mavzu soat 1juftlik Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi tarixi. Reja
Milliy uyg’onish davri va yangi alifboni isloh qilish
Download 29.09 Kb.
|
3-mavzu ma\'ruza HO\'M
Milliy uyg’onish davri va yangi alifboni isloh qilish. Bizning hududmizda arab alifbosi 8-asrning 20- yillarida, 20-asrning 30-yillarigacha qo’llangan. Milliy uyg’onish davrida arab imlosi va alifbosiga ayrim islohlar kiritish boshlangan. Ammo bu masalani rasmiy ravishda hal qilish 1917-yilgi to’ntarishdan so’ng bo’lgan. Arab alifbosining isloh qilinish jarayonida bu alifbodan voz kechib, lotin alifbosiga o’tish masalasi ham o’rtaga qo’yilgan.
1917-yil oktyabr to’ntarilishdan so’ng mahalliy tillar ,ularning alifbosi va imlosi rasmiy ravishda e’tibor berila boshlangan.Ayniqsa 1919-yil 26 dekabrda Rossiya Respublikasida savodsizlikni tugaish haqida dekret chiqqanidan so’ng Qo’shma Sho’rolarning Turkiston Muhtor Jumhuriyatida ham alifbo va imlo masalalarini tezroq hal qilish o’rtaga qo’yilgan , chunki imlo va harflar shakli masalarini hal qilmay turib ko’pchilik xalqni savodxon qilib bo’lmas edi. Turkiston Jumhuriyati Xalq Maorifi Komissarligi o’zbek maorifchilarining 1918-yilning avgustda bo’lib o’tgan qurultoyida arabcha harflarni isloh qilish yuzasidan quydagi qarorga kelib , harflarni 2 xil shaklda , ya’ni , alohida yozish shakli hamda so’z boshida yozish shakligina bo’lishi lozim. 1921-yilgi til va imlo quriltoyi Turkiston Xalq Maorifi Komissarligining tashabbusi bilan 1921- yilning yanvar oyi boshida Toshkentda o’zbek tili va imlosi yuzasidan Turkiston Muhtor Jumhuryat qurultoyi o’tkaziladi. Bu anjumanda harf va imlo masalasi yuzasidan maruza qilingan. Fitrat o’z so’zini : Maorifimizni eski imlo va yozuv bilan kengaytmak va va savodsizlikni isloh etmak lozimdir”, degan chaqiriq bilan yakunlangan Turkiston maorifchililarining yig’inida ma’ruza ham qilingan . Ilmiy jamoatchilik bu urinishga o’z munosabatini bildirmagan. Shuni qayd etish kerakki, 1921-yil yanvargacha “ Yangi imlochilar “ bilan “ Chig’atoy gurungi” qatnashchilari,” O’rta imlochilar”, “ Eski imlochilar” o’rtasida ilmiy baxs-kurash bo’lgan edi. 1921-yilgi qurultoydan so’ng “ Lotinchilar “ ya’ni lotin lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosining yaratuvchilar (Mahmud Xodiyev -Botu rahbarligida ) paydo bo’ldilar , bular ham kurashga qo’shildilar . 1923-yil 3-9-oktyabrda O’rta Osiyo o’zbeklari yozuvi va imlosini isloh qilish yuzasidan Buxoro shahrida konferensiya bo’lib o’tdi. 1924-yilning 11-aprelida Turkiston Maorif Komissarligida bo’lgan majlisda Moskvadan Komissarlikka yuborilgan yangi tuzilgan lotin alifbosi loyihasi mutaxasislar bilan muhokama qilindi. Demak , arab alifbosining lotin alifbosiga o’tishda O’zbekiston ham ., markazda ham tayyorgarlik ishlari olib borilgan. Ozarbayjon hukumati va tilshunoslari sobiq ittifoqdagi turkshunoslarning birinchi qurultoyini 1926-yili 26-fevralda Boku shahrida o’tkazish tashabbusi bilan chiqqanlar ., bu qurultoyga tayyorgarlik ko’rish maqsadi bilan o’zbekiston Xalq Maorifi Komissarligining Ilmiy markaz huzuridagi o’zbeklarni o’rganish qo’mitasi 1925-yil 29-31 noyabr kunlari Samarqandda til mutaxasislari hamda o’zbekshunoslar kengashi o’tkazildi. Bu kengashda imlo , alifbo to’grisida quydagi qaror qabul qilingan :” Bugun ishlatilmoqda bo’lgan imloni yetishmasliklariga qaramasdan aytish mumkinki, ko’p imlolardan mukammaldir. Bu imlo yetishmaslilarini bir imlo kengashi yig’ish bilan to’ldirish mumkindir . Shuning uchun bir lotin harf va imlosi masalasi ko’rsatish ortiqchadir”. Bu qarorni sharxlashga zaruriyat yo’qdir. 1926-yilning 26-fevralida Bokuda Sobiq Ittifoqdagi turkshunoslarning birinchi qurultoyi ish boshladi. Bu qurultoyga 150 mutahasis ishtirok etgan. O’zbekistondagi Rahim Ih’omovning ( Maorif komissari), Nazir Turaqulov (ma’ruza qilgan), Ashurali Zohiriy , , Shokirjon Rahimiy , Bekjon Rahmonlar rasmiy vakil sifatida qatnashganlar. Markazdan prof . L. V. Shcherbek va Yakovlev ishtirok etganalar. Turkiyadan mehmon tarzda Quruluzoda Mehmed Fuod hamda Alibek Xusaynzoda qatnashgan . Boku qurultoyida bir necha ilmiy masalar qatorida harf va imlo masalasiga keng o’rin berilgan. . Arab alifbosidan lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga o’tish masalasi keng muhokama qilingan. O’zbekistondan qatnashagan vakillar o’rtaga qo’yilgan masalani yakdillik bilan ma’qullaganlar. Turkiyadani Istambul dorilfunini muddorusi Kuprulzoda Mehmed Fuod arab yozuvidan voz kechib , lotin yozuviga o’tishga jiddiy e’tiroz bildirgan. 1926-yida o’zi ishlaydigan dorilfunning to’plamida “ Harf masalasi” nomli maqolasida “ Lotin harflerening alinmasini ko’rsa cikmisti”. Qurultoyda xorazmlik Bekjon Rahmon o’g’li so’zga chiqib , bunday degan edi:” O’zbekiston –Ozarbayjon hukumatini yangi turk alifbosini amaliy sifatida vujudga chiqarish ishida ko’rgan muvaffaqiyati bilan qizg’in ravishda salomlaydir va o’sha bilan barobar . O’zbekiston davlati ichida yangi turk alifbosini amalga qo’yishga chora va tadbirlar ko’rishga so’z beradir .” Download 29.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling