mavzu soat 1juftlik Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi tarixi. Reja


Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosining yaratilishi


Download 29.09 Kb.
bet3/4
Sana15.11.2023
Hajmi29.09 Kb.
#1774568
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu ma\'ruza HO\'M

Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosining yaratilishi. Bu qurultoyda sho’rolar hududidagi turkiy xalqlar o’z yozuvlari uchun lotin alifbosini asos qilib olishlari to’g’risida tavsiya qabul; qilingan. O’zbekistonda Boku qurultoyidan keyin yangi alifboga o’tish yuzasidan qizg’in ish boshlangan. O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining 1926-yil iyun oyida o’tgan 4-sessiyasida o’zbek imlosining lotinlashtirish masalasi ko’rilib , texnika jihatidan ko’p qulay bo’lgan lotin harflarini o’zbekchaga qabul qilish bilan o’zbek xalqining milliy va madaniy jihatidan yuksalishini e’tiborga oldi va lotin xarfalri asosidagi yangi alifboni qabul qilishni lozim topib, quydagi qarorlarni chiqardi.
Markaziy Ijroiya sessiyasi bu masalani hayotga joriy qilish yuzasidan choralar ko’rishni Markaziy Ijrokomning hay’ati rayosatiga buyuradi. Bumasalani ko’rib, ishlab chiqib, uni amalga oshirish uchun Markaziy Ijroko’ro huzurida “ Yangi o’zbek alifbo qo’mitasi tuzdilar va bu qo’mitaga quydagi o’rtoqlar belgilandilar: Ohunboboyev o’g’li (rais), a’zo qilib 13 nafar kishi, chunonchi : Rahim Inomov (O’rinbosar ), Mo’min Xo’jayev(o’rinbosar), Akmal Ikromov, Fayzulla Xo’jayev ,Abdulla Qodiriy,Fitrat (Abu Abdurahimov), Elbek(Mashriq Yunusov ),Ashurali Zohiriy,Bekjon Rahmon, Orif Olimjon (kotib) va boshqalar.
Keng jamoatchilikning fikri alifbe masalasiga jalb qilinadi.Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosi loyihasi bir necha marta qayta tuzildi va muhokama qilindi. 1926-yil 19-21 mayda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosining birinchi turi Samarqand ilmiy anjumanda mutaxasislar bilan muhokama qilindi.
Anjumanni Resbuplika Xalq Komissarligi uyushtirgan edi. Muhokama qatnashchilari yangi alifboda unlilar soni 12 ta bo’lishi to’g’risida qaror qiladilar , bu loyihani Xalq Maorifi Komissarligi ma’qullaydi.
1926-yil 19-20- mayda o’zbek tiliga birinchi marta moslab tuzilgan lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosida yo’g’onlik va ingichlik hamda uzun va qisqalik hisobga olinib, uni tovushlarni ifodalash uchun 12 belgi (harf) olinishi tavsiya qilingan edi. 1926-yil 27-29 avgustda yangi o’zbek alifbo qo’mitasi Ilmiy markaz mutaxasislarining ishtirokida alifbo konferensiyasini chaqiradi.
Bu konferansiyada may oyida maqullangan alifbo loyihasining bekor qilib , yangi tuzilgan alifbo bemuhokama qilinadi. Bu alifbosida unlilar 9 ta , undoshlar 23 ta harf bilan ifodalanishiga qaror qilinadi. Muhokama qilingan alifbo loyihasi ma’qullanadi . Unlilar soni 9ta belgilangan. Bu kengashda alifboga tuzatishlar kiritish va imlo qoidalari tuzish topshirilgan . Bu ishlar sentyabr oyida o’tgan yig’ilishda hal qilingan , Shu bilan tarixda birinchi marta lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini tuzish masalasi asosan hal qilingan . Shu yili o’z davri saviyasida “ Imlo qoidalari “ hozirlangan . Chunonchi, imloda ikki usul qo’llaniladi savtiy (fonetik) ham sarfiy(morfologik). Bizning tilimizda bir qancha shevalar bo’lganidan ta’lim tarbiya ishlarida yengillik uchun har ikki usuldan foydalanishga qaror qilinadi.

So’zning tomiri eshitilgan da yoziladi. Qo’shimchalar sarfiy usul bilan yoziladi. Bular haqida izohot va qo’shimchalar quydagicha yozilgan. Bu qoidalar ilmiy umumlashmalar juda oz bo’lib , fe’llarning zamonlari va ularning tuslanishi va imlosi berilgan.


1928-yil yanvarda Toshkent shahrida Sobiq Butunittifoq Yangi alifbo Markaziy Qo’mitasining 2-plenumi bo’ldi. Bunda O’zbekiston , Totariston , Qirg,iziston , Abxaziya , Yoqutiston respublikalarida yangi alifbo yuzasidan qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi O’zbekiston xalq Maorifi komissari Mannon Ramz “O’zbekiston lotinlashtirish ishlari va kelgusi vazifalari” mavzusida maruza qilindi.
1934-yilgi konferensiyada “ yo’g’onlik va ingichkalik” tamoyilidan voz kechilgan. Bu bilan o’zbek imlosi tarixida yangi bosqich davr boshlangan ammo mazkur ilmiy anjumanda ham o’zbek tilida “o” lovchi va “ a” lovchi mahalliy shevalar bor deb , adabiy tilde “a” va “o” lovchi fonemalari uchun bir harf “a” qoldirilgan.Natijada bola so’zi bala , lola-lala ,non-nan shaklida yozila boshlandi. Mazkur konferensiyada so’z ma’nosi o’zgaradigan hollardagina harflar so’zlarning talaffuzda qiyinchiliklar tug’dirgan, savodxonlikka ta’sir ko’rsatgan, ta’lim –tarbiya ishida qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirgan.
Shuningdek, birdan ortiq bo’g’inli so’zlarning birinchinbo’g’inida qisqa talaffuz qilinadigan i tovushini qiziq, qizil, bilan, biroq kabi so’zlarda yozmaslik haqida qaror qabul qilingan.
Barcha shahar va qishloqlarda yangi alifboni o’rganish yuzasidan 50 soatga mo’ljallangan kurslar tashkil qilingan.
1920-yillarda O’zbekistonda ham yangi alifboga o’tishi….. Sharqda inqilob deb baholangan edi. O’zbekiston Oliy Soveti sessiyasi 1940-yil 8-martda amaldagi o’zbek yozuvi o’rniga krill alifbosi asosidagi yangi alifboga o’tish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Download 29.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling