Mavzu: Shevalarda olmoshlarning qo`llanishi olmosh


Download 93.86 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi93.86 Kb.
#1420939
Bog'liq
shevalarda olmoshlarning qo`llanilishi


Mavzu: Shevalarda olmoshlarning qo`llanishi
OLMOSH. Olmoshlarning shevalardagi qo‘llanishida farqli holatlar mavjud. Kishilik olmoshlar shevalararo farqlanadi: mən, sən, ul/u; biz, - bizər - bizlər; siz-silər - sillar; ular - ulalar.
Ko‘rsatish olmoshlari:
B.k. Bu Q.k. Muniң T.k. Muni O‘.p.k. munda J.k. muna
CH.k. mundin
(anav, manav so‘zlari ham shu tarzda turlanadi). Ko‘rsatish olmoshlarini qo‘llashda yaqin-uzoq, aniq-noaniqlikka qat’iy rioya qilinadi, so‘zlovchiga yaqin bo‘lgan predmetga ishora qilinganda bu shu uzoqqa ishora qilinganda u, o‘sha olmoshlari ishga solinadi. So‘roq olmoshlari: kim, ne/ni, ni:du, nichik, nxi/nixi dedi, nechchi, qancha.
O‘zlik olmoshi: oz. Uning kelishiklar bilan turlanishi egalik olgan ot turlanishidan farq qilmaydi: ozi, ozimiң, o:zinqin, o:zinə, ozini/o:zinni, ozin:də, ozin-din.
Bo‘lishsizlik olmoshi: hech kim, hech n’mə. Gumon olmoshi: kimdir, nimadir, birov, birne.
Belgilash olmoshlari: xəmmə, barchasi, bəri, jamisi, butin, har kim, xər nərsə Olmoshlar ma’no jihatdan quyidagi turga bo‘linadi:
Kishilik (shaxs) olmoshlari O‘zlik olmoshlari Ko‘rsatish olmoshlari So‘roq olmoshlari Belgilash olmoshlari Bo‘lishsizlik olmoshlari Gumon olmoshla

Olmoshlar ma’no jihatdan quyidagi turga bo‘linadi:
Kishilik (shaxs) olmoshlari O‘zlik olmoshlari Ko‘rsatish olmoshlari So‘roq olmoshlari Belgilash olmoshlari Bo‘lishsizlik olmoshlari Gumon olmoshla
1. Kishilik (shaxs) olmoshlari
Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. U kishilik olmoshiga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Qaratqich, tushum kelishigi va qarashlilik shakli qo‘shimchasi –niki qo‘shilganida esa, -n tushiriladi: men+ning=mening, sen+ni=seni, sen+niki=seniki.. Kishilik olmoshlari gapda ega (Men keldim), to‘ldiruvchi (Senga aytaman), qaratqich aniqlovchi (Uning ukasi kelibdi), ot- kesim (Mening do‘stim sensan) vazifalarini bajaradi.
2. O‘zlik olmoshlari
O‘zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko‘rsatish uchun ishlatiladigan o‘z so‘zidir. Bu olmosh narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o‘z uyi, o‘z ukasi. O‘zlik olmoshi egalik qo‘shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi: o‘zim - men, o‘zing - sen, o‘zi - u.
3.Ko‘rsatish olmoshlari
Ko‘rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko‘rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o‘sha, ana, mana, ana u yoki anovi, mana bu yoki manavi, ushbu.
Kishilik olmoshi u bilan ko‘rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? so‘rog‘iga (U keldi), ko‘rsatish olmoshi u esa qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi (U kishi keldi).
U, bu, shu, o‘sha olmoshlari jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga -day, -dek, -aqa, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda, qo‘shimcha oldidan bir n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunday, o‘shanday, uncha, shunaqa, o‘shandek.
Ko‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to‘ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o‘qiydi) bo‘lib ham kela oladi.
Ko‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to‘ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o‘qiydi) bo‘lib ham kela oladi.
4.So‘roq olmoshlari
So‘roq olmoshlari biror narsa-buyum, belgi yoki miqdor haqidagi so‘roqni bildirgan olmoshlardir. So‘roq olmoshlarining nimaga nisbatan so‘roq bildirishini quyidagi jadvaldan bilsa bo‘ladi:
Download 93.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling