Mavzu: sodda psixik jarayonlar. Diqqat tayanch tushunchalar


Download 58.19 Kb.
bet5/10
Sana26.03.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1298187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 mavzu (2)

Diqqatning bo‘linishi – bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan jarayonlar bog‘liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish. Bo‘linish ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, u holda uning tezligi – bu sub’ektning o‘zining idrok qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko‘rsatkichi, va diqqatning bo‘linishi bilan bog‘liq ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilarning paydo bo‘lishidan dalolat beradi.
Diqqat hajmi – sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ tomonidan aniqlik bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o‘zida taqdim etiladigan unsurlar (raqamlar, harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda taxistoskopdan foydalaniladi – ma’lum sondagi seskantiruvchilarni shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko‘zlarini bir ob’ektdan boshqasiga olib ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat hajmi – individual tarzda o‘zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning ko‘rsatkichi 5 ± 2ga teng bo‘ladi.
Diqqatning chalg‘ishi – bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz o‘tkazilishi. Chalg‘ish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin. Diqqatni ko‘proq to‘satdan paydo bo‘ladigan, o‘zgaruvchan kuch va chastota bilan ta’sir ko‘rsatadigan jism va hodisalar chalg‘itadi. Diqqatning ichki chalig‘ishi kuchli kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg‘ul bo‘lgan ishiga qiziqish va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo bo‘ladi.[1]
Chalg‘ituvchi ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati to‘siqlarga moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to‘siqlarga qarshilik ko‘rsatishni oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko‘plab individual tafovutlar kuzatiladi.
Diqqat xususiyatlarida parishonxotirlik mavjud. Parishonxotirlik deb, odatda, ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb, insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib ketishining natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb ataladi.
Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga o‘tib turishida kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi. Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi.
4.5.
Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi, jismlarga bo‘lgan qiziqishi yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la rivojlanganligidan dalolat beradi.[2]
Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni bajarishga o‘rgatib boradilar.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadiMaktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi[1]
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda qunt qilish, hulq-atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat qiladi. Diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo‘lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir.
4.6.SEZGI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA,SEZGINING NERV FIZIOLOGIK ASOSI.
Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi.
Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‘llaridan biridir.

Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling