hurmat va qattiq tartib bo’lmasa, oilaning barcha a’zolari o’z burchlarini
ado etmasa, bir-birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko’rsatmasa,
yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... O’zbeklarning aksariyati
o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining qarindosh-
urug’lari va yaqin odamlarning, qo’shnilarining omon-esonligi to’g’risida
g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada
ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”,- deb ta’kidlaganlar.
Jamiyatimizning keyingi davridagi o’zgarishlar tufayli milliy an’analarni
asrab qolish muammolari bir-biri bilan chigal tugun xosil qildi. Bu
muammolarning har biriga juda katta e’tibor berish lozim. Har birining ortida tirik
odamlar, butun-butun millatlarning taqdiri turibdi. Shuning uchun ham xalqlarning
o’zligini anglab, milliy qadriyatlarni chuqurroq xis qila boshlaganligi sharoitida
kishilarning an’anaviy urf-odatlari va qarashlarida aks etgan, tarixiy o’tmishning
yangi saxifalarini ochishga imkon beradigan an’anaviy turmush madaniyatini
o’rganish eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. O’tmishdan bizning
zamonamizgacha saqlanib kelinayotgan an’anaviy milliy udumlarni batafsil tadqiq
qilish ularning shakllanishi va turmushda saqlanib qolishi qonuniyatlarini
aniqlashga, bu esa ularning hozirgi hayotimiz uchun zarur tomonlarini tiklash va
rivojlantirishga yordam beradi.
Mustaqil davlatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari kundan-kunga
O’zbekistonning buyuk kelajagiga ishonch, yurt tinchligi, Vatan farovonligiga
aloqador muqaddas tushunchalarning moxiyatini anglash, milliy an’analar, urf-
odat, kadriyatlar tushunchalarini yosh avlod qalbiga singdirish vazifalarini dolzarb
mavzu sifatida ilgari surmoqda. Shu bois milliy qadriyatlar-an’ana va udumlar
muxim ijtimoiy masala sifatida e’tirof etilayotgan bugungi kunda milliy
qadriyatlarni yosh avlod ongi, tafakkuri, dunyoqarashiga singdirish tizimini
tartibga solish ushbu ishning bosh muammosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |