Mavzu: Shaxsni idrok qilishda psixologik bilimlarning ahamiyati


Binokulyar yo‘l-yo‘riqlar


Download 485.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana15.06.2023
Hajmi485.73 Kb.
#1482099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
psixologiya 3

Binokulyar yo‘l-yo‘riqlar  
Bizning ko‘zlarimiz bir-biridan 2,5 dyuym masofada joylashganligi sababli 
ularning to‘rpardalari atrof-muhit manzaralarini biroz turlicha qabul qiladi. Miya 
ushbu manzaralarni solishtirganda, aynan to‘rsimon nomutanosiblik (ikki manzara 
o‘rtasidagi farq) masofani aniqlashga yordam beradi. Agar Siz barmog‘ingizni burun 
uchiga deyarli tegizilgan holda ushlab tursangiz, to‘rpardalarda barmoqning 2 ta har 
xil aksi paydo bo‘ladi (Siz bunga rasmda ko‘rsatilgandek, navbatma-navbat bir ko‘z, 
so‘ngra esa ikkinchi ko‘z qisilganda va barmoqlaringiz ingichka kolbasa ko‘rinishida 
bukilganda bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin). Katta masofada esa, aytaylik, 
uzatilgan qo‘l masofasida ushbu nomutanosiblik kamroq bo‘ladi. 
Stereoskopik filmlarni yaratuvchilar bir-biridan bir necha dyuym (1 dyuym – 
25,5 mm) masofada joylashtirilgan ikkita kamera yordamida suratga olish orqali 
to‘rsimon nomutanosiblikdan kuchli taassurot hosil qiladilar (xuddi shunday 
imkoniyatni, ehtimol, kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan kompyuterda ham 
yaratishni istardik). So‘ngra ekranga ko‘zoynak yoki chap ko‘z bilan chap kameraning 


“ko‘rish maydoni”, o‘ng ko‘z bilan esa – o‘ng kameraning “ko‘rish maydoni”ni ko‘rish 
imkonini beradigan maxsus moslama orqali qaralganda, to‘rsimon nomutanosiblikning 
odatdagi samarasi hosil bo‘ladi. Kompyuter namunalari uchun ham ushbu samara 
xosdir.
[1]
Idrokning yana bir muhim xossasi – bu uning faolligi, yoki tanlab o

tkazishi
Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar guruhini idrok 
qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning foni bo‘lib xizmat 
qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob o‘qib o‘tirganingizda 
ortingizda nimalar sodir bo‘layotganiga e’tibor bermaysiz. SHunday qilib, idrok 
faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan. 
Endi idrok turlarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid 
adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlarni keltirish 
mumkin. Tasniflanishlardan birining asosida idrokda ishtirok etuvchi analizatorlardagi 
tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning ahamiyatliligiga muvofiq 
ravishda ko‘rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid bilish va ta’m bilish idroklari 
mavjud. 
Odatda, idrok – qator analizatorlar o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib hisoblanadi. 
Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri-tuyish idrokini aytib 
o‘tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi. Odatda, ularning o‘zaro 
uyg‘unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab turlari hosil bo‘ladi. O‘quvchi 
tomonidan matn idroki ko‘rish, eshitish va kinestetik idrokni o‘z ichiga oladi. 
Barcha jismlar fazoda joylashadi va istalgan hodisa ma’lum vaqtda mavjud 
bo‘ladi. Jismning fazoviy xossalariga kattalik, shakl, fazodagi holat kiradi. 

Download 485.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling