mavzu soat juftlik Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari Reja


Ustanovka haqidagi nazariyalar. Ustanovkalarning xulq-atvorga va xulq-atvorning ustanovkaga ta’siri


Download 69.16 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi69.16 Kb.
#1510977
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy ps 7-mavzu

3. Ustanovka haqidagi nazariyalar. Ustanovkalarning xulq-atvorga va xulq-atvorning ustanovkaga ta’siri.
Ijtimoiy ustanovkaning yaxlitlilik g‘oyasi ilgari surilganidan so‘ng rus olimi V.A. Yadov bu borada o‘zining dispozitsion nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya «Shaxsning ijtimoiy xulqatvorini boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi» deb nomlanadi. Bu nazariyaga ko‘ra turli dispozitsion hosilalarning darajalar ieararxiyasi quyidagicha yuzaga keladi: har bir dispozitsiyaga nisbatan ehtiyojlar darajasi bilan bu ehtiyojlarni qondirish jarayonidagi vaziyatlar darajasi kesishishi darkor. V.A. Yadov o‘zining dispozitsion nazariyasida ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt tizimliligini tasavvur qilgan holda izohlaydi va o‘z ilmiy xulosalarini quyidagi darajada joylashtirib asoslab berdi:
Birinchi daraja — bunday daraja g‘arb tadqiqotchilarida set termini bilan ma’lum va mashhur bo‘lib, oddiy vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi ehtiyojlar ustanovkasi sifatida yuzaga chiqadi. Demak, elementar (sodda) ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya. D.N. Uznadzening fikricha, bunday ustanovkalar eng sodda vaziyatlarda, oilaviy muhitning oddiy shart-sharoitlarida shakllanadi.
Ikkinchi darajabiroz murakkabroqdir, chunki bunga kichik guruhlarda kechadigan muloqot bilan bog‘liq shaxs ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat kechinmalari kiritiladi. Bu yerda shaxs faoliyati bilan bog’liq ijtimoiy obyekt talabiga nisbatan ma’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi. Bu esa g‘arbda qabul qilingan «uch komponentli tuzilma» — «kognitiv», «affektiv», «xulq-atvor»lardan iborat ekanligi bilan alohida ajralib turadi.
Demak, ijtimoiy ustanovkalar (attityud) — ijtimoiy vaziyat ta ’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar hisoblanadi. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Uchinchi daraja — ijtimoiy ustanovka manbai sifatida ijtimoiy faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Bunda shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko‘zga tashlanadi. Albatta, bunda ham ijtimoiy qiymatga ega boigan yuqoridagi 3 komponent tizimi ishtirok etadi. Demak, bazaviy ijtimoiy ustanovkalar shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir.

Download 69.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling