Mavzu: Shaxsiy tarkib, qurol yaroq va harbiy texnikalarni temir yo‘l transportiga ortish, tushirish jarayonida havo hujumidan mudofaa qilish va qo‘riqlashni tashkillashtirish Qo‘qon 2022
Download 0.65 Mb.
|
1 2
Bog'liqreferat TBB
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI QO‘QON TEMIR YO‘L BEKATI, SHAXOBCHASI VA AEROPORTI HARBIY HARAKATLAR TARKIBIY BO‘LIMI REFERATMavzu: Shaxsiy tarkib, qurol - yaroq va harbiy texnikalarni temir yo‘l transportiga ortish, tushirish jarayonida havo hujumidan mudofaa qilish va qo‘riqlashni tashkillashtirish Qo‘qon 2022 Mavzu: Shaxsiy tarkib, qurol - yaroq va harbiy texnikalarni temir yo‘l transportiga ortish tushirish jarayonida havo hujumidan mudofaa qilish va qo‘riqlashni tashkillashtirish Qo‘shinlarni tashish tadbirlari davomida havo hujumidan mudofaaga oid asosiy xatti - harakatlar qo‘shinlar uchun tayinlangan dastlabki hududlar, yuk ortish (transportga chiqish) hududlari, bir transportdan boshqasiga qayta ortish (o‘tib, joylashish) hududlari, yuk tushirish (transportdan tushish) hududlari va jamlanish hududlarini, shuningdek, temir yo‘l uzellari, ko‘priklari va tunnellarini himoya qilishga qaratiladi. Havo hujumidan mudofaa tadbirlari dastlabki hudud, kutish hududi, yuk ortish (transportga chiqish), tushirish (transportdan tushish), bir transportdan boshqasiga qayta ortish (o‘tib, joylashish) hududlarida, yo‘l yurish davomida, yig‘ilish va jamlanish hududlarida: havo hujumidan mudofaaning umumiy tizimida, katta boshliq ixtiyoridagi kuch va vositalar bilan; bevosita havo hujumidan mudofaa esa tashilayotgan qo‘shinlar tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l yurayotgan harbiy eshelonlarni bevosita himoya qilish tadbirlari eshelon ixtiyoridagi havo hujumidan mudofaa vositalari hamda bo‘linmalar ixtiyoridagi o‘qli qurollardan to‘g‘ri tashkillashtirilgan o‘t ochish jarayoni bilan amalga oshiriladi. Ixtiyorida havo hujumidan mudofaa vositalari bo‘lmagan eshelonlarni himoya qilish maqsadida harbiy poezdlar tasarrufidagi havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari jalb etilishi mumkin. Bunday bo‘linma komandirlari eshelonning kuzatib borish davrida eshelon boshlig‘iga bo‘ysunadi. Havo hujumidan mudofaa tadbirlarini tashkillashtirayotgan eshelon boshlig‘i zimmasidagi majburiyatlar jumlasiga: havodagi vaziyat va tutash hududda yuzaga kelayotgan vaziyat kuzatib borilishini tashkillashtirish va belgilash; havo hujumidan mudofaa vositalarini temir yo‘l transportining harakatchan vositalari bo‘yicha taqsimlab chiqish, navbatchi zenit vositalari va boshqa turdagi o‘t ochish vositalarini tayinlash, o‘t ochish izchilligi va o‘t ochish amallari olib borilishining tartibini belgilash; havo hujumidan mudofaa vositalarini boshqarish tadbirlari va ushbu vositalar orasidagi hamkorlik masalalarini tashkillashtirish; shaxsiy tarkibni havo hujumiga oid signallar bilan tanishtirish va ushbu signallar bo‘yicha amalga oshiriladigan xatti - harakatlar tartibini belgilash kiradi. Qo‘shinlarni temir yo‘l transportida tashish paytida Quruqlikdagi Qo’shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarni umumqo‘shin qo‘shilmalarini (bo‘linmalarini) himoya qiladi: yuklash paytida - dastlabki hududlarda, yuklash hududlarida; tushirish paytida - tushirish va jamlanish hududlarida; tashish paytida - temir yo‘l transportida tashish jarayonida. Quruqlikdagi Qo’shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi komandiri qo‘shinlarni tashish paytida himoya etish uchun topshiriq olishi bilan vazifani aniqlashtirib oladi, temir yo‘l transportida borish uchun bo‘linmalarni tayyorlash bo‘yicha dastlabki farmoyishni beradi, vaziyatni baxolaydi, ximoya etilayotgan qo‘shilma (bo‘linma) komandiri va harbiy eshilon boshlig‘i bilan hamkorlik o‘rnatadi. Bunday xollarda u, harbiy eshelon boshlig‘idan eshelon raqami, bo‘linmani joylashtirish uchun ajratilgan xarakatlanish vositasi soni va turini aniqlaydi, o‘zining o‘t ochish va transport vositalarini joylashish joyi va harbiy eshelonga yuklash tartibini, himoya etiladigan qo‘shilmaning (bo‘linmaning) kutish (to‘planish) hududi va yuklash stansiyasiga siljish vaqti va tartibini, yuklashni boshlanish va tugallanish vaqtini, aloqani, boshqaruvni, harbiy eshelonni qo‘riqlashni tashkillashtirish tartibi va boshqa masalalarni kelishib oladi. Bundan so‘ng Quruqlikdagi Qo’shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi komandiri, kutish (to‘planish) hududi va yuklash stansiyadagi pozitsiyalar va ularga borish yo‘llarining rekkognossirovkasini o‘tkazadi. Bo‘linmalarga vazifa qo‘yish paytida, batareya (guruh) komandiri o‘zining og‘zaki janogovor buyrug‘ida quyidagilarni yetkazadi: dushman haqida malumotlarni; himoya etiladigan qo‘shilmaning (bo‘linmaning) vazifasini; batareya (guruhning) vazifasini. “BUYURAMAN” so‘zidan so‘ng quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi: guruhlarga vazifalarni; dastlabki hududdagi, yuklash, tushirish va jamlanish hududlarda start (otish) pozitsiyalarni; siljish marshurtlarini; platformalarda yoyilish uchun jangovar mashinalar, zenit kurilmalari (pulemetlari) sonini; otuvchi-zenitchilar joylashish joyini; qo‘mondonlik (komandirlik) punkti va havoni kuzatish posti (kuzatuvchi) joylashish joyini; yurish chog‘ida razvedka olib borish va o‘t ochishni olib borish tartibini; boshqaruvni tashkillashtirishni. Zenit artilleriya batareyasi yuklash (tushirish) paytida, yuklash (tushirish) stansiyasidan 500 - 1000 m masofada jangovar safni egallaydi. Birinchi harbiy eshelon bilan tushirish stansiyasi va to‘planish hududini himoya etish uchun tayinlangan zenit batareyalari (guruhlari) jo‘natiladi. Qo‘shilma (bo’linma)larning artilleriya va qo‘mondonlik punktini kutish (toplanish) hududida himoya etish uchun batareya bo‘linmalari otish (start) pozitsiyalarini bevosita ushbu hududda yoki uning yaqinida egallaydi. Batareya bo‘linmalarini temir yo‘l transportiga yuklash, ularni himoya etiladigan bo‘linmalarga taqsimlanishi, tushirilgandan so‘ng yoki harakatlanish to‘xtab qolgan holda ularni mustaqil ravishda jangovar harakatlar olib borishligini hisobga olgan xolda amalga oshiriladi. Zenit artilleriya batareya bo‘linmalari harbiy eshelonda bitta guruh bo‘lib: poyezdning oldingi yoki ortki qismida, yoki ikki guruh bo‘lib: poezdning oldingi yoki ortki qismida joylashadi, KZRK guruhlari himoya qilinadigan bo‘linmalar bilan birga joylashish kerak. ZU-23-2 zenit qurilmalarining bir qismi eshelonni dushman aviatsiyasi zarbalaridan himoya qilish maqsadida platformalarda yoyilish mumkun. KZRK otuvchi zenitchilari xavo nishonlarini yakson etish uchun platformalarning qulay joylarida yoki maxsus lyuklar bor joylarda start pozitsiyalarini egallaydi. Zenit qurilmalari platformalarda yoyilgan xolatlarda, qo‘shni platformalarga uncha baland bo‘lmagan yuklar joylashtirilishi kerak, har bir qurilmaga otish taqiqlangan sektor va pastga otish chegarasini belgilab beriladi. Rasm 1. Otish yonalishidagi taqiqlangan burchak sektori Oboymalarga (lentalarga) joylashtirilgan o‘q - dorilar solingan qutilar platformalarga qurilma yonida qotiriladi. O‘qlangan bitta oboyma (lenta) avtomat magaziniga joylashtiriladi. Yo‘lda ketilayotgan paytda havodagi dushman razvedkasi havoni kuzatish postlari (kuzatuvchilar) tomonidan olib boriladi. Xabardor etish va boshqaruv radio va simli aloqa vositalari, hamda o‘ranatilayotgan signallar orqali olib boriladi. Qurilmalarda to‘liq jangovor hisoblar turadi. Havodagi dushman haqidagi xabar beruvchi signal olinganida, u bilan kurash olib borish uchun tayinlangan hisoblar 1-darajali jangovar shaylikka keltiriladi va uning zarbalarini qaytaradi. Batareya bo‘linmalarini boshqarish, harbiy eshelon harakatlanish marshurutida joylashgan radiolokatsion postlardan axborot olish maqsadida havo vaziyati plansheti va havo vaziyati haqida ogoxlantiruvchi qo‘shimcha tarzda qabul qilish vositalari bilan jihozlangan qo‘mondonlik (komandirlik) punktidan olib boriladi. Harbiy eshelonni yo‘lda ketayotgan qo‘riqlab borish uchun tayinlangan zenit qurilmasi (hisobi) komandiri, qurilmani platformaga yuklashga, uning maxkamlanishi tekshirish va to‘satdan paydo bo‘luvchi nishonlarga o‘t ochishga tayyorlashga majbur. Harbiy eshelonni ximoya etish uchun tayinllangan (Strela-10) ZRK bilan qo‘rollangan zenit raketa batareyasi start pozitsiyalarini dastlabki hududda, yuklash, tushurish va jamlanish hududlarida birinma ketin egallagan holda jangovar safga yoyiladi. Yuklash (tushirish) stansiyasini himoya etish uchun batareya undan 1-2 km masofada start pozitsiyasini egllaydi. Harbiy eshelonni yo‘lda ketilayotgan himoya etish uchun tayinlangan jangovar mashinalar birinchi navbatda yuklanib, so‘ngi navbatda tushuriladi, platformalarda ular harbiy eshelon boshlig‘i ko‘rsatmasi bo‘yicha poezdning oldingi, o‘rta va ortki qismlarida, o‘t ochish uchun qulaylik xisobga olingan holda joylashtiriladi. Bunda, lokomotiv (usti yopiq yoki yarim vagon) va unga yaqin bo‘lgan jangovar mashina o‘rtasida kamida bitta balandligi uncha katta bo‘lmagan yuklar joylashtirilgan platforma bo‘lishi kerak. Xar bir jangovar mashinaga otish taqiqlangan sektor va pastga otish chegarasini belgilab berish uchun, otish mumkun bo‘lgan eng pas burchak tayinlanadi. Elektrlashgan temir yo‘llarda ketilyotganda, otish paytida elektr simi va tirgaklarga zarar yetkazilishini oldini oluvchi choralar ko‘riladi. Rasm 2. Zenitchi oqchining temir yo’l platformasida pana joyi Harbiy eshelonni yo‘lda ketayotgan paytida qo‘riqlab borish uchun tayinlangan jangovar mashina komandiri quyidagilarga majbur: jangovar mashinani platformaga yuklashga, uning mahkamlanishini tekshirish va o‘t ochishga tayyorlashga; o‘t ochish ruxsat etilgan sektorlarga belgilar o‘rnatish va hisobga ko‘rsatishga; hisobga vazifa qo’yishga; yo’lda ketilayotganda shaxsan havo razvedkasini olib boorish va jangovar mashinaning o‘t ochishini boshqarishga; o‘z harakatlari va o‘t ochish natijalari haqida komandirga bildiruv berishga. Yo‘lda ketilayotgan paytda havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarini boshqarish uchun simli aloqa, hamda signal vositalari bilan aloqa olib borishdan foydalanib, quyidagicha tashkillashtiriladi: harbiy eshelon boshlig‘i va batareya (guruh) komandiri o‘rtasida; havoni kuzatish postlari (kuzatuvchilar) va batareya (guruh) komandiri o‘rtasida. Yo‘lda ketilayotgan paytda havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi komandiri havodagi vaziyatni boshqaruv punktidan va bevosita radiolokatsion postlardan olingan malumotlar bo‘yicha, hamda shaxsiy kuzatishlari natijasida o‘rganib borib, u haqida harbiy eshelon boshlig‘ini va bo‘ysunuvchilarini habardor etadi, bo‘linmalarning jangovar harakatlarini boshqaradi, navbatchi ekipajlarning (hisoblarning, otuvchi-zenitchilarning) almashuvi uchun komandalar beradi, texnikalar mahkamlanganligini va shaxsiy tarkib tomonidan texnika xavfsizligiga amal qilinishini nazorat qilib boradi, qurilmalarga sarflangan o‘q - dori va raketalar o‘rnini to‘ldirilishi, janogovar texnika va qurol - yarog‘da yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi, eshelonning qaerda ketayotganligini doimo aniqlab boradi, bo‘linmaning jangovar harakatlari natijalari bo‘yicha harbiy eshelon boshlig‘iga bildiruv beradi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling