Mavzu: Sizni sharaflaymiz, aziz ustozlar (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). I. Kirish
Download 122.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi
- Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
- III.Yakuniy qism
4-синф Синф соати Mavzu: Sizni sharaflaymiz, aziz ustozlar (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). I.Kirish: Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi:O‘quvchilarni ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ulardan o‘rnak olishga o‘rgatish. Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi: mavzuga oid rasm,DVD Tarbiyaviy mashg‘ulotning borishi: Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. T ashkiliy qism: O‘quvchilarni darsga hozirlash II.Asosiy qism: Ma`naviyat daqiqasi: Ilm-ziyo berar bizga, Onadir har o‘g‘il-qizga, Jo bo‘ldingiz qalbimizga, Mehribonim o‘qituvchim. Jonajonim-o‘qituvchim. Ustoz-murabbiylar shunday buyuk insonki,ulardan bir umr qarzdormiz.Ustoz va shogird quyosh va oyga o‘xshaydi.Oy quyoshdan nur olib borliqni yoritgani kabi shogird ustozdan ziyo olib hayot mash`alini yoritadi.O‘qituvchi hayot charog‘boni.U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o‘rgatadi.Zamonamizning har tomonlama barkamol kishisini yetkazadi. Mustaqillik bizga juda ko‘p erkinliklarni berdi.Ayniqsa,maorif sohasiga katta e`tibor berildi va berilmoqda Respublikamizda juda ko‘p kollej va maktablar qurilib o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi. Birinchi Prezidentimiz “Ustoz va murabbiylar” bayrami deb 1-oktabr kunini belgiladi.Har yili shu kun juda katta bayram bilan o‘tkazilmoqda. Xalqimizda “Ustoz-otangdek ulug” degan gap bor.Sizlar ham harf o‘rgatgan ustozingizni hech qachon unutmang.Ulug‘ bobomiz A.Navoiy aytganlaridek senga bitta harf o‘rgatgan kishini aslo unutib bo‘lmaydi. III.Yakuniy qism: a)mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkazish va rasm asosida matn tuzish. b)O‘qituvchi fazilatlarini tarmoqlash. Dars yakunida o‘quvchilarni rag‘batlantirish. MMIBDO‘: ___________________ Sinf rahbar: ___________________ Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling