Mavzu: smeta tuzish


Download 0.87 Mb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1447488
  1   2   3
Bog'liq
Smeta tuzish Y.Orif

Mavzu:smeta tuzish

Byudjetni rejalashtirish bu jarayonning eng batafsil darajasi bo‘lib, bu

tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha yoki faoliyat sohalari bo‘yicha rahbariyat tasdiqlagan dasturlar asosida ishlab chiqilgan alohida byudjetlarni tayyorlash jarayonidir. Ba’zan bu atama ba’zan qabul qilingan strategiya doirasida korxona darajasida rejalashtirishning taktik maqsadlarini tanlashning yaxlit tizimi, kompaniyaning kelgusidagi opreatsiyalari rejasini (xarajatlar va daromadlar smetasini) ishlab chiqish va shu rejalar bajarilishini nazorat qilish, ya’ni mohiyat e’tibori bilan ichki moliyaviy boshqarish tizimi sifatida talqin qilinadi.

Operativ reja bu firma maqsadlariga erishish bilan bevosita bog‘liq taktik reja. Ular yillik yoki uch oylik byudjetlar sifatida tuzilgan qisqa muddatli rejalardir. Ishlab chiqarish rejasi, moddiy-texnika ta’minoti rejasi, umumiy ishlab chiqarish sarflari rejasi operativ rejaga misol bo‘la oladi.

Ma’muriy rejalar — bular tashkiliy tuzilmani rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash rejasidir. Ularning maqsadi - rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar bajarilishining kutilgan darajasiga erishish mumkin bo‘lgan tashkilotni tuzishdir. Ular o‘rtacha muddatli, har yili qayta ko‘rib chiqiladigan rejalardir.

Strategik rejalar bu biznesni rivojlantirishning va tashkilot uzoq muddatli tuzilmasining bosh rejasidir. Tashkilot strategiyasi muntazam ko‘rib chiqilmaydi, balki zarur bo‘lganda, ya’ni yangi texnologiyani joriy etish, nufuzli iste’molchilar o‘zgargan, yangi raqobatchi paydo bo‘lgan hollarda qayta ko‘rib chiqiladi.

Byudjet boshqaruv nazorati tizimining asosiy vositasidir. Deyarli barcha kompaniyalar (eng kichiklaridan tashqari) byudjet tuzadi. Ko‘p kompaniyalar

foyda olish uchun ma’sul markazlar bo‘yicha kompaniyaning rejalashtiriladigan faoliyatini ko‘rsatuvchi foyda rejasini yillik byudjet deb qaraydi. Foyda olmaydigan tashkilotlar ham byudjet tuzadi.

Byudjet nazarda tutilgan xarakatlar bajarilganga qadar tuzilgan moliyaviy xujjatdir. Uni ko‘pincha moliyaviy xarakatlar rejasi ham deyiladi. (Buni qiymat o‘lchovida ifodalangan reja deb tushunsa bo‘ladi). «Byudjet» atamasini tushunishning kaliti bu bir varaq qog‘oz emas, undan ko‘proq narsa ekanini, unda moliyaviy va boshqa ma’lumotlar borligini anglab etishdir. Bu ma’lumotlar kelgusida sodir bo‘ladigan voqealar turkumini rejalashtiradi. Bu bo‘lajak moliyaviy operatsiyalarning farazidir.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling