Mavzu: “Shayboniynoma” asaridagi harbiy terminlar Reja
Download 34.27 Kb.
|
“Shayboniynoma” asaridagi harbiy terminlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Shayboniyxon
- Temur Xo‘ja o‘g‘li
- R.G.Mukminova
Mavzu: “Shayboniynoma” asaridagi harbiy terminlar Reja: 1. XVI asr boshlarida ijtimoiy vaziyat va adabiy muhit xususiyatlari. 2. Muhammad Shayboniyxon shaxsiyati va adabiy merosi. 3. “Shayboniynoma” – ilk tarixiy doston. 4. Ubaydulloxon – Ubaydiy she’riyatining o’ziga xos xususiyatlari. XVI asr boshida Temuriylar o‘rniga hokimiyatga kelgan Shayboniylar sulolasi haqida ilmiy adabiyotlarda biryoqlama va bir-biriga zid fikrlar hukm surib keldi. Istiqloldan keyingi yillarda o‘tmishga munosabat ijobiy tomonga o‘zgara borib, bu davrga doir asarlarning nashr qilinishi qator masalalarga oydinlik kiritdi. Jumladan, madaniy-adabiy hayotning ahvolini tahlil qilishda ham biryoqlamalikdan voz kechildi. Buning natijasida Shayboniylarning madaniyat va adabiyotning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilmaganliklari, balki Temuriylarning bu sohadagi an’anasini davom etdirganliklari tobora ko‘proq oydinlashib bormoqda. Bu xonadondan chiqqan hukmdorlardan Muhammad Shayboniyxon, Ubaydulloxon, Ko‘chkinchixon, Abdulazizxon, Abdullatifxonlar haqida manba’larda iliq gaplar aytilib, ularning madaniy hayot ravnaqiga munosib hissa qo‘shganligi qayd etilgan. Ular badiiy ijod bilan shug‘ullanib, devonlar tartib berganlar, shoiru fozillarga e’tibor berib, o‘nlab asarlarning yaratilishiga homiylik qilganlar. Bu davrda ijod qilgan Shayboniy, Ubaydiy, Aziziy, Baqoiy, Muhammad Soleh, Binoiy va boshqalar o‘zbek va tojik adabiyotining taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdilar. Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkir ul ahbob» asarida bu haqda ancha mufassal ma’lumotlar keltirilgan. Bunday ma’lumotlar Muhammad Soleh, Binoiy, Mulla Shodiy asarlarida ham uchraydi. Ana shu adabiy muhit boshida turganlardan biri Muhammad Shayboniyxondir. Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqda turli turkiy qabilalarni birlashtirib xonlik barpo qilgan Chingiziy Abulxayrxonning nevarasi bo‘lib otasi Shoh Budog‘ edi. U 1451 yilda dunyoga kelgan. Uni yoshligidan Shohbaxtxon deb ataganlar. Manbalarda Shayboqxon, Shohibekxon, Shaybonxon singari nomlar bilan atalgan. O‘zbek ulusining Shabon urug‘idan bo‘lganligi uchun Shayboniy, Shaboniy, taxallusini olgan. She’rlarida ko‘pincha vazn talabi bilan goh Shaboniy, goh Shayboniy shaklida ishlatadi. Muhammad Shayboniyxon Buxoro madrasalarida o‘qigan. O‘sha davrning taniqli hofizlaridan bo‘lgan Mavlono Muhammad Xitoyi unga dars bergan. Uning talaba va taxt da’vogari sifatida madaniyat markazlari – Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda olimu fozillar davrasida bo‘lishi hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hasanxoja Nisoriyning yozishicha, «Amir Abul Ali Tarxon zamonida Buxoro mulkida sokin bo‘lgan»da, ba’zilar unga qarshi bo‘lib, Buxorodan chiqib ketishini talab qilishgan. U Xoja Bahouddin Naqshband qabriga borib ziyorat qilgan. Xojaning nabiralaridan bo‘lgan Nizomiddinxoja Mirmuhammad Naqshband nazariga tushib, bir muddat uning huzurida yashagan, tarbiyasini olgan. Xoja unga kelajakda Turkistonda xon bo‘lishini bashorat qilgan ekan. Shundan keyin, u Turkistonga borib u erdan Movarounnahrni egallash uchun kurash boshlaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur bilan 1498 – 1501 yillar orasida bir necha bor urush qilib Samarqand va Buxoroni egallaydi. 1506-1507 yillarda Balxni, keyin Hirotni egallaydi, temuriylarning Movarounnahr va Xurosondagi hukmronliklariga barham beradi. Shayboniyxon 1510 yilda Marv yaqinida Eron podshosi Ismoil Safaviy bilan jang qiladi. Safaviylar g‘olib kelib, Ismoil Safaviy uning boshini kesib, unda may ichadi. Shayboniyxonning hayot yo‘li ham uning raqibi Zahiriddin Boburdek doimo urushlarda o‘tgan. U ham toju taxt deb yoshlik yillarini mashaqqat va quvg‘inlarda kechirgan. Biroq, shunga qaramay, u o‘z davrining o‘qimishli, donishmand kishilaridan bo‘lib yetishgan. Talantli shoir, musavvir, musiqashunos bo‘lgan, Qur’oni Karimni yoqimli ovoz bilan qiroat qilgan. Shayboniyxondan uch o‘g‘il qolgan. Kattasi Temur Sulton, uning o‘g‘li Fo‘lod Sulton Samarqandda hokimlik qilgan va Zahiriddin Muhammad Bobur unga o‘z devonini yuborgan. Ikkinchi o‘g‘li Xurramshoh Boburning Xonzoda begim ismli singlisidan tug‘ilgan, yoshligida vafot etgan. Uchinchi o‘g‘li Sevinch Muhammad Ubaydulloxon tomonidan tarbiyalangan, Kesh hokimi bo‘lgan. Muhammad Shayboniyxon jasadi Samarqandga olib kelib dafn etilgan. Hozir uning qabri boshqa Shayboniylar bilan ko‘chirilib Registonda Sherdor va Tillokori madrasalari orasiga qo‘yilgan. Shayboniyxonning she’rlar devoni mavjud. U Turkiyada saqlanadi. Bu devonga asoslanib chet ellik o‘zbek olimi Temur Xo‘ja o‘g‘li Shayboniyxon haqida o‘tgan asr 70-yillari boshida dissertatsiya yozgan. 200 sahifalik bu ishda Shayboniyxon hayot yo‘li yoritilib, g‘azallari va «Bahrul hudo» nomli masnaviysi tahlil etilgan. Bundan tashqari, Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sultonga atab yozgan pand-nasihat xarakteridagi asari ham mavjud. Bir qator olimlar, jumladan, professor R.G.Mukminova mashhur tarixiy asar «Tavorixi guzidai nusratnoma»ning yaratilishida Shayboniyxonning ham xizmati bor, deb bilishadi. Muallifi noma’lum bu asar hozir Shayboniyxonga nisbat berilmoqda. Shayboniyxon shoir, olim va mutasavvuflarga g‘amxo‘rlik qilgan, o‘ziga yaqinlashtirib, katta-katta mansablar bergan. Jumladan, Muhammad Soleh, Binoiy, Abdurahim Sadr va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Shayboniyxon qator asarlarning fors va mo‘g‘ul tillaridan turkiyga tarjima qilinishiga ham sabab bo‘lgan. Shayboniyxonning devoni hozircha yagona nusxada bo‘lib u ham, aytilganidek Turkiyadadir. U haqdagi ma’lumotlarda devon asosan g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard, masnaviy kabi janrlardagi she’rlardan iboratligi qayd qilinadi. Shuningdek, Shayboniyxon she’rlaridan namunalar Hasan Xoja Nisoriyning «Muzakkir-ul ahbob» asarida ham mavjud. Jumladan, mashhur shayx Najmiddin Kubro vafotiga doir tarixini keltirib, yaxshi aytgan, deydi: Oning tarixidur «shahi shuhado», Download 34.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling