mavzu. Shaxsning hissiy-emotsional sohasi (2 soat ma’ruza, soat amaliy mashg‘ulot). Reja
Iroda nazariyasi va tadqiqoti to‘g‘risida tushuncha
Download 47.88 Kb.
|
5-mavzu. Shaxsning hissiy-emotsional sohasi (1)
Iroda nazariyasi va tadqiqoti to‘g‘risida tushuncha
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, inson ongining mohiyatini kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek, faollik manbai bemahsul sohaning paydo bo‘lishi deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qaramoqlik lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy munosabatning tug‘ilishi irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi ham. V. Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub’ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emotsional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir. Psixologiyada etarli darajada qat’iy fikr qaror topgankim, iroda-bu insonning qo‘yilgan maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan ongli faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad qo‘ya olish qobiliyati, o‘z emotsiyasini boshqarish, shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish kiritiladi. V. I. Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalar chiqaradi: a) iroda- bu shaxsning o‘z faoliyatini va tashqi olamdagi o‘zini o‘zi boshqarilish shakllarini anglashning tavsifidir; b) iroda-insonning yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; v) iroda-bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o‘zini ongli idora qilishlikdir; g) iroda-bu shaxsning xissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatning motivi (turtkisi) hisoblanmaydi. V. I. Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani ilgari suradi, insoning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. SHaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga ko‘ra, u bir davrning o‘zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Tadqiqotchi V. A. Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma’nosining o‘zgarishi hisobiga uni tormozlovchi yoki qo‘shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni «ixtiyoriy boshqariluv ko‘rinishlarining bittasi sifatida» tushuniladi, bunda boshqariluv motivatsiyaning ixtiyoriy o‘zgarish orqali amalga oshirilishi ta’kidlaniladi. Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, ta’riflash bo‘yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy sifatlarning ma’noviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan, V. A Krutetskiy o‘z asarida irodaviy sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi. P. M. YAkobson bo‘lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik, o‘zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A. I. Shcherbakov mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik, dadillik va qat’iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlik. Download 47.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling