Mavzu: sodda psixik jarayonlar. Diqqat tayanch tushunchalar


Download 58.19 Kb.
bet3/10
Sana26.03.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1298187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 mavzu (2)

4.3Diqqat turlari
.
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar.
Ixtiyorsiz diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi.
Ixtiyoriy diqqat – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik.
Ixtiyorsiz diqqat uchun ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning birinchi guruxi seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, seskantiruvchi ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.[2]
Sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga turlicha munosabat bildiradilar.
Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq. Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi.
Sabablarning to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan his-tuyg‘ular tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani hosil qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi.
Ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, uning ongli maqsad tomonidan boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlar kechishini faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq.Diqqatning yana bir turi mavjud. . Bu diqqat N.F. Dobrinin tomonidan ixtiyoriydan keyingi diqqat deb nomlandi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas.[1]
Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir-biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi.
Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi.

Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling