18-rasm.
Bola bo'yiga mos bo'lmagan stolda o'tirishi oqibatida umurtqa pog'onasining yon tomonga qiyshayishi
(skolioz).
|
19-rasm.
Oyoq izlaci: 1- nonnal oyoq izining fotosurati; 2 - yassioyoq izining
fotosurat;,
|
U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini bajarishga mos¬lashgan. To'g'ri rivojlangan oyoq kaftining ko'proq qismi o'yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo'ladi. Uning bunday tUzilishi tan a massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga bara¬var taqsimlanishini ta'minlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasi (gumbaz qismi) kengayib, o'yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba'zida esa oyoq yuza¬sining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bo'lib qoladi (19-rasm). Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi: bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko'proq yurganda, yugurganda, og'ir yuk ko'targanda oyog'ining tovon-kaft va bol¬dir muskullarida og'riq paydo bo'ladi. Yassioyoqlik umurtqa pog'onasi va chanoq suyaklarining egri¬lanishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab bo'ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to'g'ri tuta olmaydi; - yassioyoq odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo'llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining massasi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasli¬gi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og'riq seziladi; - bunday odarnJar ko~proq tik turganda va yurganida oyog'ining kaft yuzasi yana kengayadi va ertalab mos bo'igan poyabzal kun¬ning ikkinchi yarmida oyoqni siqa boshlaydi; - yassioyoqlikda tananing massasi ko'proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.Yassioyoqlik tug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi. Tug'ma bo'lishi bu nasldan-naslga berilishi yoki bola embrionining rivojJanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta'siri natijasida sodir bo'lishi mumkin. Yassioyoqlikning tug'ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat: - bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) bosh lab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog'ida tik turg'izish; - yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish; - o'quvchilar kun bo'yi poshnasiz sport, poyabzalida yurishi (sport poyabzalini faqat mashg'ulot vaqtida kiyish kerak); - poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo'lgan poyabzallarni kiyish; - og'ir yuk ko'tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ana shulami hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e'tibor berish kerak.
|
A dabiyotlar:
Ahmedov N.K. «Odam anatomiyasi atlasi» T., O’zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. 2006 y.
Qodirov E. «Anatomiya». T., 2003 y.
Sapin M.R., Sivoglazov V.I.«Anatomiya i fiziologiya cheloveka». M.,1999 g.
Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.
Axmedov Odam anatomiyasi (lat.) Tibbiyot institut bakalavr yo’nalishidagi ta’lim uchun. T. 2007.
E. Qodirov “Odam anatomiyasi” , Toshkent “Universitet”, 2007 yil (ma’ruzalar to’plami. elektron versiya.).
E.Qodirov «Anatomiya», Toshkent, “Universitet”, 2003 yil.
R.Ye.Xudoyberdiev, N.K.Ahmedov, X.Z.Zoxidov «Odam anatomiyasi», Toshkent, “Ibn Sino” nashriyoti, 1993 yil (darslik).
N.K. Ahmedov «Odam anatomiyasi atlasi» Toshkent, O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyoti, 2006 yil.
A.Qodirov. «Odam anatomiyasi va fiziologiyasidan amaliy mashg`ulotlari», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1991 yil., (49 ta)
N. Solixova , M. Sodikov “Odam anatomiyasi” , Toshkent “O’qituvchi” , 1977 yil qullanma, (28 ta)
S.A. Dolimov “Odam anatomiyasi”, Toshkent, medisina , 1967 yil, darslik (34 ta).
O.Turdieva., D. Ibragimova., S. Umarova “Odam anatomiyasi fanidan laboratoriya ishlari” uslubiy qo’llanma, Toshkent, 2009 y.
http://odam8.narod.ru/odam.skalet.htm
Do'stlaringiz bilan baham: |