mavzu soat, juftlik Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 165.5 Kb.
bet2/5
Sana25.10.2023
Hajmi165.5 Kb.
#1719566
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-1 Moslashuv

Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi.Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o’rganish prеdmеtlari turlicha. Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, Ijtimoiy pеdagogikaning bolalarni ijtimoiy moslashuvi faninig prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi.


2.Fanning maqsad va vazifalari.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining asosiy maqsadi: tarbiyalanuvchilarni hayotimizning barcha jabhalariga «teran ko`z» bilan qarash, hayotni o`rganish va ma'lum xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iborat.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining asosiy vazifalari oliy o`quv yurtlari talabalariga:
1. Mustaqil O`zbekistonda shakllanayotgan fanning yangi qirralaridan biri sifatida bolalarning ijtimoiy moslashuvi fani haqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy hayot bilan birgalikda o`rganish;
2. Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar;
3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining o`ziga xos spetsifik
xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan
iboratdir. Dastur shu vazifalarni hal etishga qaratilgan beshta bo`limdan iborat:
1. Ijtimoiy pedagogikaga kirish.
2. Ijtimoiy pedagogika asoslari.
3. Ijtimoiy pedagogik jarayon.
4. Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy faoliyati.
5. Ijtimoiy pedagogik tashhis.
Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, islohotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda.



Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling