Mavzu: soha iqdisodiyoti va menejmenti reja: kirish asosiy qism "Soha iqtisodiyoti va menejment" fanining mohiyati va vazifalari
Download 26.39 Kb.
|
Mavzu soha iqdisodiyoti va menejmenti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyot va menejment” fanining mohiyati va vazifalari
Mavzu: soha iqdisodiyoti va menejmenti MAVZU: SOHA IQDISODIYOTI VA MENEJMENTI REJA: KIRISH
ASOSIY QISM
“Soha iqtisodiyoti va menejment” fanining mohiyati va vazifalari Iqtisodiyot va menejmentning predmeti va izlanish uslublari Kursning mazmuni va vazifalari XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
“Iqtisodiyot va menejment” fanining mohiyati va vazifalari Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o’rganish lozim. Тashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiyiqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Тashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy ximoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va axolining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida «Kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni qaror topdirishdan, axolining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir», deb ta’kidlagan edi. Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yo’naltiriladi. Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo’lishini ta’minlovchi takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga yo’naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir. Qadimiy Sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan foyiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Yegipitliklar, Greklar oldi-sotdi, 5 pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O’zbek tilidagi «Iqtisod» so’zi Grekcha «Oykonomika» (ekanomika), ya’ni «Oykos» - uy, xo’jalik va «nomos» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so’zlar birlashmasidan olingan bo’lib, uy xo’jaligini yuritish Qonuni mazmunini bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o’rganadigan kategoriyalar qadimgi sharq olimlari qalamiga mansub bo’lgan asarlarda uchraydi (Sokrat, Kesnofont, Platon, Aristotel, Epikur). Qur’onning ―Yusuf‖ surasida berilgan ma’lumotlar bo’yicha eramizdan 3000 yillar oldin Yusuf payg’ambar Misr shohiga: «Meni shu yerning xazinalari ustiga qo’ying. Chunki men (ularni) to’la to’kis saqlaydigan va to’g’ri tasarruf qilishni biladigan kishiman» deb aytganlar. Bundan kelib chiqadiki, qadimda xazinalarni saqlash, sarf qilishni iqtisodiy tayanchlarini bilgan, ya’ni shu narsani aytish joyizki, Qur’onda «Olloh barcha narsa uchun miqdor-o’lchov qilib qo’ygandir» deb ‖Тaloq‖ surasida yozilgan. Qur’onda meros, sudxo’rlik, sadaqa, omonot, zakot, fitr kabi iqtisodiy kategoriyalar ham ishlatilgan. Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga taalluqli g’oyalar, xo’jalik yuritish bo’yicha fikrlar ko’pdan ko’p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Хos Hojib, Amir Тemur, Ulug’bek, Bobur kabi mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Misol uchun Amir Тemur Тuzuklarini keltirish mumkin. Тemur Тuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va hozirgi zamonda ham o’z faoliyatini yo’qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo’lyo’riqlari, qoidalarini topish mumkin. Unda davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash, maosh to’lash, soliq undirish, jarimalar, inomu-ehsonlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Insoniyat tarixiga ko’z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi. Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g’oyasi o’sha davrlardanoq dohiy (qabila boshlig’i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o’z aksini topgan. Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari mustahkamlanib va turg’unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir biri bilan ongli ravishda birlashmagan yakka ongli xo’jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo’jalik sub’ektlari o’z tashabbusi, o’z ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo’jalik yurituvchilarning o’zaro iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan xo’jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g’oyasi tug’ila boshlaydi. Chunki uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglagan xo’jalik sub’ektlarini) ongli ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi zamon korxonalari iqtisodiyotning (xalq xo’jaligining) uyushtirilgan, davlat tomonidan tartibga solinadigan xo’jalik sub’ekti bo’lib hisoblanadi. Хo’jalik korxonasi iqtisodiy fanlar nuqtai nazaridan ishlab chiqarish elementlarini (mehnat, kapital, tabiiy resurslar, tadbirkorlik) o’z manfaatlari, 6 xo’jalik yuritish va foyda olish maqsadi orqali birlashtirgan, o’z resurslarini o’z ixtiyori bilan ishlatish huquqiga ega bo’lgan sub’ektiga tushuniladi. Shunday qilib, tarixdan iqtisodiy nazariya shakllanib kelgan va iqtisodiyot (ekonomika) atamasi ishlatib kelingan. Hozirgi kunda iqtisodiyot bir necha xil mazmunda ishlatiladi. Birinchidan, iqtisodiyot deganda xo’jalik (xalq xo’jaligi, tarmoq, hudud, birlashmalar, korxonalar va firmalar) tushuniladi; Ikkinchidan; iqtisodiyot bu ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol fazalarida vujudga kelgan insonlar, xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi moddiy va boshqa boyliklar bilan bog’liq munosabatlar tushuniladi; Uchinchidan, iqtisod bu siyosat, ya’ni davlat siyosati, davlatlararo aloqalar va hakozolardan iboratdir; Va nihoyat, to’rtinchidan, iqtisod bu - fan. Fan - bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqqiyotni tahlil qilish va umumlashtirish to’g’risidagi insoniyat tomonidan jamlashtirilgan bilimlar yig’indisiga tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat tabiat sirlarini chuqur o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi, texnika va texnologiyani, tabiiy fanlarni rivojlantiradi hamda ijtimoiy taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi. Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo’jalikni oqilona va samarali boshqarish uchun unga mos xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy dastaklar (baho, soliq, foyda, kredit, ish haqi kabilar), kategoriyalar, ko’rsatkichlar, usullarni (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normalashtirish kabilar) xo’jalik yurituvchilar o’z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar. ―Korxona iqtisodiyoti‖ fanini o’rganish to’g’risida so’z yuritilganda albatta uning asosiy vazifalarini aniqlab olish kerak. Uning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni, o’lchov birliklari, ko’rsatkichlari va kriteriyalarini aniqlash usullarini o’rganish; - korxona xo’jalik mexanizmini holatini o’rganish, baholash, kelajakga bashorat qilish; - bo’lajak iqtisodchilarni korxona faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish; - xo’jalik yuritishni yangi shakl va usullarini aniqlash; - barcha turdagi korxonalarning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish; - korxonada birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) samarali foydalanish yo’llarini belgilash. Chunki bu omillar jamiyat, tarmoq va sohalar bo’yicha, ayniqsa alohida korxonalar bo’yicha olinganda, makon va zamon birligida, chegaralangan ekanligini hech kim inkor qilmaydi. Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni, yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’ektlar va iste’molchilar bilan o’z faoliyatini muvofiqlashtirish, situatsiyalarni, jarayonlarni o’z manfaati va maqsadiga yo’naltirish, ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish yo’llarini bilish talablarini qo’yadi. Bularsiz raqobatchilik 7 sharoitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq emas. Download 26.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling