Mavzu: Sifat yasovchi qo’shimchalar. 124-129- betlar
Download 184.9 Kb.
|
4 sinf ona tili 1 soatlik dars ishla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinf 4 -“ D ” 40-dars
- Mavzu: Sifat yasovchi qo’shimchalar . 124-129- betlar. Dars maqsadi: Ta`limiy maqsad
- Dars turi
- 1. Sifat yasovchi qo’shimchalar. 2. Sifatlarning yozilishi. 3. 315-316-317-118-mashqlar
- Masalan
- 317 –mashq.
- V. Mavzuni mustahkamlash: topishmoqlar yod olib, sifatlarni o’zi bo’langan so’z bilan qo’shib yozing.
Aim.Uz 2016-YIL
Mavzu: Sifat yasovchi qo’shimchalar . 124-129- betlar. Dars maqsadi: Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga sifat yasovchi qo’shimchalar haqida tushuncha berish va ularning qanday yozilishini o’rgatish. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mahnatsevarlik ruhida tarbiyalash, darsda o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash. Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish hamda o’z fikrini to’g’ri ifoda etish malakasini shakillantirish. Dars turi: yangi bilim va ko’nikmalarni beruvchi . Darsda fodalaniladigan metodlar. “Klaster” , tushintirish, suhbat, “Ha yo’q” o‘yini .
Darsda foydalanilgan jihozlar: daslik, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar. Darsning borishi: I. Darsni tashkil qilish. a) O’quvchilar bilan salomlashish. b) Sinfning davomatini aniqlash. c) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. II. O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini so’rab baholash. III. Yangi mavzu bayoni: Dars rejasi: 1. Sifat yasovchi qo’shimchalar. 2. Sifatlarning yozilishi. 3. 315-316-317-118-mashqlar. O’tilgan mavzuni mustahkamlashda ‘Ha yo’q” o’yinidan foydalaniladi. 1.Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’ladimi? Javob: Ha 2. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar qanday?, qancha? so’rog’iga javob bo’ladimi? Javob: Yo’q. 3.Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar nima qildi? so’rog’iga javob boladimi? Javob: Ha. 4. –ser, be-, -kor sifat yasovchi qo’shimchalarmi? Javob: Yo’q IV. Yangi mavzu bayoni: Masalan: mevali daraxt, serhosil dala , ishchan bola .
Belgini kuchaytirib yoki ozaytirib ko’rsatuvchi sifatlar quydagich yoziladi: bunday sifatlar chziqcha bilan yoziladi:to’ppa-to’g’r, qo’shib yoziladi: oppoq, qopqora ajratib yoziladi: to’q qizil, och pushti № 315 –mashq Sifatlarga mos ot tanlab, birikma tuzing. Qop-qora it, bus-butun oyna, bo’m-bo’sh qop, ko’m-ko’k yaylov, tip-tiniq buloq, oppoq qor, top-toza ko’ylak, tim qora mushuk, to’q qizil rang, eng kuchli hayvon.
yoqimli ovoz(xil-xususiyatni bildiruvchi sifat), poyonsiz qir(hajm bildiruvchi sifat), bo’liq boshoqlar(shakl bildiruvchi sifat), keksa otaxon(xil-xususiyatni bildiruvchi sifat). № 317 –mashq. So’zlarni o’qib, so’roqlar yordamida sifatlarni toping. Foydali-qanday?, sersuv-qanday?, aqilli-qanday, qaynoq-qanday. № 318 –mashq Matinni oqib, sifatlarni topib, ularni o’zi bog’langan so’z bilan ko’chirish hamda qavs ichiga ma’no turini yozish. Ko’m-ko’k bargli(rang-tusni bildiruvchi sifat), mayus kozlari(xil-xususiyatni bildiruvchi sifat), juda baquvvat (xil-xususiyatni sifat), chiroyli oyoqlar (xil-xususiyatni bildiruvchi sifat), qip-qizil lolaqizg’aldoq(rang-tusni bildiruvchi sifat). V. Mavzuni mustahkamlash: topishmoqlar yod olib, sifatlarni o’zi bo’langan so’z bilan qo’shib yozing. 1.Yer tagida oltin qoziq, u hammaga bo’lar oziq (Sabzi) 2. Pishsa bemaza, pishmasa mazali (Bodring) 3. Uni pishirsang bo’lar shirin osh, pishirmasang bo’lar qip-qizil tosh. (pamidor) Download 184.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling