Mavzu: Sifat yasalishi Reja: Affiksatsiya usuli. Kompozitsiya usuli


Download 73.5 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1240251
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sifat yasalishi

-gir\-qir\-g‘ir\-kir. Fe’ldan anglashilgan harakatning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: topqir, uchqur, chopqir, olg‘ir, sezgir, keskir.
-ma. Narsaning fe’ldan anglashilgan harakat vositasida yuzaga kelishini anglatuvchi sifat yasaydi: qaynatma (sho‘rva), burma (ko‘ylak), ko‘chma (ma’no), ag‘darma (etik).
-k\-q\-iq\-uk\-uq\-ak. Harakatning natijasi bo‘lgan holat belgisini ifodalovchi sifat yasaydi: iliq, siniq, yig‘loq, chirik, oqsoq, yumshoq, bo‘lak.
-ki\-qi. Fe’l va taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: sayroqi, buzuqi, yig‘loqi, jizzaki, jirtaki.
-kin\-qin-\-g‘in. Fe’l asosiga qo‘shilib, holat, xususiyat ma’nosidagi sifat yasaydi: tushkun, jo‘shqin, ozg‘in, turg‘un.
-mon. Asosdan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: bilarmon, o‘larmon, yeyarmon.
-ag‘on. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: topag‘on, bilag‘on, chopag‘on.
-mas. Harakatning inkoriy belgisi bo‘lgan sifat yasaydi: yengilmas, o‘tmas, qo‘rqmas, ajralmas, qaytmas, buzilmas.
-ch. faqat fe’ldan sifat yasaydi: jirkanch, tinch, shoshilinch, tiqilinch.
- qoq\-g‘oq: harakatni bajarishga moyilligi kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: qochqoq, yopishqoq, urushqoq, tirishqoq.
- ildoq. Taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: likildoq, shaqildoq.
2-§. Kompozitsiya usuli. Turli turkumlarga oid so‘z shakllarining tilda mavjud bo‘lgan sintaktik qoliplar asosida qo‘shilishi orqali bitta belgi ifodalashga xoslangan yasama sifatlardir. Bu usul ham hozirgi o‘zbek tilidagi mahsuldor yasalish usullaridan bo‘lib, qismlarning sintaktik aloqasiga ko‘ra quyidagicha guruhlarni tashkil qiladi:

  1. aniqlovchi-aniqlanmish: olachipor, ochsariq, to‘q qizil, qiziqqon, ochko‘z, kaltafahm;

  2. to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish: tinchliksevar, izquvar, muzyorar, ishbilarmon;

  3. hol-hollanmish: ertapishar, tezoqar.

Qo‘shma sifatlar tarkibidagi qismlarning tub yoki yasama ekanligi bilan ham o‘zaro farqlanadi. Masalan: 1) ikkala qismi ham tub so‘zlardan:xom semiz, kamgap, nimjon, ommabop, izquvar; 2) tub va yasama so‘zlardan tuziladi: souqqon, tezoqar, erksevar, ishyoqmas.
Bundan tashqari tilimizda qismlari qo‘shma sifatlardek zich bog‘lanib ketmagan gapga usta, ko‘zga yaqin, og‘zi bo‘sh, qo‘li ochiq, bodom qovoq, katta og‘iz kabi birikmali murakkab sifatlar ham mavjud.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling