yicha hisobot ma'lumotlariga ko’ra, 40 ta sug’urta kompaniyasi tomonidan 7401287 ta shartnomalar tuzilgan yoki 2018 yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 112,0 foizni tashkil etdi.


Respublika bo’yicha sug’urta summasi jami 690462,7 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lib, 2018 yilga nisbatan 15,6 foizga yoki 93012,4 mlrd. so’mga ko’paydi. Ixtiyoriy sug’urtaning ulushi 68,0 foiz (469250,7 mlrd. so’m) bo’lsa, 32,0 foizi (221212,0 mlrd. so’m) majburiy sug’urtaga to’g’ri keladi.
2019 yilda sug’urta mukofotlari tushumi 2138,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. Shundan ixtiyoriy sug’urta 1832,1 mlrd. so’m (85,7 foiz umumiy summadan), majburiy sug’urta 306,7 mlrd. so’m (14,3 foiz). 2019 yilda jami sug’urta to’lovlari hajmi 808,6 mlrd. so’mni tashkil etdi. Ushbu ko’rsatkich 2018 yilning shu davrida 442,8 mlrd. so’mni tashkil etgan.


Ushbu ma’lumotlarga asoslanib aytishimiz mumkunki, 2019-yil uchun respublika bo’yicha sug’urta tashkilotlari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarida hayotni


sug’urta qilish tarmog’ida tuzilgan shartnomalar soni 20769 ni tashkil qiladi. Undan tashqari baxtsiz hodislardan ehtiyot shart sug’urta qilishda jami sug’urta to’lovlari 6592,2 mln so’mni tashkil etgan bo’lsa, kasalliklardan ehtiyot shart sug’urta qilishda sug’urta mukofotlari tushumi 32152,8 mln so’mni tashkil etgan.

Download 427.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling