Mavzu: shaxta ventilyatorlari


Shamollatish sxemalari laxmlar bo’yicha havo harakatini va tarqalishini ma’lum tartibini nazarda tutadi


Download 87.4 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi87.4 Kb.
#1586176
1   2   3   4
Bog'liq
shaxta ventiliyatorlar2

Shamollatish sxemalari laxmlar bo’yicha havo harakatini va tarqalishini ma’lum tartibini nazarda tutadi. Toza havo kiruvchi va zararlangan havoni chiqarib yuboruvchi stvollarning joylashishi bo’yicha shamollatishning uch sxemasi farqlanadi: markaziy, qanotli va birlashgan usul.
Markaziy shamollatish sxemasida ikkala stvol ham shaxta maydonining markazida
joylashgan bo’ladi. Bunda bir stvoldan uzatiladigan toza havo chiqarish shtreklaridan qazish ishlarigacha boradi va ventilyatsion laxmlardan shaxta maydonining markaziga qaytadi va ikkinchi stvoldab yer yuzasiga chiqib ketadi. Shamollatishning qanotli sxemasida markaziy stvoldan kelgan toza havo chiqarish laxmlaridan qazish ishlarigacha boradi va o’tib o’z yo’lini
ventilyatsion shtreklarda, qanotlarda joylashgan ventilyatsion stvolgacha davom ettiradi.
Shamollatishning birlashgan sxemasida ikkinchi va birinchi sxemalar birlashgan bo’ladi.
Gazli shaxtalarda umumiy shamollatish sxemalaridan mustaqil ravishda havo oqimini pastdan yuqoriga yo’naltirish kerak. Buning natijasida metanni zaboydan to’liq yo’q qilishga erishiladi. Yuqori xavfsizlik va alohida uchastkalarning mustaqil ishlashi uchun shaxtaga tushuvchi havo oqimini oqimchalarga ajratish zarur. Keyin ushbu oqimchalar umumiy chiquvchi stvol oqimida birlashtiriladi.
Stvollar va asosiy ventilyatsion laxmlarning yuzasi 4,5 m2 dan kam bo’lmasligi kerak.
Ventilyatsion oqim harakatining tezligi qazish zaboylarida – 0,25m/sek dan kam
bo’lmasligi va tayyorlov laxmlarida 0,15 m/sek dan kam bo’lmasligi kerak.
Alohida uchastkalar va zaboylar bo’yicha havoni taqsimlash qazib olishga, odamlar soniga, portlatish ishlariga va kon ishlarining rejasi bo’yicha amalga oshiriladi. Shamollatish sxemalari havo keluvchi laxmlar uzunligi, ularning ko’ndalang kesim yuzasi va keluvchi havoning
miqdorini ko’rsatib tuziladi. Shundan keyin shamollatish sxemasining barcha tarmoqlari bo’yicha umumshaxta depressiyasi hisoblanadi.
Chuqur kuchli gazlashgan shaxtalarni shamollatishni loyihalashtirishda asosiy e’tibor gaz ajralib chiqishi va gaz manbai bo’lgan qatlamlarni gazsizlashtirish usullariga qaratilishi kerak.
Zamonaviy qazib olish komplekslari bitta lavadan 2000 t/smena ko’mirni olish imkonini bermoqda. Lekin ventilyatsiya sharoitlariga ko’ra bu qiymat 700-800 t/sutkadan oshib ketmasligi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1)Latipov K.SH., “Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar”, Toshkent, O‘qituvchi, 1992 y.
2)Boyarskiy V.A., Kirov I.P., “Vodootlivniye i osusheniye na gornix predpriyatiyax”, Moskva, Visshaya shkola, 1980 g.
3)Sodiqov A., Boymirzayev B., “Konchilik mexanikasi”, Toshkent, Iqbol-Ziyo, 2007 y.
4)Babak G.A., Bocharov K.P., Voloxov A.T. i dr., “Shaxtniye ventilyatorniye ustanovki glavnogo provetrivaniya”, Moskva, Nedra, 1990 g.
Download 87.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling