Mavzu: sodda psixik jarayonlar. Diqqat tayanch tushunchalar
Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari
Download 58.19 Kb.
|
4 mavzu (2)
4.2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.
Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab . Periferik mexanizmlarga his-tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin. Kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1] Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. Kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2] Diqqatning fiziologik asoslari ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlikka bogliq. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.1 A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. Dominantlik xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1] . Sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida joylashgan neyronlarning alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar. Neyronlarning birinchi turi – «yangilik detektorlari» yangi rag‘batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar. Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2] SHuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas. D.N. Uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl ta’siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir bo‘ladi. Bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o‘zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2] P.YA. Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. Uning konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat: 1. Diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz, fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga qaratilgan psixik harakatdan iborat. 2. Diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar ustidan nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va nazorat qilish qismlari mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan gavdalantiriladi. 3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi. 4. Diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. Bunda har qanday nazoratni ham diqqat sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. Nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa uning yaxshilanishini ta’minlaydi. 5. Diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar shakllanishining natijasidir. 6. Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir. Xozirgi kunda diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Diqqat tabiati haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda.[1] Download 58.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling