Mavzu: Soğlom xulqning ijtimoiy psixologik omillari


Download 91 Kb.
bet4/4
Sana28.01.2023
Hajmi91 Kb.
#1136966
1   2   3   4
Bog'liq
Soğlom xulqning ijtimoiy - psixologik omillari

Proektiv metodlar. Bu usullar test usullarining bir ko`rinishi bo`lib, unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko`rinishga ega bo`lmagan, noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirigi beriladi. Yani, tekshiriluvchiga turlicha talkin qilish mumkin bo`lgan rasmlar, tugatilmagan xikoyalar, biror aniq ko`rinishga ega bo`lmagan buyumlar, yog`ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o`zining hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuktai nazaridan baho berishi mumkin.
Proektiv usullarga mashxur "Rorshaxning siex dog`lari" testini kiritish mumkin (1921 y). Bu dog`lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog`lardan iborat bo`lib, har bir dog` har xil buekli fonda kursatiladi. Tekshiriluvchidan har bir"dog`"ning n i m a n i eslatayotganligini aytish so`raladi. Uning ogzidan chiqqan so`zlar, assotsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib), shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.
Yana bir proektiv usul - bu S. Rozensveygning rasmli assotsisiyalar usulidir. Bunda hayotga tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni eks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga karshi tomondagi shaxs esa hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiruvchi tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo`sh kataklarda berilishi mumkin bo`lgan javobni yozishni so`raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo`nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya-jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o`xshash muhim faktlar to`planadi.
"Tugatilmagan xikoyalar" ham guruhdagi va yakka shaxslarning qarashlari, ulardagi psixologik yo`nalishlarni o`rganishda ancha qo`l keladigan usuldir. Ularda shaxsning o`ziga, atrofdagilarga, jamoaga munosabatlari aniqlanadi. "Mening hayotiy intilishlarim...", "Mening kayfiyatimning bo`zilishiga sabab, odatda...." va shunga o`xshash iboralarning davomi yozilib, tugatilishi taklif etiladi.
Shunday qilib, Ijtimoiy psixologiya hozirgi kunda juda ko`p metodlarga ega, biz tanishib chiqqan metodlar ularning asosiylari, bir qismi, holos. Har bir tadqiqotchi o`z tadkikod obektining xususiyatlari, tadqiqot maqsadi va mavzuiga qarab kerakli uslubni tanlaydi. Shuning uchun ham metodlar to`plami bilan tulaligicha tanishish uchun maxsus ADABIYOTLAR bilan ham tanishib chiqish lozim.
Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling