Mavzu: Sifаt аnаlizining sistеmаlаri. Kаtiоnlаr аnаlizining sul`fidli sistеmаsi uning mоhiyati Reja


Download 19.45 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1144233
1   2   3
Bog'liq
2-мавзу

Аniоnlаrning аnаlitik guruhlаri
Anionlarni guruhlarga ajratish uchun turli sxemalar taklif etilgan bo’lsa-da, izchil va mukammal sxema hamon yo’q. Anionlarni ham kationlar singari tartibda guruhlarga bo’lish maqsadga muvofiq. Shunday klassifikatsiya A.P.Kreshkov tomonidan taklif qilingan:
Birinchi guruh anionlariga bariyli tuzlari suvda eruvchan anionlar: nitrat, nitrit, atsetat, permanganat, manganat, xlorid, bromid, yodid, rodanid, tsianid, sul`fid, ferrotsianid va ferritsianidlar kiradi. Bu guruh anionlarining guruh reagent yo’q, biroq bu guruh anionlarini kumushning suvda eruvchan tuzi kumush nitrat ta’siridan ikki guruhga ajratish mumkin. Kumush nitrat ta’siridan xlorid, bromid, yodid, sulьfid, rodanid, tsianid, ferrotsianid va ferritsianidlar cho’kmalar hosil qiladi.
Ikkinchi guruh anionlariga bariyli tuzlari suvda kam eriydigan sul`fat, sul`fit, tiosul`fat, borat, karbonat, oksalat, ftorid, xromat, silikat, dixromat, fosfit, fosfat singari anionlar kiradi. Bu guruh anionlari bariy xlorid yoki bariy nitrat ta’siridan tegishli cho’kmalarni hosil qiladi. Anionlarni analiz qilishning sistematik, yarim sistematik va bo’lib-bo’lib qilinadigan uch usuli ma’lum. Sistematik analiz usulida anionlar guruhlarga maxsus guruh reagentlari ta’siridan ajratiladi va so’ngra ketma-ket topiladi. Bu usul odatda kam sonli aralashmalar analizi uchun qo’llaniladi. Yarim sistematik analizda anionlar guruhlarga ajratilgandan so’ng eritmaning ayrim ulushlaridan bo’lib-bo’lib analiz qilish usulida tekshiriladi.


Nazorat savollari
1. Ionlarning analitik tasnifining asosi
2. Sifat tahlililning kislota-asos usulida guruh reagentlari sifatida qanday moddalar qo‘llaniladi, I guruh kationlarini ayting.
3. Anionlar klassifikatsiyasi kim tomonidan tuzilgan.
Download 19.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling