Mavzu: Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi. Reja


Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti


Download 19.48 Kb.
bet2/4
Sana19.02.2023
Hajmi19.48 Kb.
#1214000
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini ang

Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti.
Shaxs shakllanishi odatda uning o’zo’zini anglashidan boshlanadi. Shaxs o’z mohiyatiga kura ijtimoiy hisoblangan munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan uzaro birgalikda harakat kilgan va
munosabatda bo’lgan xolda uzini atrof muhitdan, boshqa odamlardan alohida ekanligini anglay boshlab, uzining jismoniy va psixologik xolati, harakatlari va jarayonlarining subyekti sifatida his etadi. Uzi uchun «boshkalardan» farqli va ayni chogda ular bilan bog’liq bo’lgan «Men» sifatida namoyon bo’ladi. 2–3 yoshli bolalardayok «Men» siymosi shakllana boshlaydi. ( «Seniki emas – meniki», «menga besh» va xokazo (I. Kon).
Shaxs shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, uni V. M. Karimova ta’kidlaganidek ijtimoiylashuv jarayoni sifatida qarash maqsadga muvofiq. Bola tug’ilgan onidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu
ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. Chunki agar insonning ontogenetik
taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, xali gapirmay turib, odam bolasi o’ziga o’hshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy
muloqotning barcha ko’rinishlarining faol obyekti va subyektiga aylanadi.
Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o’rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo’lgani, jamiyatga qo’shilib yashashimizningpsixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sosializasiya deb yuritiladi.
Demak, sosializasiya yoki ijtimoiylashuv — inson tomonidan ijtimoiy
tajribani egallash va hayot — faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv — har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, ko’tishlari va ta’sirini qabul qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko’rsatishi va kerak bo’lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o’z navbatida o’zgalarga ta’sirini o’tkaza olishi jarayonidir. Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko’rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o’zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan subyektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. (V. M. Karimova)
Psixologiyada shaxs shaklanishi va qanday inson bo’lib kamol topishiga quyidagi bir biri bilan o’zaro bog’liq omillar ta’sir ko’rsatadi: irsiyat,muhit(makro va mikromuhit), ta’lim tarbiya, shaxsning o’zining intilishi

Download 19.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling