Mavzu: Sifatlar imlosi, ularning tuzilishi


Dunyoda juda go’zal joylar ko’p. 2. Mol-dunyo


Download 223.18 Kb.
bet2/2
Sana31.03.2023
Hajmi223.18 Kb.
#1311334
1   2
Bog'liq
Bayonnoma

Dunyoda juda go’zal joylar ko’p. 2. Mol-dunyo o’tkinchi. Ushbu gaplarda ajratib ko’rsatilgan so’zlar qanday so’z?
A) shakldosh B) ma’nodosh C) paronim D) antonim
2. Fonetik hodisaga uchragan so’z qatnashgan gap qatorini toping.
A) Tadbirkorlar munosib taqdirlandi.
B) Bahodir Jalolov – mashhur o’zbek bokschisi.
C) Dilfuza – dunyo tan olgan o’zbek olimasi.
D) Shahrimiz ko’chalari go’zallashib bormoqda.
3. “Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy” matnida chumchuqlarni o’ldirishni dastlab kimlar boshlab berdi?
A) o’quvchilar B) dehqonlar
C) shifokorlar D) hukumat rahbarlari
4. Tabiatga qarshi chiqish loyihasi qanday nomlangan?
A) “Katta sakrash” B) “Qashshoqlikdan chiqish”
C) “Buyuk kelajak sari” D) “Kalamushlarni qirib tashlash”
5. Miqdor va tartibni bildirgan so’z turkumi?
A) sifat B) ot C) son D) olmosh
1. A 2. D 3. B 4. A 5. C
Yuqoridagi testlar bajarib bo’lingach, doskada kalitlar yoziladi, o’quvchilar partadoshi bilan almashib, ularni tekshiradi va olgan ballini o’qituvchiga e’lon qiladi. Shu o’rinda o’quvchilarning tezkorligini, hozirjavobligini aniqlash maqsadida “To’g’ri yoki noto’g’ri” o’yini o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi savolni o’qiydi, o’quvchi to’g’ri yoki noto’g’ri degan so’zni aytishi kerak. Noto’g’ri javob bergan o’quvchi ball ololmaydi.
1-guruh uchu savollar:
1. Telegram ijtimoiy tarmoq sanaladi. (to’g’ri)
2. Sun’iy intellekt rivojlanib borishi bilan avtomobillar haydovchisiz boshqarilishi mumkin. (to’g’ri)
3. Ijtimoiy tarmoqlar izlash va muloqotda qulayliklar yaratadi. (to’g’ri)
4. Virtual muloqot jonli muloqot o’rnini bosmaydi. (to’g’ri)
2-guruh uchun savollar:
1. Olmosh ot, sifat, son o’rnida kela oladi. (to’g’ri)
2. Angla, susay, singlim so’zlarida tovush tushishi hodisasi kuzatilgan. (noto’g’ri, angla so’zida tovush almashgan)
3. Elga tanilgan, shuhrat qozongan shaxs yulduz deyiladi. (to’g’ri)
4. Bahodir Jalolov – mashhur o’zbek futbolchisi. (noto’g’ri, chunki u bokschi)
3-guruh uchun savollar:
1. “Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy” matnida chumchuqlarni o’ldirishni dastlab dehqonlar boshlab berdilar. (to’g’ri)
2. Yo’lbarslarning 9 ta turi bo’lib, shulardan 6 tasi qirilib ketgan. (noto’g’ri, 3 tasi qirilib ketgan)
3. Dunyo tomonlarini aniqlaydigan asbob kompas deyiladi. (to’g’ri)
4. Bir kishi o’tirishi uchun mo’ljallangan, odatda, to’rt oyoqli oddiy moslama, suyanchiqsiz o’rindiq tancha deyiladi. (noto’g’ri, kursi deyiladi)
Yangi mavzuning bayoni:
Topshiriq: “Yo’riqnoma” matnida qo’llangan olinma so’zlarni ajratib yozing, ularni talaffuz qilish mashqini bajaring.
Namuna: preparat, regeneratsiya, stress, doza, retsept.
Topshiriq: C vitaminining dori shaklidagi tavsifiga oid qismini ko’chirib oling. “Qanday” so’rog’iga javob bo’luvchi so’zlarning tagiga chizing.
Namuna: oq, to’q sariq, dumaloq, yassi.
Topshiriq: O’zingiz ichgan birorta dorining shunday tavsifini yozing.
Yuqoridagi topshiriqlar bir paytning o’zida uchala guruhga beriladi. O’quvchilar topshiriqni bajarib bo’lishgach, xulosa qilinadi. Nazariy ma’lumot tushuntirib beriladi.
Sifatlar tuzilishiga ko’ra soda, qo’shma, juft va takroriy bo’ladi.
Sodda sifatlar: sariq, qalin, tinch, berahm.
Qo’shma sifatlar: qimmatbaho, kamgap.
Juft sifatlar: yaxshi-yomon, katta-kichik.
Takroriy sifatlar: mayda-mayda, oppoq-oppoq.
Qo’shma sifat qismlari qo’shib, juft va takroriy sifat qismlari esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Topshiriq: “Yo’riqnoma” matnida ajratib ko’rsatilgan so’zlardan “qanday?” so’rog’iga javob bo’luvchi so’zlarni aniqlang. Ularni sodda tub va sodda yasama sifatlarga ajratib yozing.
Namuna: sodda-tub – oq, sariq; sodda yasama – allergic, sifatli.
Bu mashqni bajarish jarayonida o’quvchilarning tezkorligiga ahamiyat beriladi. Uchala guruhdan ixtiyoriy ravishda o’quvchi doskaga chiqib, o’zi topgan so’zni yozadi. Yakunida o’qituvchi tekshirib, to’g’ri yozgan o’quvchiga ball beradi. Noto’g’ri yozgan o’quvchi ball ololmaydi.
Topshiriq: Quyida berilgan sifatlarni tuzilishiga ko’ra 4 turga ajrating. Ular ishtirokida nutqiy mavzuga doir gaplar tuzib, yozing.
Namuna:
Sodda sifatlar: sersuv
Qo’shma sifatlar: shifobaxsh
Juft sifatlar: turli-tuman
Takroriy sifatlar: katta-katta
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Yuqoridagi topshiriqlar, savol va topshiriqlar orqali yangi mavzu mustahkamlanadi.
O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish:
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarga dars davomida berib borilgan rag’bat kartochkalari jamlanadi va o’quvchilar baholanadi. Eng ko’p rag’bat yig’gan o’quvchi “Bugungi dars qahramoni” deb e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: “Yo’riqnoma” matnidan sonlar bilan bog’liq ma’lumotlar keltirilgan gaplarni ko’chirib oling. Ularni miqdor yoki tartibni ifodalashi bo’yicha tahlil qiling.

Buxoro viloyati G’ijduvon tumani


32- umumiy o’rta ta’lim maktab til
va adabiyot fani o’qituvchisi
To’layeva Dilnavozning 7-“B” sinfida
ona tili fanidan “Sifatlar imlosi,
ularning tuzilishi” mavzusida
o’tgan ochiq darsi.
Download 223.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling