Mavzu: Sodda tenglamalarni o’rgatish metodikasi. Tenglama tuzish turlari Reja: I kirish II asosiy qism


Bir noma’lumli tenglamalarni yechish


Download 62.51 Kb.
bet3/6
Sana04.05.2023
Hajmi62.51 Kb.
#1426154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu

Bir noma’lumli tenglamalarni yechish.




O’qituvchi tomonidan “Bir noma’lumli tenglamalarni yechish” mavzusining o’tilishi ham bevosita kompyuter orqali, elektron o’quv qo’llanmadan foydalanib, proyektor orqali o’quvchilarga darslarni tushuntiradi. Bunda o’qituvchi hamma o’quvchilar e’tiborini ekranga qaratadi va daftarlariga yozib borishni ta’kidlaydi. Mavzuni o’tishda kompyuter tugmalarini o’qituvchining o’zi boshqarib, ekranda hosil bo’layotganlarni tushuntirib ham turadi.

Elektron o’quv qo’llanmaga kirilgach undagi mavzularning joyashishi, ko’rinuvchi (o’zgaruvchi) ekrancha namoyon bo’ladi. Sichqoncha orqali mavzu tanlangach ko’rinuvchi(o’zgaruvchi) ekranchaning chap tomonida “mavzu”, “mashqlar”, “test” bo’limlari hosil bo’ladi. Ko’rsatkich(strelka)ni “mavzu” bo’limi ustiga olib borilib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ko’rinuvchi ekranchada mavzuning to’liq bayoni, misollari bilan namoyon bo’ladi(7-ilova). O’qituvchi mavzuni tushuntirish jarayonida elektron o’quv qo’llanmaning imkoniyatlaridan foydalanib boradi. “Bir noma’lumli tenglamalarni yechish” mavzusida tushunchalarni kiritishda har biriga ssilka(boshqa ko’rinishga o’tish) o’rnatilgan, yani bir noma’lumli tenglamalarni yechish haqidagi tushunchalardan so’ng ssilka orqali o’sha ko’rinishlarga o’tiladi. O’qituvchi tomonian rangli so’zlar bilan belgilangan so’zlarning ustiga ko’rsatkichni olib borib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bunda shu tushunchalarga bog’liq bolgan ko’rinishlar, chizmalar hosil bo’ladi. Buning uchun ham belgilab qo’yilgan va ajratib ko’rsatilgan “tasvir” bosiladi va o’sha harakatli tasvir hosil bo’ladi(8-ilova). Harakatli tasvir orqali boshqa darsliklardan farqli ravishda elektron o’quv qo’llanmada o’quvchilar tezroq tushunadilar. O’quvchilarga to’liq tushuntirib bo’lgandan so’ng o’zlari ixtiyoriy tenglamani yechishda foydalanishlari uchun dasturga kiriladi. Buning uchun tenglamani yechish holatiga olib kelinadi va “o’zingiz ko’ring” belgisidan foydalanishlari mumkinligi aytiladi. Bunda sichqoncha yordamida yuqoridagidek foydalanib, tenglamani yechish dasturiga o’tiladi. Bu dasturda o’quvshilar o’zlari ixtiyoriy tenglamaning oxirgi ko’rinishini kiritib, o’sha tenglamaning yechimini ko’radilar. Bunda son kiritadigan oynachalar bo’lib, o’quvchi o’sha oynachaga sonni kiritsa, bu son o’sha tenglamadagi qaysi harfni bildirishini bilgan holda o’sha harfga mos holda son kiritadilar. Shunga bog’liq holda tenglamaning yechimi hosil bo’ladi va natijasi namoyon bo’lai (9-ilova). O’quvchilar yaxshi tushunib olishlari uchun bu holatda ko’proq ishlashlari, mashqlar bajarishlari kerak. Mavzu to’liq o’qitilgach, o’quvchilardan tushunganliklari so’raladi va qisqacha takrorlab o’tiladi.

Mavzu o’tilgach shu mavzuga doir mashqlar bilan ishlash ushun va darsda ishlashga vazifa berish uchun “Mashqlar” bo’limiga kirish lozim. Buning uchun ko’rsatkichni “Mashqlar” bo’limi ustiga qo’yilib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ko’rinuvchi ekranchada mashqlar to’plami hosil bo’ladi (10-ilova). Bundan mashqlar nomeri tanlanib, o’quvchilarga darsda ishlashlari uchun vazifa qilib beriladi. O’quvchilar daftarlariga ushbu misollarni ishlaydilar. O’qituvchi esa tekshirib boradi. Bu borada o’qituvchi o’quvchilarga individual yondashib har xil mashqlarni ekrandan tanlab, o’quvchilarga berishi ham mumkin.

Shu tariqa dars so’ngida uyga vazifa berish uchun “Mashqlar” bo’limidan mashqlar nomerini tanlab o’quvchilarga o’sha tanlangan mashqlarni yozib olishlarini ta’kidlash mumkin. Bunda ham o’quvchilarga individual yondashib mashqlar nomerini tanlash mumkin.

O’quvchilarga mavzu o’tilgach va shu mavzuga doir mashqlar bajarilgash, o’quvchilar bilimini baholash uchun “Test” bo’limiga kirish lozim. Buning uchun yuqoridagidek sichqoncha yordamida “Test” bo’limiga kiriladi(11-ilova). Mavzuga doir 5 tadan test hosil bo’ladi. Testlarni o’zgartirish, yani ular sonini ko’paytirish yoki savollarni almashtirish o’qituvchiga bog’liq. Bunda ham testlar individual tanlanib, o’quvchilarga alohida berilishi mumkin. Test bajarib bo’lingach, “test natijasi” tugmasi bosiladi va ekranchaga test natijasi hosil bo’ladi.

O’qituvchi dars so’ngida test natijalari va o’quvchilarning mashqni bajargan natijalariga ko’ra baholaydi. Bunda ko’proq o’quvchilar baholanadi, yani barcha o’quvchilarga baho qo’yiladi.

O’quvchi o’zi mustaqil ravishda mavzuni o’rganishda ham to’g’ridan-to’g’ri kompyuter oldiga kelib, elektron ishlanma faylini topib, elektron o’quv qo’llanmaga kiriladi. Bunda o’quvchi elektron o’quv qo’llanmaga kirishga qiynalsa, o’sha kompyuter xonasi o’qituvchisi tomonidan qo’yib beriladi. O’quvchiga foydalanish yo’llari o’rgatilgach, yuqorida ko’rib o’tilgan ketma-ketlik asosida mavzuni o’rganishga kirishiladi. Bunda ham “mavzu”, “mashqlar”, “test” bo’limlari orqali kirilib, mustaqil ravishda o’quvchining o’zi o’rganadi. Mavzuni o’rgangach mashqlar yechish bilan shug’ullanadi va vazifa sifatida belgilangan mashqlarni yozib oladi. Mavzuni qanchalik o’zlashtirganligini aniqlash uchun test topshiriqlarini bajaradi. O’qituvchi esa vazifani bajarganligi va test natijalariga karab baholaydi.



  1. Download 62.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling