Mavzu: Simlar bilan ishlash. Simlarga ishlov berishda chilangarlik operaciyalari Reja


Download 0.76 Mb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1164174
1   2   3   4
Bog'liq
Munisa Sultanova

Ishdan maqsad: Talabalarni simlarni qirqish, bukish va to’g’rilashga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: Adabiyotlar, alyuminiy va po’lat similar, chilangarlik dastgohi, bolg’a ombir.
Tayanch iboralar:chiangar, qaychi, ustara, bigiz.
Nazariy ma’lumot.
CHILANGARLIK. Markaziy Osiyoda temirchilik qadimdayoq kasb sifatida shakllangan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi, turli rangli metallarga ishlov berilishi hunarmandlar mehnatining bo‘linishiga olib keldi. Ya’ni, ayrim temirchilar mehnat qurollarini yasagan bo‘lishsa, boshqalari nafis uy buyumlariga sayqal berishgan.
Qadimda chilangarlar mayda metall buyum (ustara, kaychi, gazan, bigiz, arra, iskana kabi)larni yasashgan. Ushbu buyumlar dastlab hunarmandchilik usulida ishlab chiqarilgan. Bu hunar egalari, asosan, o‘choq, dam, bosqon, bolg‘a, ombur va boshqa asboblardan foydalanardi. Ular sartaroshlik, etikdo‘zlik, mahsido‘zlik, duradgorlik kasblariga kerakli, shuningdek, binokorlik uchun ham ish qurollari yasab berishardi.
Zamonaviy chilangarlik — bu dastgohlarda mexanik ishlov berishni to‘ldiradigan yoki metall buyumlar tayyorlashda yakuniy bosqich bo‘lgan mashina va mexanizmlarni yig‘ish hamda sozlash ishlaridir. Mashinasozlikda chilangarlikning ahamiyati katta bo‘lib, ustaning ishtirokisiz mashina, mexanizm yoki asbobni yig‘ib bo‘lmaydi. Chilangarlik ishlab chiqarishning barcha sohalarida keng qo‘llaniladi, shu bois ishning turiga ko‘ra chilangarlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
 mashina va mexanizmlarni yig‘uvchi;
 mashina va mexanizmlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi;
 ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ta’mirlovchi asbobsoz;
 dastgoh mashina va shunga o‘xshashlarni o‘rnatish bo‘yicha yig‘uvchi chilangarlar.
1 – rasm. Simlarning uchini xalqalash; a, b, s, d – simlarning uchida xalqa va ilmoq hosil qilish,
e1, e2, e3xalqa tayyorlash

Simlarni egish, bukish yo‘li bilan har xil shaklga keltirish mumkin. Simlarning bu xususiyatlaridan foydalanib o‘quv ustaxonalarida ulardan ko‘plab buyumlar, ko‘rgazmali o‘quv qurollari, asboblar tayyorlanadi.


Simlardan (ularning yo‘g‘on-ingichkaligiga va qattiq-yumshoqligiga qarab) turli maqsadlarda ishlatiladigan ilgaklar, tunuka qutichalarning gardishlari, har xil geometrik shakllar, prujinalar, otvyortka va chizg‘ich kabilar tayyorlanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling